AMALIY MASHG’ULOT № 15.
NUKLEIN KISLOTALAR. RNK tarkibi, tuzilishi, hossalari
Mashg’ulot maqsadi: Nuklein kislotalar va ularning monomerlarini tuzilishi va kimyoviy
xossalarini taxlil qilish, uning har-xil turdagi nuklein kislota makromolekulalarini hosil qilish,
nukleotid kofermentlarni ta’sirini o’rganish.
O’rganilayotgan mavzuning ahamiyati: Tirik organizmdagi irsiy belgilarning nasldan-naslga
o’tishini, oqsillar biosintezi kabi hayotiy muhim jarayonlar nuklein kislotlar faoliyati bilan bog’liq.
Shuning uchun ham nuklein kislotalarni tuzilishi va xossalarini bilmasdan normal jarayonlarni,
patologik xolatlarni, irsiy kasalliklar mavjudligini va hayot jarayonlarini boshqarilishiga bog’liq
masalalarga yondoshish mumkin emas. Xo’jayra yadrosida asosan DNK bo’ladi,
ribosomalarda,qon hujayralarida RNK bo’ladi. RNK ning asosiy vazifasi oqsil biosintezida
qatnashish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |