O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 6.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana13.02.2017
Hajmi6.33 Kb.
#381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
vazifalari  va  qanday    muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi 
haqidagi tushunchani shakllantirish.Kommunal gigiena fani  
haqidagi  masalalarni  gigienik  nuqtai-nazardan  baholashga 
o’rgatish. Shu bilan birga kommunal gigiena fanida  davlat 
sanitar  nazoratini  amalga  oshirishning  mohiyatini  va 
muhimligini  alohida  o’rgatish. 
Pedagogik vazifalar: 
-Talabalarni  kommunal  gigiena 
fani bilan tanishtirish; 

Respublikadagi 
mavjud  
bo’lgan  gigienik  muammolarini 
yoritib berish; 
 -Mavzu 
bo’yicha 
mavjud 
bo’lgan  me’yoriy  hujjatlar  bilan 
tanishtirish 
O’quv faoliyati natijalari: 
-Kommunal  gigiena  fanining  tibbiyotdagi  ahamiyatini 
ko’rsatib beradi; 
-Kommunal 
gigiena 
bo’yicha 
mavjud 
bo’lgan 
muammolarni yoritib beradi; 
-Kommunal  gigienada  qo’llaniladigan  usullar  haqida 
tushunchalarni izohlaydi; 
-Respublika  hududida  kommunal  gigiena  fanining  tutgan 
o’rni  va  fan  bo’yicha  buyuk  olimlar  va  ularning  fanning 
rivojlanishiga qo’shgan xissalariga ta’rif beradi; 
-Kommunal  gigiena  fanining  tashqi  muhitning  sanitar 
muxofazalashda  va  aholi  salomatligini  saqlashda  tutgan 
o’rnini  asoslab beradi. 
Ta’lim usullari 
Ma’ruza,  namoyish 
Ta’lim shakli 
Frontal 
Ta’lim vositalari 
Ma’ruza matni, kompyuter 
Ta’lim berish sharoiti 
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan guruxli shaklda 
ishlashga mo’ljallangan xonalar 
Monitoring va baholash 
Og’zaki so’rov 
 
“Kommunal gigiena fanining mazmuni, masalalari, usullari” mavzusi bo’yicha ma’ruza 
mashg’ulotining texnologik xaritasi 
Ish  bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat 
ta’lim beruvchi 
ta’lim oluvchilar 

 
132 
1-bosqich. 
O’quv 
mashg’uloti 
ga kirish 
(10 daq) 
1.1.
 
Mavzuning  nomi,  maqsadi  va  kutilayotgan 
natijalarni etkazadi.  
1.2.
 
Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalar  to’g’risida 
tushuncha beradi.  
1.3.
 
Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi. 
1.4. Adabiyotlar  ro’yxatini beradi (ilova №1) 
Tinglaydilar 
va 
yozib oladilar. 
Aniqlashtira-dilar, 
savollar beradilar 
2-bosqich. 
Asosiy qism 
(70 daqiqa) 
2.1.  Slaydlarni  Power  point  tartibida  namoyish  qilish  
va  sharhlash  bilan  mavzu  bo’yicha  asosiy  nazariy 
holatlarni bayon qiladi. Jalb qilinuvchi savollar beradi. 
Mavzuning  har  bir  qismi  bo’yicha  xulosa  qiladi;  eng 
asosiylariga 
e’tibor 
qaratadi 
va 
berilayotgan 
ma’lumotlarni daftarga qayd qilishni talab etadi 
 
Yozadilar 
Tinglaydilar, 
Jadvallarni  daftarga 
ko’chirib oladilar. 
Savollar beradilar 
ma’lumotlarni 
daftarga 
qayd 
qiladilar. 
3-bosqich. 
Yakuniy  
(10 daq) 
3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi. 
3.2.  Mustaqil  tayyorgarlik  ko’rish  uchun  savollar  va 
topshiriqlar beriladi  
Tinglaydilar, 
Savollar beradilar 
Topshiriqni 
yozadilar 
 
