Ko’rib chiqiladigan savollar:
1. Nuklein kislotalarni kimyoviy komponentlari
2. Purin va pirimidinli nuklein asoslari
2.1. Laktim-laktam tautomeriyasi
3. Nukleozidlar, ularni tuzilishi va xossalari
4. DNK ning nukleozid zanjiri
5. DNK ni birlamchi va ikkilamchi tuzilishi
6. Asoslari komplementar juftligi va ularni tuzilishi
7. Nuklein tabiatli dorivor moddalar
LABORATORIYA ISHI
«NUKLEIN KISLOTALAR TARKIBIY QISMLARINI SIFAT REAKSIYALARINI
O’RGANISH»
Tajriba 1: RIBOZA VA DEZAKSIRIBOZANI ANIQLASHDA QO’LLANILADIGAN
TROMMER REAKSIYASI. 5 tomchi nuklein kislota gidrolizatiga 10 tomchi 30% li NaOH va 1-
3 tomchi 7% CuSO
4
dan Cu(OH)
2
loyqa cho’kmash hosil bo’lgunga qo’shiladi. Aralashma
chayqatiladi va uning yuqori qismi qaynachunga qizdiriladi. Oldin sariq cho’kma, keyin qizg’ish
cho’kma hosil bo’ladi.
Tajriba 2: FOSFOR KISLOTASINI MOLIBDEN BILAN ANIQLASH. 20 tomchi molibden
reaktiviga (molibdat ammoniyli azot kislotasidagi eritmasiga) 2-3 tomchi nuklein kislota
gidrolizatidan tomiziladi va bir necha minut olovda asta qizdiriladi. Agar eritmada fosfor kislotasi
bo’lsa, eritma sariq limon rangiga kiradi, sovitilganda sariq rangli ammoniy fosfor molibden
kompleks tuzi kristallari cho’kmaga tushadi.
(NH
4
)MoO
4
+ H
3
PO
4
+ HNO
3
→ (NH
4
)
3
PO
4
.
12MoO
3
+ NH
4
O
3
+ NH
4
NO
3
+ H
2
O reaktsiyani
tenglashtiring.
ADABIYOTLAR:
1. N.A.Tyukavkina, Yu.I.Baukov. Bioorganicheskaya ximiya. M., 1985, 260-281 str.
2. A.G.Maxsumov, I.M.Primuxamedov. Bioorganik kimyo. T.,1993, 368-381 bet