1. Mavzu: «KOMMUNAL GIGIENA FANINING MAZMUNI, MASALALARI, USULLARI» 
2. Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun. 
3.Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga belgilangan  masalaning mohiyatini tushuntirish va ularda 
O’zR-dagi  kommunal  gigiena  faniga  bog’liq  bo’lgan  muammolari  qanday    muhim  ahamiyatga 
ega  ekanligi  haqidagi  tushunchani  shakllantirish.  Kommunal  gigiena  bo’yicha  shifokor  keng 
fundamental va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.  
Kommunal  gigiena  fanida  qo’llaniladigan  usullarning  gigienik  nuqtai-nazardan  baholashga 
o’rgatish.  Shu  bilan  birga  kommunal  gigienada  davlat  sanitar  nazoratini  amalga  oshirishning 
mohiyatini va muhimligini  alohida  o’rgatish. 
4.Ma’ruza rejasi: -  
4.1. Kommunal gigiena fani va uning mazmuni - 5 daqiqa  .  
4. 2.   Fanning rivojlanish tarixi va muammolari. – 25 daqiqa  
4. 3.   Kommunal gigienaning maqsadlari, ish shakllari va usullari.- 30 daqiqa   
4.4.   DSN tashkil qilish va o’tkazishda shifokor faoliyatining huquqiy 
asoslari, etikasi va deontologiyasi. – 30 daqiqa  
5.MA’RUZANING MAZMUNI. 
5.1.Kirish 
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jamiyat hayotida yangi-yangi masalalarni yuzaga keltirib, jamiyat va 
tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tubdan o’zgartirib bormoqda.  
Shu  sababli,  aholining  turmushiga  va  sihat-alomatligiga  tashqi  muhit  omilining  ta’sirini 
o’rganish,  unga  har  tomonlama  baho  berish  -  kommunal  gigiena  faninin  asosiy  maqsad 
hisoblanadi.  
Kommunal gigiena ko’p qirrali fan bo’lib, uning har bir bo’limida ilmiy asosga tayangan holda 
insonning  sihat-salomatligini  sakdash  va  yanada  sog’lomlashtirish  uchun  turli  gagaenik  tadbir-
choralar  ishlab  chiqilgan.  Bu  fan  bajarilishi  qonuniy  bo’lgan  turli  gigienik-meyoriy  xujjatlarni 
tayyorlash  va  turli  vazirliklar  yordamida  bu  xujjatlarni,  sanitariya  qoida-lari,  ko’rsatmalar  va 
qo’llanmalarni  tayyorlab,  tasdiklatib,  ularni  amaliyotga  joriy  etilishi  bilan  shug’ullanadi  va 
shularni  kuzatadi.  Bu  xujjatlarning  asl  maqsadi  sanitariya-gigiena  tadbirlarini  amalga  oshirish, 
yuqumli  va  yuqumsiz  kasalliklar  tarqalishining  oldini  olish  va  tashqi  muhitning  ifloslanishiga 
yo’l qo’ymaslikdir.  

 
133 
Kommunal gigiena fani va uning mazmuni, usullari.  
Commune - fransuz tilidan jamoa, odamlar o’rnashgan joy ma’nosini bildiradi (aholi turar joylari 
gigienasi, shahar, ishchi posyolkalar va qishloklar).  
Hygienos  -  grekchada  olingan  bo’lib,  salomatlikka  ko’maklashuvchi,  salsmatlik  keltiruvchi 
ma’nosini beradi.  
Kommunal  gigiena  -  insonga  tabiiy  va  ontropogen  omillar  ta’sirini  o’rganadigan  va  shular 
asosida  gagaenik  me’yorlarni,  hamda  sanitariya  qoida-larini  ishlab  chiqadigan  fan  bo’lib,  bu 
qoidalarga rioya qilish salmatlikni ta’minlaydi va aholi turmush sharoitlarini yaxshilaydi.  
Kommunal  gigiena  atrof  muhitning  iflosdanishini  oldini  olish  va  bartarf  etishga,  uni 
sog’lomlashtirishga  qaratilgan,  aholini  kasallanishining  oldini  olishga  va  kamaytirishga 
qaratilgan  sanitariya-gigienik  va  sanitariya  -  epidemik  tadbirlarni  ishlab  chiqishga  va  amalda 
qo’llanishini nazorat qilishga tadbiq qilinishining ilmiy asosi hisoblanadi.  
Kommunal gigiena - fan sifatida o’zining oldiga uchta asosiy masalani qo’ygan: 
1.  
Aholi turar joylarida tashqi muhitning inson salomatligiga ta’sirini o’rganish.  
2.  
Aholi  yashash  joylarni  sog’lomlashtirish,  ozodaplashtirish  va  optimal  sharoitga  keltirish 
uchun zaruriy sanitariya me’yor va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.  
3.  
Kommunal gigiena sohisida sanitariya qonunlarining asoslarini ishlab chiqish.  
Kommunal gagienada qo’laniladigan usullar.  
Kommunal  gigienada,  ilmiy  izlanishlarda  va  sanitariya  amaliyotida  quyidagi  usullardan 
foydalaniladi.  
1.  
Aholi  yashash  sharoitlarini  sanitariya  tekshiruvidan  o’tkazish  va  olingan  natijalarni 
statistik qayta ishlab chiqish.  
2.  
Gigienik  tekshiruvlarni  asbob-uskunalar  yordamida  o’tkazish.  Bularga    harorat,  namlik, 
havo  bosimi  va  harakat  tezligi,  issiqdik  va  ultrabinafsha  radiatsiyasining  kuchlanishi, 
yoritilganlik, shovqin intensivligi va boshqa fizik, kimyoviy ko’rsatkichlarni o’lchash.  
3.  
Gigienik tekshiruvlarni maxsus laboratoriya sharoitida yoki ularning yordamida o’tkazish. 
Bularga  ichimlik  suvini,  chiqindi  suvlarni,  yopiq  xonalar  havosini,  atmosfera,  tuproq  va  tashqi 
muhitning  boshqa  elementlarining  fizik-kimyoviy,  biologik,  bakteriologik,  gelmentologik, 
toksikologik va radiologik usullar bilan tekshiruvlar kiradi.  
4.  
Tashqi  muhit  omillarining  inson  organizmiga  ta’sirini  fiziologik  usullar  yordamida 
aniqlash.  
5.  
Laboratoriya sharoitlarida tajriba o’tkazish usullari (kameralarda, maxsus tajribaviy asbob-
uskunalarda).  
6.  
Aholi  yashash  joylarining  sanitariya  sharoitlariga  bog’liq  statistik  sinov  usullari  bilan 
aniqlash.  
7. Tashqi muhit ta’sirini aniqlash uchun aholining turli guruxlarini ommaviy ko’rikdan o’tkazish 
usullari.  
       5.2.  Kommunal gigiena fanining rivojlanish tarixi va zamonaviy muammolari.  
Gigiena fanining rivojiga, qadimiy Turon o’lkasida yashab ijod qilgan, tibbiyot ilmiga o’zining 
bebaho  hissasini  qo’shgan  iste’dodli  olimlar  Aba  Ali  Ibn  Sino,  Ismoil  Jurjoniy,  Abu  Rayhon 
Beruniy, Umar Chag’maniy va boshqalar ham o’z asarlari bilan katta hissa qo’shganlar.  
Qisqa, ammo mazmunli hayot kechirgan, salkam 500 ga yaqin asarlar yaratgan buyuk alloma Ibn 
Sinoning asarlari uni jahonga tanitdi.  
Ibn  Sino  o’zining  "Tib  qonunlari"  kitobida  gigiena  ilmyga  bagashlan-gan  ko’p  masalalar 
echimlarini  yozib  qoldirgan.  Jumladan,  u  agar  havoda  va  boshqa  g’uborlar  bo’lmaganda  edi, 
inson  hayoti  anchagana  cho’zilgan  bo’lardi",  deb  atmosfera  havosining  ifloslanishidan  holi 
qilishni uqtiradi. Ayniqsa, u havo haroratiga, uning namligaga e’tibor bergan. Asarlarida insonlar 
yilning  turli  fasllarida  sog’liklarini  saqlashning  ehtiyot  choralarini  ko’rishlari  zarurligani, 
ko’pgana  kasalliklar  namlik  oshganda,  yoki  issiqlik  darajasi  haddan  tashqari  oshib  ketganda 
zo’rayishini  aytib  o’tgan.  U  shunday  degan:  "Shuni  bilgankim,  yil  faslining  turli  iklim  sharoiti 
qandaydir  ka-sallikni  keltirib  chiqarishi  mumkin,  demak,  ikdimga  qarab  akl-zakovat  bilan 
odamlarga turli kun tartibini tavsiya qilish kerak".  

 
134 
"Tib qonunlari" kitobida, jumladan, turar joylarni qurishda maydon-ning sof tuprog’i, relefi katta 
ahamiyatga ega ekanligani tushuntiradi va aholi yashashi uchun quriladigan maydonlar kungay, 
bahavo, quruq tuprokli bo’lmog’i zarur, deydi. Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari o’z asarida 
inson  salomatligani  sakdashda  tashqi  muhit  omillari:  suv,  tuproq,  atmosfe-ra  havosining 
ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tadi.  
Ismoil  Jurjoniy  Xorazmshohlar  davrida  yashab  ijod  qilgan,  tibbiyot  fani  rivojiga  o’z  hissasini 
qo’shgan  yirik  olim.  U  Xorazm  viloyatining  ikdimi,  tuprog’i,  havosi,  geografik  holati  haqida 
yozibgana  qoldirmay,  ularni  insonlar  salomatligiga  ta’sirini  ham  o’rgandi.  Uning  fikricha, 
"Kimki Xorazm viloyati havosidan nafas olsa, undagi dorivor o’simliklar-dan, meva va rezovor 
o’simliklardan iste’mol qilsa, uning sog’ligi iustahkam bo’ladi".  
Jurjoniy  tibbiyot  olamida  ikki  bebaho  kitob  qoldirdi,  bular  "Xorazmshoh  xazinasi"  va 
"Xorazmshoh Karabadini", "Xorazmshoh xazinasi" 9 ta kitobdan iborat bo’lib, tibbiyot fanining 
turli sohalariga bagashlangan. U kasalliklarning kelib chiqishiga 6 xil omil sabab bo’ladi, deydi, 
ya’ni,  havo  (iqlim),  oziq-ovqat  va  dori-darmon,  uyqu  va  uyqusizlik,  jismoniy  harakat  va 
harakatsizlik, organizmga kiruvchi moddalar va ularning organizmdan ajralishi, haddan tashqari 
xursandchilik va xafagarchilik.  
Jurjoniy  "Xorazmshoh  xazinasi"  nomli  kitobida  zax,  namligi  yuqori  bo’lgan  joylarga,  uy-joy 
qo’rganda  poydevorini  balandroq  qurishni  tavsiya  etadi.  U  ichimlik  suvlarga  to’xtalib,  qish 
vaqtida yog’gan yomg’ir va erigan qor suvi yoz vaqtida yog’ganiga nisbatan tozaroq ekanligani 
uqtirib,  bu  holni  atmosfera  havosining  yoz  vaqtida  iflosligi  natijasi,  deb  to’g’ri  fikrlaydi. 
Tarkibida  temir  moddasi  ko’p  bo’lgan  suv  kishi  organizmiga,  ya’ni  me’da-ichak,  buyrak  va 
jinsiy  a’zolar  faoliyatiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatishi,  sho’r  suv  esa,  qonni  o’zgartirishi,  ich 
ketkazishi,  buyrak,  siydik  holida  tosh  hosil  bo’lishiga  sabab  bo’lshii  to’g’risida  ma’lumotlar 
bergan.  U  suvning  tozaligani  aniqlovchi  ko’rsatkichlar  sifatida,  uning  rangi,  mazasi,  hidi, 
tinikligini ko’rsatib o’tgan.  
Agar  Turkiston  tarixiga  murojaat  qilsak,  yozma  manbalar,  asosan,  nisbatan  yaqinroqda 
tarqalgan. O’rta Osiyo respublikalari ilgari Turkiston viloyati (okrug), deb yuritilgan. Bu viloyat 
tarkibiga  hozirgi  hozirgi  Qo-zog’iston  respublikasining  janubiy  nohiyalari,  Qirg’iziston, 
Tojikiston kirgan. Turkistonda gigiena fani qanday taraqqiy etgani xususidagi savol-larga kichiq-
kichiq risolalardan javob topish mumkin edi. Ammo alohida maxsus darslik yo’q edi.  
1920 yilda Turkiston Davlat dorilfununi tashkil qilindi. Uning tibbiyot fakultetida ishlash uchun 
Moskva va boshqa shaharlardan bir qancha olimlar, gigienistlar taklif qilindi.  
1922  yildan  Turkiston  jumhuriyatida  sanitariya  vrachlari,  kuzatuvchi  tashkilotlar,  mehnatni 
muhofaza  qilish  ishlari  uyushtira  boshlandi.  Keyin-chalik  sanitariya,  ximiya,  bakteriologik 
laboratoriya, so’ngra epidemik kasal-liklarga qarshi kurashuvchi bo’limlar tashkil qilindi.  
1924  ymlda  Buxoro  shahrida  tarqalgan  rishta  kasalligiga  qarshi  kurashish  va  uni  yo’q  qilish 
maqsadida tropik tibbiy ilmiy-tekshirish ilmgohi ochildi.  
1927  yili  O’lka  sanitariya-bakteriologiya  ilmgohi  qoshida  sanitariya-gigiena  bo’limi  tashkil 
qilindi. 1934 yilda O’zbekiston ilmiy-tekshirish sanitariya-gigiena instituti ochildi.  
Turkiston Davlat dorilfununidan, keyinchalik Toshkent Davlat Tibbiyot oliygohi alohida bo’lib 
ajralib chiqdi vv uning qoshida sanitariya-gigiena mutaxassislari tayyorlaydigan fakultet ochildi.  
Kommunal  gigiena  kafedrasiga  t.  f.  d.  ,  professor  Vinokurov  Petr  Dmitrievich  mudirlik  qildi, 
1935-1938  yillarda.  U,  asosan,  suv  va  turar  joy  gigienasi  bilan  bog’liq  masalalar  bilan 
shug’ullangan.  
Kommunal  gigiena  kafedrasiga  t.  f.  d.  ,  professor  Ageev  Petr  Konstan-tinovich,  1939-1940 
yillarda  mudirlik  qildi,  U  o’zining  ishlarida  O’zbekistonda  aholini  toza  suv  bilan  ta’minlash 
tadbir-choralarini ishlab chiqdi.  
T.  f.  d.  ,  professor  Zohidov  Abdulla  Zohidovich  -  O’zbekiston  va  Qoraqalpog’istonda  xizmat 
ko’rsatgan fan-texnika arbobi respublikamizdagi gigiena fanining asoschilaridan biri. U o’zining 
1968  yilda  yoqlagan  "O’zbekistonda kommunal gigienaning asosiy masalalari" nomli doktorlik 
dissertatsiyasida  O’zbekiston  Respublikasida  kommunal  gigiena  masalalarini  o’rganib,  ularni 
yaxshiroq  hal  etish  usullarini,  chora-tadbirlarini  ko’rsatdi.  Ushbu  ish  aholini  toza  suv  bilan 

 
135 
ta’minlash,  suv  manbalarini  muhofaza  qilish,  turar  joylarni  ozoda  to’tish  yo’llari,  issiq  iklim 
sharoitida zaharli ximikatlarni ishlatishda gigiena masalalari va boshqalarga bag’ishlangan.  
Zoirov  Kayum  Sobirovich  -  professor,  O’zbekiston  va  Qoraqalpog’iston-da  xizmat  ko’rsatgan 
vrach, fan arbobi va olim.  
Iskandarov  To’lqin  Iskandarovich  –  O’zbekiston  Respublikasi  fanlari  Akademiyasining 
Akademigi, Rossiya Federatsiyasi tibbiyot texnika fanlari Akademiyasining Akademigi, tibbiyot 
fanlari  doktori,  professor,  1972  yildan  boshlab  2003  yilgacha  kommunal  gigiena  kafedrasiga 
mudirlik  qilgan.  Hozirda  O’zR  SSV  Sanitariya,  gigiena  va  kasb  kasalliklari  ilmiy-tekshirish 
instituti direktori.  
Gigiena  va  boshqa  tibbyot  muammolari  asosida  bajarilgan  ilmiy  tadqiqotlar  ma’lumotlari  va 
natijalari bo’yicha T. I. Iskandarov muallifligi asosida 550 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan, 
97 ta instruktiv uslubiy  va me’yor xujjatlar tayyorlangan. U 67 ta mualliflik shaxodatnomasiga 
ega, 25 monografiya, 40 ta ilmiy ommabop risolalar, 38 ta kitob qo’llanmalar yaratgan.  
Gigiena,  toksikollogiya,  inson  ekologiyasi  sohasida  yirik  ilmiy  maktab  yaratgan.  Ularning 
raxbarligida 26 ta fan doktorlari va 77 fan nomzodi etishib chiqqan.  
1989-1995  yilarda  T.  I.  Iskandarov  Respublika  sog’liqni  saqlash  Vazirligida  Vazir  muovini  va 
Respublika  Davlat  Bosh  sanitariya  vrachi  lavozimlarida  ishlab  kelgan.  Ular  respublikamizda 
birinchilardan  bo’lib  «Davlat  Sanitariya  nazorati  to’g’risida»  gi  qonunni  yaratilishiga  asos 
solganlar.  
 
Keyingi  yillarda  fan-texnika  taraqqiyoti  juda  ko’p  sun’iy  polimer  va  plastmassa 
materiallari  sintez  qilishga  va  ularni  xalq  xo’jaligida  joriy  qilishga  katta  yo’l  ochib  berdi.  Shu 
bilan  birga  sanoat  korxonalarini  qurish  va  ishga  tushirish  atmosfera  havosini,  suv  havzalarini, 
turar  joylarni  ifloslantirmokda.  Shu  sababli,  ularni  reja asosida  qurish  va  ularning  chiqindilarni 
aholi  salomatligiga  zarar  etkazmaydigan  qilib  tashlashga  ahamiyat  berish  dolzarb  vazifa  bo’lib 
qolmokda.  
5.3. Kommunal Gigienaning maqsadlari, ish shakllari va usullari.  
Kommunal  gigiena  fanining  asosiy  maqsadlari  -  uning  alohida  bo’lgan  (quyida  sanalgan)  6  ta 
bo’limida berilgan.  
1.  
Suv va ichimlik-xo’jalik suv ta’minoti gigienasi. Mazkur bo’limda ichimlik suvining sifati, 
tozalash  qurilmalarini  joylashtirish  va  ishlatish,  aholini  sifatli  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlovchi 
tarmoklarga qo’yiladigan gagigenik talablar o’rganiladi.  
2.  
Suv  ob’ektlarini  sanitariya  muhofazalash  gigienasi.  Ushbu  bo’limda  suv  havzalari 
suvlarining sifati masalalari, ularni ichimlik-xo’jalik suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi, 
hamda suv havzalari suvining 
sifatini  turg’un  saqdash  maqsadida  chiqindi-oqava  suvlarini  tushirilishiga  qyiladigan  gagaenik 
talablar o’rganiladi.  
3.  Tuproqning  sanitariya  himoyasi  va  aholi  turar  joylarini  sanitariya  tozalash  gigienasi.  Bu 
bo’limda tuproqni kimyoviy  va biologik moddalar bilan ifloslanish shart-sharoitlari o’rganiladi. 
Ifloslantiruvchilarni tuproq orqali er osti suvlarga, atmosfera havosiga, o’simliklarga o’tib inson 
salomatligiga  va  turmush  sharoitiga  ta’sir  ko’rsatishi  o’raganiladi.  Bo’limda  yana  suyuq 
chiqindilardan sanitariya tozalashga qo’yiladigan gigienik talablar ham o’rganiladi.  
4.  
Atmosfera  havosini  sanitariya  muhofazalash  gigienasi.  Bu  bo’limda  atmosfera  havosini 
ifloslanishining  qanday  darajasi  aholi  salomatligiga  zararsiz  ekanligi,  aholi  turmushining 
sanitariya-maishiy  sharoitlarni  buzmaydigan  holati,  aholi  turar  joylari  havosi  tarkibida 
ifloslantiruvchilarning gagaenik me’yoridan oshib ketish darajasini vujudga kelishini oldini olish 
maqsadida  atmosfera  havosini  ifloslantiruvchi  manbalarni  joylashtirishga  va  ishlatilishiga 
qo’yiladigan gagaenik talablar o’rganiladi.  
5.  
Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilaktika muassasalari gigienasi. 
Bunda  turar  joy  binolari  ichki  omillarining  inson  uchun  optimal  darajasi  (havo  harakati,  nisbiy 
namlik,  havo  harorati,  xonaning  radiatsion  rejimi),  davolash  profilaktik  muassasalarini 
loyihalashtirish,  obodonlashtirish  va  jihozlanishiga  qo’yiladigan  talablar,  madaniy-maishiy 
muassasalarni  (hammom,  kirxona,  sartaroshxona,  kinoteatr,  teatr,  sirk  va  boshqalarni) 

 
136 
loyihalashtirish,  obodonlashtirish  va  jihozlanishiga  qo’yiladigan  talablar,  sport  inshoatlarini 
(suzish  havzalari,  sport  komplekslari  va  zallari)  loyihalashtirish,  obodonlashtirish  va 
jihozlanishiga qo’yiladigan talablar qaraladi.  
6.  
Aholi  turar  joylarini  loyihalashtirish  (rejalashtirish,  joylashtirish)  gigienasi  bu  bo’limda 
aholi  turar  joylarini  rejalashtirishda  tabiiy-iqlim  sharoitlarining  ahamiyati  va  ularni 
rejalashtirishda  hisobga  olish,  aholi  turar  joylari  hududlarida  seliteb  mintaqani  rejalashtirish  va 
qurilishga qo’yiladigan gagaenik talablar, qishloq aholisi, turpar joylarini rejelashtirishni o’ziga 
xos tomonlari o’rganiladi.  
 
Mavzu: “SUV TASHQI MUHITNING ASOSIY OMILIDIR” 
Ma’ruzani o’qitish texnologiyasi 
Vaqt: 2 soat   
Talabalar soni:50-60 
O’quv  mashg’ulotining  shakli 
va turi 
muammoli ma’ruza 
Ma’ruza rejasi  

 
Butun  dune  va  xususan  O’zbekistonda  suv  taminoti 
bo’yicha dolzarb muammolar va ularni echish yullari.  
 
 
 

 
Suvning fizologik ahamiyati.  
 

 
Suvning gigenik ahamiyati .  

 
Aholi  salomatligiga    va  turmush  sharoitlariga  suvning 
sifatini va miqdorini ahamiyati suv iste’mol me’yorlari. 

 
Suv taminotining gigenik maqsadlari. 
 
O’quv mashg’uloti maqsadi: 
 
Talabalarga  belgilangan    masalaning  mohiyatini  tushuntirish 
va  ularda  suvning  inson  hayotidagi  fiziologik  va  gigienik 
ahamiyati  haqidagi  tushunchani  shakllantirish.  Shu  bilan 
birga  aholi  salomatligiga    va  turmush  sharoitlariga  suvning 
sifatini  va  miqdorining  ahamiyati  suv  iste’mol  me’yorlari 
hamda  kommunal  gigiena  shifokorining    ichimlik  suvi 
me’yorlarini ishlab chiqishdagi vazifalari, aholining ichimlik 
suvi  bilan  ta’minlashda  suv  ta’minotining  mohiyatini  va 
muhimligini  alohida  o’rgatish. 
Pedagogik vazifalar: 
-Talabalarga 
suv 
taminoti 
bo’yicha dolzarb muammolar va 
ularni 
echish 
yullarida 
kommunal gigiena shifokorining 
ish faoliyatini o’rgatish, 

Respublikadagi 
mavjud  
bo’lgan  gigienik  muammolarini 
yoritib berish; 
 -Mavzu 
bo’yicha 
mavjud 
bo’lgan  me’yoriy  hujjatlar  bilan 
tanishtirish 
O’quv faoliyati natijalari: 
-  Butun  dune  va  xususan  O’zbekistonda  suv  taminoti 
bo’yicha  dolzarb  muammolar  va  ularni  echish  yullarida 
kommunal gigiena shifokorining ish faoliyatini aniqlashtirish. 
-  Suvning  fizologik  va  gigienik  ahamiyatini  gigienik  nuqtai 
nazardan baholashni bilish.    
-  Aholi  salomatligiga    va  turmush  sharoitlariga  suvning 
sifatini  va  miqdorini  ahamiyati  suv  iste’mol  me’yorlarini 
ishlab chiqishni bajara olish. 
Ta’lim usullari 
Ma’ruza,  namoyish 
Ta’lim shakli 
Frontal 
Ta’lim vositalari 
Ma’ruza matni, kompyuter 
Ta’lim berish sharoiti 
Maxsus  texnika  vositalari  bilan  jihozlangan  guruxli  shaklda 
ishlashga mo’ljallangan xonalar 
Monitoring va baholash 
Og’zaki so’rov 

 
137 
 
“Suv tashki muhitning asosiy omilidir” 
mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi 
Ish bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat 
ta’lim beruvchi 
ta’lim oluvchilar 
1-bosqich. 
O’quv 
mashg’uloti 
ga kirish 

Download 6.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling