O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 6.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana13.02.2017
Hajmi6.33 Kb.
#381
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi 
 
 
“Tasdiqlayman” 
 O’quv ishlari bo’yicha prorektor 
 
                                                                              prof                          O.R. Teshaev 
                                                       
«___» __________           201_ y. 
 
 
 
 
KOMMUNAL GIGIENA FANIDAN 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 

 

 
 
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 
 
“Tasdiqlayman” 
 O’quv ishlari bo’yicha prorektor 
 
                                                                              prof                          O.R. Teshaev 
                                                       
«___» __________           201_ y. 
 
 
 
 
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 

 

 
 
№ 
Mundarija 
Betlar 

Namunaviy o’quv dasturi 


Ishchi o’quv dasturi 
22 

Ta’lim texnologiyasi 
64 

Masalalar va mashqlar to’plami 
93 

Test savollari 
103 

Nazorat uchun savollar (JN, ON, YaN) 
115 

Umumiy savollar 
115 

Tarqatma materiallar 
121 

Glossariy 
123 
10 
Referat mavzulari 
125 
11 
Adabiyotlar ro’yxati 
129 
12 
Tayanch konspekt 
130 
13 
O’quv materiallari (o’quv qo’llanmalar) 
158 
14 
Xorijiy ma’nbalar 
159 
15 
Kurs ishi mavzulari 
160 
16 
Annotatsiyalari 
161 
17 
Mualliflar to’g’risida  
177 
18 
Foydali maslaxatlar 
178 
19 
Meyoriy xujjatlar 
179 
20 
Baholash mezonlari 
187 
 
 
 
 
 
 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
                                                         
                                                             Kommunal gigiena 
 fanining 
O`QUV DASTURI 
 
 
 
 
 
 
                                                 Toshkent 
Ro`yxatga olindi 
№________________ 
20__ yil "___" ____ 
 
O`zbekiston Respublikasi                                                                    
Oliy va o`rta maxsus ta`lim                                                                   
vazirligining 20__ yil "____" 
_________dagi "____"-sonli buyrug’’i 
bilan tasdiqlangan 
 
Bilim sohasi:        
500000 
Bilim sohasi:        
 Ta`lim sohasi:       510000 
 Ta`lim sohasi:      
Ta`lim yo`nalishi:  5510300     - Tibbiy-profilaktika ishi  

 

 
Fanning  o’quv  dasturi  Oliy  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o’quv-uslubiy  birlashmalari 
faoliyatini  Muvofiqlashtiruvchi  Kengashning  201_  yil  «____»dagi  «_____»-son  majlis  bayoni 
bilan ma’qullangan. 
 
Fanning o’quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi. 
 
 
 
Tuzuvchilar:   
 
 
Prof. G.T.Iskandarova 
 TTA Kommunal va mexnat gigiena kafedrasi mudiri, 
professor 
G.F.Sherqo’zieva   
 TTA kommunal va mexnat gigiena kafedrasi  dotsenti 
 
A.M.Yusupxodjaeva  
 TTA kommunal va mexnat gigi ena  kafedrasi katta 
o’qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar:     
 
Shayxova G.I. 
TTA  “Bolalar,  o’smirlar  va  ovqatlanish  gigiena”  kafedrasi 
mudiri,professor. 
Alimuhammedov D. 
Toshkent shaxar DSENM bosh vrachi, t.f.n. 
 
 
 
 
              
 
 
 
Fanning  o’quv  dasturi  Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  Ilmiy-uslubiy  kengashida  tavsiya 
qilingan (201_ yil ________dagi  «_____»   «____»-sonli bayonnoma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
 
Kirish 
Fanning bakalavr tayyorlashdagi o’rni va ahamiyati. 
Millatning  salomatligi-bu  ijtimoiy-iqtisodiy,  iqtisodiy,  tibbiy-biologik,  demografik  va 
boshqa bir qator omillar ta’sirining integral, millatning farovonlik, iqtisodiy  va ijtimoiy, hamda 
turg’unlik ko’rsatkichlaridan biridir. 
Aholi salomatligining holati bunda tabiatni va atrof muhitni muhofaza qilish to’g’risidagi 
fanlar  guruxini  hosil  qiluvchi  asosiy  omil  hisoblanadi,  chunki  faqat  aholi  salomatligi  saqlash 
mehnat resurslarini va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlaydi.  
Bularning  hammasi  o’lka  gigiena  fanining  xalq  xo’jaligi  va  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  muammolarni  dolzarbligini  ko’rsatadi.  Davlatimiz  rahbari  I.A.  Karimov,  bejizga  ichki 
siyosatimizning  eng  ko’zga  ko’ringan  yo’nalishlarida  tabiiy  resurslaridan  to’g’rincha  va  pola-
partish  foydalanishni  oldini  olish,  ekologik  holatni  yomonlashuviga  yo’l  qo’ymaslik,  atrof 
muhitga  va  aholini  salomatligiga  zarar  keltirishni  yo’l  qo’ymaslik  choralari  deb  ko’rsatdi. 
Kommunal  gigiena  fani  gigiena  fanlari  ichida  mustaqil  tarmog’i  sifatida  tabiat,  hamda 
insonlarning xo’jalik faoliyatida paydo bo’ladigan xatarli omillarni inson salomatligiga ta’sirini 
o’rganadi va bo’lar asosida gigienik meyorlar va sanitariya qoidalarni ishlab chiqadi. 
O’quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni  o’qitishdan  maqsad-nazariy  tomondan  tayyorlash  va  amaliyot  tomonidan  uddalay 
olishini  va  ko’nikmalarni  vujudga  keltirish  asosida  bitiruvchilarga  aholini  salomatligi 
mustahkamlash  maqsadida  tabiatning  injiqlik  va  antrapogen  omillar  bilan  bog’liq  bo’lgan  turli 
kasalliklarini  oldini  olish  maqsadida  aholi  yashash  joylarida  sanitariya  sharoitlarni  yaxshilash 
uchun  kerak  bo’ladigan  gigienik  meyorlarni  va  profilaktik  tadbirlarni  ilmiy  asoslab  berishdan 
iborat.  
 
Fanning vazifalari: 
1.  Suv  va  ichimlik-xo’jalik  suv  ta’minoti  gigienasi  sohasida  ichimlik  suvining  sifati, 
tozalash  qurilmalarini  joylashtirish  va  ishlatish,  aholini  sifatli  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlovchi 
tarmoqlarga qo’yiladigan gigienik talablarni ishlab chiqishni va tadbiq etishni o’rgatish.  
2. Suv ob’ektlarini sanitariya muhofazalash gigienasi bo’yicha suv havzalari suvlarining 
sifati,  ularni  ichimlik-xo’jalik  suvi  manbasi  sifatida  ishlatish  mumkinligi,  hamda  suv  havzalari 
suvining  sifatini  turg’un  saqlash  maqsadida  chiqindi  (oqava)  suvlarni  suv  havzalariga  tashlash 
sharoitlarini aniqlash bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishini ta’minlash.  
3.  Tuproq  muhitini  sanitariya  himoyasi  va  aholi  turar  joylarini  sanitariya  tozalash 
gigienasi  bo’yicha  tuproqni  kimyoviy  va  biologik  moddalar  bilan  ifloslanish  shart-sharoitlari 
o’rgatish.  Ifloslantiruvchilarni  tuproq  muhiti  orqali  er  osti  suvlarga,  atmosfera  havosiga, 
o’simliklarga o’tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta’sir ko’rsatishini asoslash.  
4.  Atmosfera  havosini  sanitariya  muhofazalash  gigienasidan,  uni  ifloslanish  darajasi, 
aholi  salomatligi  uchun    zararsizligi,  aholi  sanitariya  turmush  sharoitlarni  buzmaydigan  holati, 
aholi  turar  joylari  havosi  tarkibida  ifloslantiruvchilarning  gigienik  me’yoridan  oshib  ketish 
darajasini vujudga kelishini oldini olish maqsadida ifloslantiruvchi manbalarni joylashtirishga va 
ishlatilishiga qo’yiladigan gigienik talablarni to’g’ri talqin qilish.  
5.  Turar  joy,  umumjamoa,  madaniy-maishiy  va  davolash  profilaktika  muassasalari 
gigienasi  bo’yicha  binolarning  ichki  omillarini  inson  salomatligi  uchun  optimal  darajasi  (havo 
harakati,  nisbiy  namlik,  havo  harorati,  xonaning  radiatsion  rejimi),  davolash  profilaktik 
muassasalarini,  madaniy-maishiy  muassasalarni  (hammom,  kirxona,  sartaroshxona,  kinoteatr, 
teatr,  sirk  va  boshqalarni),  sport  inshoatlarini  (suzish  havzalari,  sport  komplekslari  va  zallari) 
loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo’yiladigan talablarni o’zlashtirish.  

 

6.  Aholi  turar  joylarini  loyihalashtirish  (rejalashtirish,  joylashtirish)  gigienasidan  ularni 
rejalashtirishda  tabiiy-iqlim  sharoitlarining  ahamiyati  hisobga  olish,  mintaqani  rejalashtirish  va 
qurilishga  qo’yiladigan  gigienik  talablar,  qishloq  aholisi,  turar  joylarini  rejalashtirishni  o’ziga 
xos tomonlarini o’zlashtirish.  
Fan bo’yicha talabalarni bilim, malaka va ko’nikmaga  
qo’yiladigan talablar 
«Kommunal  gigiena»
 
o’quv  fanini  o’zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr: 

 
aholi salomatligi mustahkamlash maqsadida tabiatning injiqligi va antrapogen omillar 
bilan bog’liq bo’lgan turli kasalliklarini oldini olish maqsadida aholi yashash joylarida sanitariya 
sharoitlarni  yaxshilash  uchun  kerak  bo’ladigan  gigienik  meyorlarni  va  profilaktik  tadbirlarni  
bilishi kerak. 

 
kommunal gigiena fanini gigiena fanlari majmuida tutgan o’rni, kommunal gigienani-
ilmiy  fan  sifatida  tushunchasi,  uning  maqsadi,  vazifasi,  hajmi,  nazorat  ob’ektlari,  kommunal 
gigiena bo’yicha vrachlarning ish yuritish shakl va usullarini bilishi kerak. 

 
ma’muriy  xududda  joylashgan  kommunal  ob’ektlarni  davlat  sanitariya  nazoroatidan 
o’tkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.  

 
atrof  muhit  ob’ekt  (suv,  tuproq,  havo,  fizik  omillar  va  x.o.)  laridan  olingan 
sinamalarni laboratoriya tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilish. 

 
xo’jaligi  tarmoqlarini  kimyolashtirish  darajasini  rivojlanishi  davrida  fanning 
zamonaviy  vazifalari,  sanitariya  va  kommunal  gigiena  sohasida  davlat  sanitariya  nazorati 
amaliyoti  ilmiy  asoslari  gigienik  meyorlashtirish  yo’lida  tadqiqotlarni  kengayishi  va 
mukamallashtirilishi sohasidagi malakalariga ega bo’lishi kerak. 
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan  
uzviy ketma-ketligi 
Kommunal  gigiena  fani  mutaxassislik  fani  hisoblanib,  6-,7-,8-,9-,10  va  11-12-
semestrlarda  o’qitiladi.    Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida  rejalashtirilgan
 
fizika,  kimyo, 
biologiya,  mikrobiologiya,  normal  va  patologik  fiziologiya,  ichki  kasalliklar,  yuqumli 
kasalliklar,  kasb  kasalliklari,  umumiy  va  radiatsion  gigiena,  mexnat  gigienasi,  ovqatlanish 
gigienasi,  bolalar  va  o’smirlar  gigienasi, epidemiologiya,  ijtimoiy  gigiena  va  jamoat  sog’lig’ini 
saqlashni  tashkil  etish  gigienasi  fanlaridan  etarli  bilim  va  ko’nikmalarga  ega  bo’lishlik  talab 
etiladi. 
Sog’liqni saqlash tizimidagi o’rni 
 
Kommunal gigiena fani aholini salomatligini saqlash va kasalliklarni oldini olish 
maqsadida atrof muhit omillari ( suv, havo, tuproq, fizik omillar) ifloslanidshan muxofaza qilish 
uchun gigienik me’yorlari ishlab chiqaradi va amaliyotga tadbiq etadi. Fan bo’yicha talabalarga 
sog’liqni saqlash tizimi orqali tasdiqlangan me’yoriy xujjatlarni amaliyotga tadbiq etish yo’llari 
yoki usullari chuqur o’rgatiladi. 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Talabalarning  kommunal  gigiena  fanini  o’zlashtirishlari  uchun  o’qitishning  ilg’or  va 
zamonaviy usullaridan foydalanish,  yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish 
muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza 
matnlari,  tarqatma  materiallar,  kompyuter  dasturlari,  elektron  materiallar  hamda  zamonaviy 
laboratoriya o’lchov asboblarilardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi 
ilg’or pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi. 
                                                     Asosiy qism 

 

Kommunal gigiena sohasida davlat sanitariya nazorati 
Sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini va ekologik havfsizligini 
ta’minlash, davlat idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar, birlashmalar mansabdor shaxslari 
va 
alohida 
shaxslarning 
yurtimizda 
sanitariya-epidemiologiya 
holatni 
havfsizligini 
ta’minlashdagi  majburiyatlari,  davlat  sanitariya  nazoratini  olib  borishning  mazmuni,  DSENM 
kommunal  gigiena  sohasi  vrachining  xuquq  va  vazifalari,    kommunal  ob’ektlarda  davlat 
sanitariya  nazoratini  olib  borish  usullari  va  shakllari,  amaldagi  qonuniy  va  meyoriy  xujjatlar, 
O’zbekiston  respublikasi  «Davlat  sanitariya  nazorati  to’g’risida»  gi  qonuni,  atrof  muhitni 
ifloslanishini  oldini  olish  va  bartaraf  etishga,  mehnat  va  dam  sharoitlarini  sog’lomlashtirishga, 
aholi  salomatligini  muhofaza  qilishga,  kasallanishni  kamaytirishga    yo’naltirilgan  sanitariya-
gigienik  va  epidemiyaga  qarshi  tadbirlar.  Sanitariya-gigienik  va  sanitariya-epidemiyaga  qarshi 
qoida va meyorlarni buzilishini oldini olishda davlat sanitariya nazorati. Ogohlantiruvchi va joriy 
sanitariya nazorati. 
Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati 
Ogohlantiruvchi  sanitariya  nazoratini  olib  borishda  sanitariya  shifokori  vazifalari, 
ogohlantiruvchi  sanitariya  nazoratini  tashkil  qilish,  ogohlantiruvchi  sanitariya  nazorati 
bosqichlari,  texnik  iqtisodiy  hisoblar  to’g’risida  tushuncha,  loyihalarga  qaror  chiqarilishida 
texnik  iqtisodiy  asoslarni  hisobga  olish,  kommunal  ob’ektlarni  qurilishi  uchun  er maydonlarini 
ajratishda  ishtirok  etish,  qurilish  loyihalarining  turlari,  loyiha  tarkibidagi  hujjatlar  to’plami, 
tushintirish  xati,  chizma  qismlari,  ilovalar,  loyihalarni  sanitariya  ekspertizasidan  o’tkazish  va 
xulosa berish, tasdiqlangan loyixalar bo’yicha qurilishni olib borilishi ustidan sanitariya nazorat, 
yangi qurilayotgan, kengaytirilayotgan  va qayta tubdan ta’mirlanayotgan kommunal ob’ektlarni 
qurib bitkazilgandan so’ng ishga tushirilishida qabul xayati tarkibida qatnashish.  
Suv ta’minoti loyixalarini sanitariya nazoratidan o’tkazishdagi OSN 
Aholi  yashash  joylarida  suv  ta’minotini  loyixalashtirish  va  suv  ta’minoti  loyixalarini 
sanitariya nazoratidan o’tkazishdagi ogohlantiruvchi sanitariya nazorati. 
“Suv  va  ichimlik  xo’jalik  suv  ta’minoti  gigienasi”  sohasi  bo’yicha  ogohlantiruvchi 
sanitariya nazorati o’tkazishda quyidagi asosiy qonuniy xujjatlardan foydalanish tavsiya qilinadi: 
“Ichimlik suvi. Gigienik talablar va suvning sifatini nazorat qilish”; “Markazlashtirilgan ichimlik 
xo’jalik  suv  ta’minoti  manbalari.  Gigienik  texnik  talablar  va  tanlash  qoidasi”,  “Maxalliy 
ichimlik-xo’jalik suv ta’minoti uchun foydalaniladigan quduqlar va buloq, koptajlarning qurilishi 
va  tarkibi  bo’yicha  sanitariya  qoida”,  “Suv  ta’minoti.  Tashqi  tarmoq  va  inshootlar,  qurilishi 
yakunlangan ob’ektlarni ishga tushirishga qabul qilishning asosiy nizomlari”; “Ichimlik xo’jalik 
va  maishiy  madaniy  maqsadlarda  foidalanadigan  suv  havzalari  suvlarida  zaharli  moddalarni 
ruxsat  etiladigan  sanitariya  me’yorlari  (REM  TRED)”,  “Ochiq  suv  havzalarini  ifloslanishidan 
ximoya  qilish  sanitariyaniya  qoidalari  va  me’yorlari”,  “Suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya  tashqi 
tarmoqlar va inshootlar”. 
Suv ta’minoti ma’nbalari atrofida sanitariya  
himoya mintaqalarini tashkil qilish 
  Suv  ta’minoti  manbalari  va  ichimlik-xo’jalik  maqsadidagi  suv  tarmoqlarini  sanitariya 
ximoya mintaqalarini loyixalashtirish va ishga tushirish tartibi xaqidagi nizom;  
Ichimlik  xo’jalik  suv  tarmoqlarining  qurilishida  aloxida  suv  tarmog’i  inshootlarining 
namunaviy  loyixalari:  nasosli  stansiya,  toza  suv  saqlash  bo’yicha  inshootlar.  SXM    va 
boshqalardan  foydalanib,  yakka  xolda  loyixalar  bo’yicha  olib  boriladi.  Tushintirish  xatida 
quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lishi kerak;   Aholi yashash joylarini tavsifnomasi va uni 
kelajakdagi  rivojlanish,  qurilish  va  aloxida  tumanlarning  sanitariya  obodonlashtirilganligi 
to’g’risidagi ma’lumotlar; Kerak bo’lgan hamma suv iste’mol xisoblari, suv xajmi ko’rsatilgan, 
suv  iste’moli umumiy miqdori (aholi uchun ham) suv tarmog’i inshootining quvvati, sanitariya 
va  texnik  holati  to’g’risidagi  ma’lumotlar;  Suv  taxlillarini  keltirib  batafsil  suv  manbasini 
tanlashni asoslash. Suv ko’tarib beruvchi va tozalash inshootlarini quvvati xisoblangan natijalar; 
Kanalizatsiya  tarmoqlariga  nisbatan  o’zaro  joylashishi  xisobga  olingan  suv  tarmog’i  bosh 
inshootlari  joylashgan  o’rni  va  tavsifnomasi  (ishlab  chiqarish  quvvati,  o’lchami,  ish  tartibi, 

 

isitish, ventilyatsiya va binolarni sanitariya obodonlashganligi, xizmat ko’rsatiladigan xududning 
chegarasi, suv tarmoqlarini o’tkazish chuqurligidan magistral tarmoqlari.   
 
 
 
Suvni sifatini tozalash inshootlariga qo’yiladigan  
gigienik talabalar  
Qabul  qilingan  suvni  sifatini  tozalash  tizimi  va  suvni  tindirish,  keyin  filtrlash; 
koagulyatsiya, tindirish, filtrlash; kontaktli tindirgichlar orqali kuagulyatsiya va filtrlash; suvdan 
fito-  va  zooplanktonlarni  oldindan  ajratib  olish  uchun  mikrofiltrlash,  koagulyatsiya,  ikki 
bosqichli  tindirish  va  filtrlash;  Suvdan  fito-  va  zooplanktonlar  oldindan  ajratib  olish  uchun 
mikrofiltrlar,  koagulyatsiya,  ikki  bosqichli  tindirish  (juda  loyqa  suvlar  uchun),  tez  filtrlarda 
filtrlash,  xidni  bartaraf  etish  uchun  oksidlovchi  va  sorbentlar  ko’llash  va  zararsizlantirishning 
eng  samarali  usullarini  ko’llash.  Xar  xil  suv  tarmoqlarda  suvni  zararsizlantirish  usullaridan 
ozonlash  va  xlorlash  tavsiya  qilinadi.  Xlorlashdan  so’ng  paydo  bo’ladigan  xlorofen  xidini 
bartaraf  qilish  uchun  texnologik  jarayon  amaldagi  meyoriy  hujjatlarga  mos  ravishda 
loyixalashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Suvni  sifatini  yaxshilashning  maxsus  usullari  (ftorlash, 
ftorsizlantirish,  dezodoratsiya,  temirsizlantirish  va  boshqalar)  albatta  qurilishi  ko’rsatilgan 
bo’lishi kerak.  
Markazlashtirilgan suv ta’minoti ma’nbalariga  
qo’yiladigan gigienik talablar 
 
Hozirgi vaqtda suv ta’minotida suvni qayta ishlash uchun, filtrlash uchun, quduqlarni 
moslash  uchun  hamda  suv  tarmoqlarini  o’tkazish  uchun  sintetik  materialardan  keng 
foydalanilmokda.  Loyixalarni  ekspertizadan  o’tkazilaetganda  foydalanilaetgan  hamma  sintetik 
materiallarga  O’ZR  SSV  BSED  tamonidan  ruxsatnoma  berilganligi  tekshirilishi  kerak.  Suv 
ko’taruvchi moslamalarni loyixalarini sanitariya ekspertizadan o’tkazilaetganda ularni talablariga 
mos  kelishi  tekshiriladi.  Xar  xil  markazdan  qochuvchi  nasoslarga  (suvga  tushiriluvchi, 
ko’ndalang va tik valli) ko’proq endoshiladi. Agar imkoniyat bo’lmasa erliftlardan foydalaniladi. 
Sanitariya  nuqtai  –  nazaridan  shtangali  nasoslar  qator  kamchiliklarga  ega,  ularni  quduqlarga 
moslashtirilaetganda og’zini ishonarli darajada epish qiyinlashadi, hamda tez avariya holatlari va 
porshenlari 
suvni 
ifloslanishini 
ko’paytiradi. 
Markazdan 
qochuvchi 
nasoslarni 
loyixalashtirilaetganda  quduq  boshini    xar  doim  ham  germetik  ravishda  saqlashni  imkoniyati 
bo’lmasligini xisobga olish kerak. Bundan tashqari bu nasoslarni ta’irlash kiyi kechadi.  
 
Erliflardan  foydalanilganda  maydonlarni  to’g’ri  tanlash  va  ko’kalamzorlashtirish, 
kompressorlarning havo so’rib olish joylari kamida 4-5 metr er yuzasidan yuqorida va binoning 
shimoliy ichki uskunalarini eglab turish uchun foydalanilgan eglarni suvga tushishini oldini olish 
uchun  eg  tutuvchi  moslamalar  o’rnatilinadi.  Suv  ko’tarib  beruvchi  nasoslarni  bosimli 
kuvurlardan  suvdan  sinama  olish  uchun  jumraklar  o’rnatilishi  kerak,  Ta’mirlashdan,  quduqni 
yuvishdan  va  xlorlashdan  va  boshqa  ishlardan  so’ng  suvni  tashlab  yuborish  uchun  imkoniyat 
yaratilgan  bo’lishi  kerak.  Suv  ko’taruvchi  moslamalarni  ta’mirlash  zarur  bo’lgan  xolda  albata 
zaxirada  quduq  loyixalashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Agar  loyixa  bo’yicha  artezian  qudug’i  nasosli 
stansiya  xonasida  joylashgan  bo’lsa,  ular  albatta  izolyatsiya  qilingan  bo’lishi  kerak.  Ochiq  suv 
havzalarida  suv  olish  rejalashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Tozalash  inshootlarining  xisobini  Suv 
ta’minoti. Tashqi tarmoq va inshootlar talabiga asoslanib tekshiriladi. Ulardan tashqari: filtrlarni 
to’g’ri  tanlanganligini,  filtrlovchi  qatlamni  balandligi,  etarliligi,  filtrlarga  solingan 
materiallarning  diametri  qancha  suvni  filtrlanish  tezligi,  filtrlarni  yuvish  qanday  olib  borilishi 
ham aniqlanadi.  
 
Kanalizatsiya loyixasini sanitariya ekspertizasi 
 
Aholi  yashash  joylarini  kanalizatsiya  loyixalarini  ekspertizadan  o’tkazish  quyidagi 
tizim  bo’yicha  olib  boriladi:  Ekspertizaga  qo’yilgan  materiallarni  to’liqligini  tekshirish,  loyxa 
materiallarni  o’rganish:  Pasport  ma’lumotlari  (tushuntirish  xati,  chizma  kismlari,  ilovalar); 

 
10 
kanalizatsiya  tarmog’i  va  uning  inshootlarini  qurilishi  (kanalizatsiya  qilinadigan  tumanning 
chegara  foizi,  kanalizatsiya  tarmog’ini  suv  ta’minoti  tarmog’iga  nisbatan  uzulunligi,  qabul 
qilingan  sxema  va  tizm,  chetlashtirilaetgan  chiqindi  suv  miqdori  xisobi  material  o’tkazilgan 
chuqurlik,  kiyaligi,  kanalizatsiya  kuvirlarini  tushish  darajasi,  nasos  stansiyalarini  qurilishi. 
Loyxalashtirilaetgan  kanalizatsiya  chizmasini,  gidrologik  va  fizik-kimyoviy  tavsifnomasi,  suv 
havzasini pastgi kismida aholi yashash joyida va ulardagi suv ta’minoti manbalarini joylashishi 
bilan  sanitariya-topografik  natijalari,  chiqindi  suvlarini  tozalash  va    zaralantirish  usullari  bilan 
ularni  tozalash  darajasi  ko’rsatilgan  m’lumotlar,  tozalash  inshootlarini  ish  quvvati,  tabiiy 
tozalash  usullaridan  usullaridan  foydalanmasligini  asoslash,  qurilish  rejasi  to’g’risidagi 
ma’lumotlar bo’lishi kerak. 
 
Kanalizatsiya  qilinadigan  xududni  bosh  rejasini  ekspertiza  qilish.  Joylashishi, 
kanalizatsiya inshootlarini xili va suv tarmog’i bosh inshootlar va tarmoqlar, tozalash stansiyasi 
va chiqindi suvlarini tashlash joylari bosh rejasi, kanalizatsiya inshootlarini chizmalari. 
Sanitariya tozalash tizimi 
 
Aholii  turar  joylarini  qattiq  va  suyuq  chiqimndilardan  tozalash  tizimi  bo’yicha 
ogoxlantiruvchi  sanitariya  nazorat  vazifalariga  quyidagilar  kiradi:  qattiq  maishiy  chiqindilarini 
yig’ish,  chetlashtirish,  zararsizlantirish  va  maqsadga  muvofiq  foydalanish  bo’yicha  aloxida 
inshootlari  qurilishi  uchun  ajratilgan  er  maydonlarni  tanlab  olishda  katnashish;  ma’lum  aholi 
yashash  joyi  sanitariya  tozalash  prinsipial  tizimini  asoslab  berish  va  tanlash;  rejali  muntazam 
tozalash tizimini tashkil qilish, ko’llash bo’yicha reja va tadbirlar ishlab chiqish; shaxar tozalash 
bosh  tizimini  sanitariya  ekspertizadan  o’tkazish;  shaxarni    sanitariya  tozalash  ob’ektlarini 
qurilish  jarayonida  sanitariya  tekshiruv;  sanitariya  tozalash  ob’ektlarini  ishga  tushirishda  qabul 
xay’ati tarkibida katnashish. Tuproq muhitini ifloslanishdan muhofaza qilish tadbiriy choralari, 
rejalashtirish, sanitariya texnik, ma’muriy choralar.  
 
Atmosfera havosi muxofazasi  
 
Atmosfera  havosini  sanitariya  muxofazasi  bo’yicha  Davlat  sanitariya  nazorati 
o’tkazayotganda  quyidagi  ma’lumotlarni  xisobga  olish  kerak.  Atmosferani  ifloslantiruvchi 
manbalarni  xili  va  xarakteri,  ularni  aholi  salomatligiga  va  yashash  joyi  sanitariya  sharoitlariga 
ta’sir  etish  mumkinligi;  atmosfera  havosini  tozalik  darajasi  gigienik  me’yorlari;  atmosfera 
havosining  holatining  nazorat  qilishni  tashkil  qilish;  atmosfera  havosining  ifloslanishini  oldini 
olish  bo’yicha  tadbirlar  tizimi.  Atmosfera  havosini  ifloslanilishini  oldini  olish  bo’yicha 
ko’llanilaladigan  chora  tadbirlar  tizimi:  texnologik,  sanitariya,  texnik,  rejalashtirish,  tashkiliy, 
qonuniy. 
 
Joriy sanitariya nazorati 
Joriy  sanitariya  nazorati  asoslari,  sanitariya  nazorat  turlari,  atrof  muhitdagi  zaharli  va 
havfli omillarni miqdoriy baholash, atrof muhit muhofazasi va aholi salomatligi. Joriy sanitariya 
nazorati  bo’yicha  qonuniy-meyoriy  va  direktiv  hujjatlar,  ularni  mazmuni  va  ahamiyati, 
kommunal  ob’ektlar  ustidan  joriy  sanitariya  nazoratini  olib  borishda  laboratoriya  o’lchov 
asboblaridan  foydalanib  atrof  muhitni  ifloslantiruvchi  ma’nbalarni  aniqlash,  aholini  gigienik 
tarbiyasi va o’qitishni tashkil qilish. Kommunal gigiena bo’yicha mutaxassisning ish faoliyatini 
rejalashtirish  va  tahlil  qilib  borish,  suv  ta’minoti  tarmoqlarida  suvni  sifatini  turli  nuqtalarda 
nazoratini olib borish.   
 
Markazlashtirilgan suv ta’minotining rivojlanish  
tarixiy ma’lumotlari 
 
Suv  o’rab  to’rgan  muhitning  muhim  omilardan  biri  uning  fiziologik  va  gigienik 
ahamiyati.  Markazlashtirilgan  suv  ta’minoti,  uning  aholini  santariya  turmush  sharoitlarini 
yaxshilashda  kasallanishni  va  o’lim  holatlarini  oldini  olishdagi  tutgan  o’rni.  Aholi  yashash 
joylarida suv istemoli; aholini suv ta’minotiga bo’lgan extiej darajasini o’rganish usullari; suvga 
bo’lgan  extiejni  nisbiy  me’yorlari;  uning  gigienik  ahamiyati,  suv  ta’minoti  manbasi  sifatida 

 
11 
ko’llanishi mumkin bo’lgan suv ob’ektlari. Ichimlik suv manbalari atrofida tashkil  qiliniladigan 
sanitariya  ximoya  mintaqalari.  Ichimlik  suv  manbasini  tanlab  olish  sanitaeriya  vrachining 
mutaxassisligi  vazifalaridandir. 
 
Suv olish joyini  va suv olish inshootlarini tanlash. Ochiq suv  havzalarida suv olish eki 
suv qabul qilish     inhshootlari: kirgok oldi, o’zi okib keladigan yoki so’rib olinadigan trubalar 
tizimi, kultik xosil qilish.  
Suv va xo’jalik–ichimlik suv ta’minoti gigienasi 
 
Aholi  yashash  joylarini  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  ularni  farovonligini  asosiy 
kirralaridan  biridir.  Suv  ta’minotiga  umumjamoaning  salomatligini  darajasi,  xafli  epidemik 
kasalliklarni  yo’qotish,  yashash  joylaridagi  sanitariya  qulayliklariga  bog’liq.  Shaxarlarni 
kengayishi,  yangi  shaxar  va  qishloqlarning  qurilishi,  aholining  yaxshi  yashash  va  madaniyatini 
oshishi suv iste’molini ko’payishiga va suv ta’minoti uchun yangi manbalarni ko’llanishiga olib 
keladi.  Gigiena  fani  va  sanitariya  amaliyotining  erishgan  yutuqlari  asosida  suv  sanitariya  
qonuniyati    yaratildi,  bu  shu  sohadagi    keng  kamrovdagi  sog’lomlashtiruvchi  masalalarni 
echishda muhim asos bo’lib xizmat qiladi. S uvda ichish uchun foydalanish inson organizmning 
extieji xisoblanadi, lekin aholi yashash joylarini suv ta’minoti masalalari  va gigienik ahamiyati 
fiziologik    talab  darajasini  kondirishidan  ancha  tashqariga  chiqqan.  Xo’jalik  –  ichimlik  suv 
ta’minoti  deganda,  aholini  ichimlik  suvi    bilan  ta’minlash  uchun,  aholini  gigienik  va  maishiy 
maqsadlari  uchun,  sanitariya  va  kommunal  obodonchiligini  nazarda  tutgan  xolda  aholi 
punktlarini  suvga  bo’lgan  extiejini    kondirish  uchun  kollaniladigan  bir  qator  tadbirlar  va 
texnologik qurilma inshootlari tushuniladi. Xo’jalik ichimlik suv ta’minotining ajralib turadigan 
sanitariya  kunikmalari  bu  uning  sifatini  va  miqdorini  o’rnatilgan  gigienik  me’yorlarga  to’g’ri 
kelishidir.  
 
Suv olish qurilmalari va tozalash tizimi 
 
Muallaq moddalarni cho’ktirish va tindirish. Tindirgichlar – gorizontal (oddiy va radial) 
va  vertikal.  Suvni  koagulyatsiyalash,  koagulyatsiya  jarayonini  mohiyati.  qo’llanish  sharoiti. 
Tindirgich-tiniklatgichning  sxemasi  va  to’zilishi.  Suvni  filtrlash,  filtrlarni  turlari:  sekin  filtrlari, 
tezkor  bir  kavatli,  tezkor  ikki  kavatli,  tezkor  ikki  tamonli  filtrlar  (AKX)  filtr  va  kontakt 
tindirgichlar.   Er osti suv manbalaridan suv oladigan tarmoq. Er ostidan suv olish joyini tanlash. 
Er ostidan suv oladigan qurilmalarga qo’yiladigan sanitariya talablar. 
Ichimlik 
suvini 
zararsizlantirishdagi  gigienik  vazifalar.  Zararsizlantirishni  texnologik  jarayonlari.  Dezinfeksiya. 
Reagentli  va  reagentsiz  zararsizlantirish  usullari  xlor  va  uning  xossalari  xlorning  dozasini 
aniqlash, xlorlashni tashkillashtirish, qurilmalari va asboblari. Xlorlashning usullari va sharoitlari 
(ikki marta xlorlash, ammonizatsiya, perexlorlash). Ozonlash.  Ultrabinavsha nurlari bilan suvni 
dezinfeksiyalash,  ultratovush  gamma  nurlari  oligodinamik  kumushning  xususiyatlari.  Ichimlik 
suvini  zararlantirish  sharoitlari.  Ichimlik  suvini  sifatini  ko’rsatuvchi  gigienik  ko’rsatkichlar. 
Suvning yuqumlik kasalliklarini va invaziyalarni tarqalishidagi ahamiyati. Aholining salomatligi 
va  yashash  sharoitlariga  suvning  kimyoviy  tarkibini  ta’siri.  Aholining  kasallanishini  o’rganish 
usullari. Ichimlik suvini sifatini standartlashtirishning gigienik prinsiplari. Aholi turar  joylarini 
markazlashtirilgan  suv  ta’minotiga  qo’yiladigan  gigie7nik  talablar.  Ichimlik  suvini 
tayyorlashdagi 
gigienik 
vazifalar. 
Ichimlik 
suvini 
tayyorlashdagi 
maxsus 
usullar. 
Temirsizlantirish. Suvning xidi va ta’miga qarshi kurashish. Suvning mikroskopik faunasi bilan 
kurashish.  Suvni  yumshatish  tuzsizlantirish,  ftorlash,  dezaktivatsiyalash.  Suvni  ta’minlashni 
sanitariya  shart-sharoitlari.  Vodoprovod  tarmog’idagi  qurilmalariga  qo’yiladigan  gigienik 
talablar  (nazorat  quduqlari,  ut  uchirish  gidravlikasi,  suv  olish  kolonkalari,  suv  bosimi 
rezervuarlari).  Qishloq  aholi  punktining  suv  bilan  tam’minlash  sanitariya  asoslari.  Qishloq  suv 
ta’minoti  tarmog’i.  Maxaliy  suv  ta’minoti:  quduqlar,  kaptajlar,  buloklar.  Aholi  joylarini  suv 
sanitariya nazorati va laborator tekshiruv usullari. 
 
Markazlashtirilgan  issiq  suv  ta’minoti  to’g’risida  umumiy  ma’lumotlar.  Issiq  suv 
ta’minotini  tizimlarining  klassifikatsiyasi.  Markazlashtirilgan  issiq  suv  ta’minotini    gigienik 
ahamiyati.  Issiq  suv  ta’minotida  suvning  sifatiga  qo’yiladigan  gigienik  talablar.  Korroziyaga 

 
12 
qarshi  suvni  ishlov  berish.  Kaynashida  xosil  bo’ladigan  chukmaga  qarshi  suvni  ishlov  berish. 
Issiq  suv  tarmog’ini  rejalashtirishga  va  etkizishga  qo’yiladigan  talablar.  Issiqlik  ta’minoti  va 
issiq  suv  ta’minoti    tizimlarini  Ochiq  qurilmalari.  Issiqliklik  ta’minoti,  markazlashtirilgan  issiq 
suv  ta’minoti  Ochiq  tizimlariga  qo’yiladigan  talablar  va  ularni  ishga  qabul  qilish. 
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotini suvini sifatini nazorat qilish tartibi. 
 
Suv havzalarini sanitariya muhofazasi 
Tabiatda  suvning  xarakati  bir  necha  bosqichlardan  iborat:  buglanish,  bulutlar  xosil 
bo’lishi,  yog’ingarchiliklar  yog’ishi  va  dare  va  dengiz  suvlariga  qo’shilishi  va  yana  buglanish. 
O’zining  xarakati  davomida  suv  tarkibiga  kushi  lgan:  chirish  maxsulotlari,  organiq  birikmalar, 
erigan gaz va mineral moddalar, qattiq muallak moddalardan uz o’zidan tozalanish xususiyatiga 
ega. 
 
Ma’lum  aholi  punktida  ko’p  sonlik  aholi  va  uy  xayvonlari  tualanishi  natijasida  toza 
ichimlik  suvi  etishmaslik  holatlari  yuzaga  keladi.  Agarda  tuproqka  aholi  va  uy  xayvonlaridan 
xosil  bo’laetgan  chiqindilar  to’g’ridan  to’g’ri  oz  miqdorda  tushaetgan  bulsa  tuproq 
mikroorganizmlari ularning ozuka sifatida qayta ishlab foydalanishi mumkin. Agarda chiqindilar 
to’g’ridan  to’g’ri  suvga  tushsa  u  xolda  chirish  jarayoni  boshlanib,  kislorod  sariflanadi  bu  holat 
erigan kislorodga bo’lgan bioximik extiej deb nomlanadi. Bu extiyoj qanchalik yuqori bo’shlsa 
suvda yashayotgan mikroorganizmlar uchun kislorod miqdori kamayib boradi. Bu ayniqsa baliq 
va suv o’tlarida yaqqol seziladi.  Ba’zi xollarda kislorod etishmasligi natijasida suvdagi barcha 
mavjudot  nobud  bo’ladi.  Bunday  xallarda  suv  ulik  muhitga  aylanadi  va  unda  faqat  anaerob 
bakteriyalar  koladi:  ular  kislorodsiz muhitda  ham  uz  xaet  faoliyatini  davom  ettiradi  va  natijada 
zaharli oltin gugurt gazi ajralib chiqadi. Natijada o’lik holatiga tushgan suv manbai endi mutlako 
inson  va  xayvonot      olami  uchun  mutlok  yaroqsiz  holatga  keladi.  Bunday  holatlar  yuqoridagi 
vaziyatdan tashqari suv tarkibida nitratlar va fosfatlar miqdori ortib ketgan xollarda ham yuzaga 
kelishi  mumkin.  Bu  kimyoviy  birikmalar  suvga  qishloq-xo’jalik  o’g’itlari  orqali  tushishi 
mumkin. Bu birikmalar suv o’tlarini o’sish jarayonini tezlatadi va ular suvdagi kislorod  
miqdorini  kamayishiga  va  natijada  suvdagi  foydali  mikroorganizmlar  va  o’simliklar  dunyosi 
nobut bo’ladi. 
 
Suvdagi biogen moddalarni ortib ketishi kulning «karish» jarayonini tezlatadi. Ko’l suvi 
xaroratini  ortishi  suvda  kislorod  erishini    qiyinlashtiradi  lekin  ko’pgina  ishlab  chiqarish 
korxonalari,  ayniqsa  elektrostansiyalar  ma’lum  sexlardagi  xaroratni  pasaytirish  uchun  suvdan 
foydalanadi  va  xosil  bo’lgan  chiqindi  suvni  ochiq  suv  havzasiga  tashlaydi.  Bu  esa  suv  tizimini 
biologik  muvozanatini  buzilishiga  olib  keladi.  Kislorod  miqdorini  kamayishi  bir  turdagi  tirik 
mavjudotlarni  ortishiga  ikkinchi  turdagilarni  kamayishiga  olib  keladi.  Lekin  bu  xosil  bo’lgan  
tirik  jonzotlar  suvning  xarorati  pasayishi  bilan  nobut  bo’lishga  maxkum.  Organiq  chiqindilar, 
biogen  moddalar  va  issiqlik    chuchuk  suvdagi  ekologik  sistemani  butkul  ishdan  chiqishga  olib 
keladi.  
 
Xozirgi  kunga  kelib    ekologik  tizimlarga  mutlaqo  yod  bo’lgan  moddalar  qo’shilmokda 
ularga:  pestitsidlar,  ishlab  chiqarish  korxonalarida  turli  texnologik  jarayonlarda  ko’llaniladigan 
reagentlar,  xavfli  kimyoviy  birikmalar  kiradi.  Bu  moddalar  suv  muhitining  ozuqa  zanjiri 
tarkibiga  asta  sekinlik  bilan  kirib  bormokda.  Bu  esa  o’zining  salbiy  natijalarini  bermasdan 
qolmaydi.  
 
Butun  dunyo  xo’jalik  va  maishiy  suv  istemoli  dare  suvlarini  9  foizini  tashkil  qiladi. 
Korxona va maishiy suv istemollari esa yiliga 600-700 km tashkil etadi. Yuqoridagi suvlarning 
130-150  km3    ummuman  yaroqsiz  suv  500  km3  esa  qayta  ishlanib  suv  osti  suv  manbalariga, 
daryo,  ko’llar  va  dengizlarga  chiqindi  suv  sifatida  tushiriladi.  Suvning  sifati  suv  manbalarning 
gidroresurs  sifatlariga  hamda  tazalash  inshootlariga  bog’liq.  Tozalash  inshootlari  turli  xilda 
bo’lib  suvning  zararsizlantirish  holatiga  va  ishlash  jarayoniga  bog’liq.  Chiqindi  suvlarning 
muallak  moddalardan  to’liq  tozalanishi  mexaniq  tozalash  inshootlarini  turlariga  bog’liq  bo’lib 
turli tindigichlar va muallaq moddalarning xajmiga bog’liqdir. Oldingi vaqtlarda tindirishlarning 

 
13 
eng  samaradorligi  ko’proq  korxona  chiqindi  suvlarning  tozalash  usullariga  tadbiq  bo’lib  keng 
tarzida qo’llanilgan. 
 
 
Chiqindi suvlarni tozalash usullari qo’yiladigan  
gigienik talablar 
 
Suv ob’ektlarning muzofazalashning muamolarinni zamonaviy holati. Suv ob’ektlarning 
muxofalashning rivojlanish tarixi. Suv ob’ektlarning muxofazalashni davlat ahamiyatiga egaligi. 
Suv  ob’ektlarini  turlari.  Suv  xovzalarini  ifloslantiruvchi  asosiy  manbalar.  Chiqindi  suvlar 
tushunchasi. Sanoat chiqindi suvlarning xosil bo’lish tartibi. Xo’jalik chiqindi suvlarni tarkibi va 
xususiyatlari.  Shaxar  chiqindi  suvlari.  Qishloq  xo’jaligi  sanogatining  chiqindi  suvlari.  Suv 
xovzalarini  sanitariya  muxofazasi    tizimida  zararli  moddalarni  gigienik  me’yorlashtirishni 
ahamiyati.  Yo’l  quyadigan  me’yorning  nazariy  va  amaliy  asoslari.  Kimyoviy  moddalarni 
zararligini  limit  ko’rsatkichlari.  Maishiy  chiqindi  suvlarning  tozalash  bo’yicha  texnologik, 
loyixaviy,  sanitariya-texnik  va  yordamchi  tadbirlari.  Shaxar  chiqindi  suvlarning  tozalashning  
sifatining  gigienik  ko’rsatkichlari.  Chiqindi  suvlarning  mexaniq  tozalash  uchun  ko’llanadigan 
inshootlarning  turlari.  Chiqindi  suvlarning  biologik  suvlarning  tozalash  uchun  ko’llaniladigan 
inshootlarning turlari. 
 
 Biologik  tozalash  inshootlarning  klassifikatsiyasi.  Sanoat  chiqindi  suvlarning  xosil 
bo’lishi,  xususiyatlari  va  tarkibi,  ularning  suv  xovzalariga  ta’siri.  Gigienik  tavsiyalash  uchun 
sanoat    chiqindi  suvlarning  tekshirish  sxemasi.  Xar  xil  korxokalardan  chiqindi  suvlarning 
chetlashtirish sharoitlari. Sanoat chiqindi suvlarning zarasizlantirish usullari.  
Tuproq muhitini sanitariya muhofazasi 
Tuproqning 
sanitariya 
muxofazasining 
rivojlanish 
tarixi. 
Tuproqning 
asosiy 
xususiyatlarini tariflovchi ko’rsatkichlar, ularning gigienik ahamiyati. Tuproqning epidemiologik 
ahamiyati.  Aholining  salomatligiga  va  yashash  sharoitlariga  tuproqning  ta’siri.  Aholi  yashash 
joylari  tuprogini  ifloslanishini  gigienik  ko’rsatkichlari.  Tuproqning  asosiy  ifloslantiruvchi 
manbalar va ularning gigienik tavsiflari. 
Tuproqning  sanitariya  muxofazasi  bo’yicha  o’tkaziladigan  tadbirlar.  qattiq  maishiy 
chiqindilarning yig’ish, vaqtinchalik saqlash, chetlashtirish, zararsizlantirish va utilizatsiyasi. Bir 
odam  uchun  yig’iladigan  chiqindi    me’yori.  qattiq  maishiy  chiqindini  zararsizlantirish  usullari. 
Sanitariya–texnik  qurilmalari,  ularni  to’zilishi,  jixozlanishi,  saqlanishi.  Qishloq  aholi  turar 
joylarini  sanitariya  tozalash  Gigienik  me’yorlashtirishni  asosiy  nazariyasi  va  amaliyoti. 
Tuproqda  ekzogen  kimyoviy  moddalarni  me’yorlashtirishni  asosiy  tizimlari.  PDUV  va  BOK 
tushunchalari  va  ularni  xisoblash  yo’li  bilan  aniqlash.  qattiq  sanoat  chiqindilarini 
zararsizlantirishni kelajakdagi va ilg’or usullari. Chiqindilarni klassifikatsiyasida ko’llaniladigan 
ko’rsatkichlar.  qattiq  va  suyuq  chiqindilarni  saqlashni, chetlashtirishni  va  ko’mishni  o’ziga  xos 
tomonlari.  
 
Tuproq sanitariya muhofazasi rivojlanish tarixi 
Tuproq  koplamasini  shakllanishida  va    unda  bo’ladigan  o’zgarishlarda  na  faqat  tabiiy 
omillar  balki  aholi  faoliyati  tomonidan  turli  ta’sirlar  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  holat 
ayniqsa aholi turar joy mintaqalarida yaqqol namoyon bo’ladi. Tuproqning asosiy elementlardan 
biri  tirik  mikroorganizmlar  xisoblanadi.  Ular  tuproq  sharoitida    qulay  sharoitlar  bo’lganligi 
uchun  juda  ko’p  xilda  va  miqdorda  uchraydi,ularni  ichida  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgani  – 
mikroblardir.  Ko’p  miqdordagi  kasallik  qo’zg’atuvchi  patogen  mikroorganizmlar  tuproq 
sharoitida  uzoq  muddat  yashovchanlik  xususiyatiga  ega.  Insonlarni  bu  mikroorganizimlar  bilan 
zararlanishi  tuproq  bilan  bevosita  mulokat  natijasida  va    etishtiriladigan  turli  qishloq  xo’jalik 
sabzovotlari orqali, atmosfera yog’inlari tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni yuvib Ochiq suv 
havzalariga tashlashi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. 
 
Aholi  salomatligini  muxofaza  qilish  va  aholi  turar  joy  mintaqalarni  sanitariya  holatini 
yaxshilash  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  omil  insonlar  xaet  faoliyati  natijasida  xosil 

 
14 
bo’ladigan  turli  xil  chiqindilardan  o’z  vaqtida,  to’g’ri,  ilmiy  asoslangan  xolda  tozalash  prinsipi 
etadi.  
 
Chiqindilarni  turli  xildagi  xavfli  infeksiyalarni  va  invaziyalrni  tarqatishdagi  roli 
muhimdir.  Bu  infeksiyalar  qatorida  qorin  tifi,  paratif,  ichburug’,  sil,  kuydirgi  hamda  gelmint 
tuxumlari  juda  ko’p  tarqalgan,  ular  tuproq  sharoitida  kun,  xafta  va  xatto  oylar  davomida  xaet 
faoliyatini saqlagan xolda yashashi mumkin.  
Aholi  turar  joylarini  sanitariya  tozalash  tushunchasi  bu    aholi  salomatligini  saqlash  maqsadida 
xosil bo’laetgan chiqindilarni to’plash, yo’qotish, zarasizlantirish va utilizatsiya qilish  yo’lidagi 
rejalashtiruvchi, tashkiliy, sanitariya, sanitariya-texnik va xo’jalik chora tadbirlarning kompleks 
yig’indisidir. 
Kanalizatsiyani  sanitariya  ahamiyati.  Kanalizatsiyani  epidemiyaga  qarshi  ahamiyati. 
Kanalizatsiyani  turlari    va  tizimlari.  Kanalizatsiyani  sxemasini  va  tizimini  tanlash  uchun 
ko’rsatmalar. Xar xil darajadagi suv ta’minotida ifloslantiruvchilarning konsentratsiyasi. Aloxida 
joylashgan ob’ektlar kanalizatsiyasi. 
                                                      Atmosfera havosi gigienasi 
Atmosfera  havosini  ifloslantiruvchi  manbalar  shartli  ravishda  ikki  guruxga  bo’linadi: 
tabiiy va sun’iy. Tabiiy omillarga kiradi: kosmos va er yuzi changlari, yong’inlar suv toshqinlari, 
vulqonlarni otilishi, bo’ronlar. 
Sun’iy  yoki    antropogen  omillarga:  ishlab  chiqarish  korxonalari,  issiqlik 
elektrostansiyalari,  avtotransport,  qishloq  xo’jaligida  turli  xil  kimyoviy  moddalardan 
foydalanish,  qora  metallurgiya.  Tabiiy  manbalar  miqdori  sun’iy  manbalar  miqdoriga  nisbatan 
ko’pligi  bilan  ajralib  turadi  ammo  su’niy  manbalar  bevosita  inson  faoliyati  natijasida  xosil 
bo’lganligi  tufayli  ular  aholi  turar  joy  mintaqalariga  yaqin  joyda  to’planadi  va  aholi 
salomatligiga  tez  va  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Sun’iy  manbalar  inson  organizmi,  xayvonat  olami 
o’simliklar  dunyosiga  ta’sir  qilish  bilan  birgalikda  butun  er  sharini  tabiiy  muvozanatiga  ham 
o’zining  salbiy  ta’sirini  ko’rsatadi.  Xozirgi  kunga  kelib  bunga  bir  qancha  misollar  keltirish 
mumkin: ozon qatlamidagi tuynuk,  issiq xona effekti, er sharida iqlimning o’zgarishi.  
Havo  –  bir  qancha  turdagi  gazlar  yig’indisidan  iborat  bo’lib  er  sharini  urab  olgan 
qatlamdir.  Havo  tarkibida  uni  doimiy  elementalari  kislorod,  vodorod,  azot  va  inert  gazlar  bilan 
bir qatorda inson faoliyati natijasida xosil bo’ladigan turli xil kimyoviy elementlar ham mavjud.  
Atmosfera havosini ifloslanish muammosi XX asrning ikkinchi yarimida ishlab chiqarish 
korxonalarining  jadal  rifojlanishi,  qishloq  xo’jaligida  turli  zaharli  kimyoviy  birikmalarni  tez 
suratlarda  va  ko’p  miqdorda  foydalanish  natijasida  yuzaga  keldi.  Bu  muammolarga  oxirgi 
yillarda  ayniqsa  avtotransportni  ko’p  miqdorda  atmosfera  havosiga  chiqarilayotgan  chiqindilari 
ham  qo’shildi  chunki  avtotransport  uz  faoliyati  natijasida  ko’p  miqdorda  turli  kimyoviy 
birikmalar,  suyuq  yokilg’ini  yokishi  natijasida    to’liq  va  to’liq  bo’lmagan  yokilg’i  qoldiq 
maxsulotlari ajralib chiqadi. Bu maxsulotlar atmosfera havosida fotokimyoviy jarayon natijasida 
boshqa  moddalar  bilan  reaksiyaga  kirishib  yanada  xavfli  birikmalar  xosil  qilishi  mumkin.  Bu 
muammo  shunisi  bilan  xavfliki  avtotransport  chiqindilari  inson  xaet  kechiradigan mintaqalarga 
yaqin, va inson nafas oladigan balandlikda tashlanadi. 
Shaxar  ko’chalarining  torligi,  ko’p  kavvatli  binolarning  ko’pligi,  yilning  xarorati 
balandligi  avtotransport  chiqindilarini  aholi  yashash  joylariga  yaqinligi  bu  muammoni  yanada 
chuqurlashtiradi. 
Yokilg’i  yokish  natijasida  atmosfera  havosi  ifloslanish  darajasiga  bir  qancha  omillar 
yokilg’ining  turi  va  uning  tipi,  dvigatel  turi  muhim  ahamiyatga  ega.    Asosan  3  turdagi 
yokilg’ilardan  foydalaniladi:  qattiq  (ko’mir),  suyuq  (mazut),  gazsimon  (tabiiy).  qattiq  mineral 
yokilg’ini    enishi  natijasida  to’liq  (uglerod  ikki  oksidi,  suv  buglari,  azot  oksidi,  oltin  gugurt 
oksidi)  va  to’liq  bo’lmagan  (uglerod  oksidi,  kurum)  kabi  moddalar  xosil  bo’ladi.  Mineral 
moddalar  shlak  va  uchuvchi  kul  xosil  qiladi.  Mazutning    to’liq  bo’lmagan  enishi  natijasida 
uglevodorodlar shuningdek uglerod oksidi, azot va oltingugurt oksidi, vannadiy birikmalari xosil 
bo’ladi.  Oltingugurt  oksid  birikmalari  mazut  enishida  xosil  bo’ladigan  xavfli  va  muhim  manba 

 
15 
xisoblanadi. Gigienik nuqtai nazardan eng samarali yokilg’i tabiiy gaz xisoblanadi, ammo uning 
enishi natijasida ham ko’p miqdorda uglevodorodlar xosil bo’ladi. 
 
Avtomobil transporti atmosfera havosini  
ifloslantiruvchi ma’nba sifatida 
 
Avtotransportning  yokilg’i  yokishi  natijasida  ko’p  miqdorda  kimyoviy  birikmalar  xosil 
bo’ladi. Bo’lar asosan yokilg’ini eqilishi natijasida ajralib chiqadigan to’liq va to’liq bo’lmagan 
birikmalardir. Ular ichida gigienik nuqtai nazardan eng ahamiyatli ko’rsatkichlar: uglerod oksidi, 
azot  oksidi,  uglevodorodlar,  aldegidlar,  kurum,  kurgoshin  aerozollari.  Avtotransportdan 
ajralietgan  gazlarning  sifat  va  miqdor  tarkibi  bir  qancha  omillarga  bog’liq:  dvigatel  tipiga 
(benzinli,  dizeli,  gaz  balonli),  uning  to’zilishiga,  quvvatiga,  texnik  holatiga,  foydalaniladigan 
yokilg’i turiga, ish rejimiga. 
 
Avtomobil transportidan 
chiqadigan  ba’zi  zaharli  gazlar  meteorologik  sharoitlarida 
fotokimyoviy  o’zgarishlarga  uchraydi.  Jumladavn  azot  qo’sh  oksidi  parchalanib  azot  oksidiga 
aylanadi, natijada atom xolidagi oksigen xosil bo’ladi. Aldegid va ketonlar esa erkin radikallarni 
paydo  qiladi.  Mazkur  ko’rinishdagi  reatsiyalar  navbatdagi  ikkinchi  reaksiyalar  kelib  chiqishiga 
yordam beradi, okibatta ota zaharli smog xosil bo’ladi. Fotokimyoviy reaksiyalarni kelib chiqish 
mexanizmi  quyidagilardan  iborat:  quyoshning  ultrabinafsha  nuri  ta’sirida  uglevodorodlar  va 
fotooksidantlar  bilan  ifloslangan  atmosfera  havosida  murakkab  fotokiemviy  reaksiyalar  boradi, 
bu reaksiyalar natijasida yangi zaharli hamda kitiklovchi maxsulotlar paydo bo’ladi. Bunda ozon, 
azot ikki oksidi, peroksiatsilin nitratlar, aldegidlar, erkin radikallar. 
 
Sanoat korxonalari atmosfera havosini  
ifloslantiruvchi ma’nba sifatida 
 
Metallurgiya korxonalari atmosfera havosini turli xil chang va gazsimon moddalar bilan 
zararlaydi.  Bunda  mazkur  korxonaning  o’zi  ham  ma’lum  darajada  shu  moddalar  bilan 
ifloslanadi.  Bunga  markaziy  issiqlik  elektrostansiyalari.  TES  inshootlari  ham  kiradi. 
Elektroenergiyasi ishlab chiqaradigan kozonlarda koks, mazut, gaz va toshko’mir kabilar enadi. 
Atmosferaga  tushadigan  gaz  va  changlar  yokilg’ining  kimyoviy  tarkibiga,  yokilg’i  tarkibidagi 
oltingugurt miqdoriga bog’liq  bo’ladi. 
 
Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza  
qilishning umumiy tadbiriy choralari 
Zamonaviy sharoitda atmosfera havosini ifloslanishini kelib chiqishi va rivojlanish shart 
sharoitlari. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarini o’ziga xos i tamoyillari.  Loyixaviy, 
texnologik  va  sanitariya-texnik  tadbirlar.  Atmosfera  iflosliklarini  tarqalish  qonuniyatlari. 
Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchilarning konsentratsiyasi va tarqalishining uzoqliligiga ta’sir 
etuvchi omillar. Avtotransportning ifloslantiruvchilarning o’ziga xos tomonlari, avtotransportda 
ishlatib bo’lingan gazlar takdiri.  
Aholini salomatliligiga va sanitariya maishiy sharoitlariga atmosfera iflosliklarini ta’siri. 
Zaharli  tumanlar  to’g’risida  tushuncha.  Iflosliklarni  o’tkir  va  surunkali  ta’siri.  Salomatlikka 
atmosfera  havosining  iflosliklarini  ta’sirini  o’rganishni  rejalashtirish.  Salomatlikning  premorbit 
holati  (xatar  kelib  chiqishini  oldini  olish).  Havoning  er  yuzasi  kismida  havo  iflosliklarini 
tarqalish qonuniyatlari. PDV tushunchasi. Kimyoviy moddalarning gigienik me’yorlashtirishning 
prinsiplari.  Zararlilik  ko’rsatkichlari.  EKMning  asoslashning  asosiy  prinsiplari.  Zararli 
moddalarni  qo’shilib  (kombinirlashgan)  va  konserogen  ta’siri.  OBUVni  xisoblash  uslublari. 
Zararli  chiqindilardan  atmosferani  muxofazalash  muamollari.  Atmosferani  iflosliklarini 
kamaytirishning  zamonaviy  talablari.  Tekshirishni  o’tkazish  uchun  ko’rsatmalar  tekshirishning 
asosiy bosqichlari. 
 
Sanoat chiqindilarini tozalash sanitariya tadbirlari 

 
16 
Ishlab  texnologiyalarini  ratsionalizatsiya  qilish  tadbirlari,  iqtisodiy  qulayliklardan  kelib 
chiqib  chiqindilarni  qayta  ishlash  tadbirlari,  korxonalardan  chiqayotgan  chiqindilarni  ruxsat 
etilgan  hajmi,  Ishlab  chiqarish  mahsulotlarini  tan  narxini  oshirish  uchun  ratsional  tadbirlarga 
qo’shimcha tadbiriy choralarni amalga oshirish yo’llari, chiqindi tarkibidagi gazlardan tozalash, 
gazdan tozalash inshootlaridan foydalanish muammolari, qo’shimcha tadbiriy choralarni korxona 
uchun iqtisodiy tomondan zararliligi va atmosfera havosini muhofazasida qulayligi. 
Sanoat  chiqindilarini  xalq  xo’jaligi  va  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  unumdorligi,  joylarni 
iqlim  sharoitiga  ta’siri,  atmosfera  musaffoligiga  ta’siri,  hamda  aholi  salomatligiga  va  turmush 
sharoitiga ta’siri.  
 
 
Fizik omillarni aholi turar joylarida gigienik ahamiyati 
Fizik omillarni gigiegnik  ahamiyati. Ishlab chiqarishda joriy etiladigan yangi texnologik 
jarayonlariga qo’yiladigan gigienik talablar, elektroenergiya va radioelektronika, ishlab chiqarish 
jarayonlarini  mexanizatsiyalash,  er  yuza  va  havo  suv  transportlardan  foydalanish,  binolarni  
xo’jalik  va  injener  qurilmalarini  ishlatish,  televideniyaning  keng  kamrovli  rivojlanishi, 
radioaloqa,  radoiolokatsiya,  yuqori  chastotalik  elektromagnit  energiyasidan  foydalanish. 
Shovqining  fizik  va  filiologik  xarakteristikasi.  Shovqin  manbalari  va  ularga  tavsif.  Shovqinni  
inson  organizmga  ta’siri.  Shovqin  darajasini  me’yorlashning  gigienik  ahamiyati.  Shovqindan 
ximoyalashga qaratilgan chora tadbirlar. Shaxar shovqiniga qarshi chora tadbirlar. Atrof muhitni 
shovqindan  ximoyalash  bo’yicha  sanitariya  nazorat.  Vibratsiyaning  fizik  va  fiziologik 
tavsifnomasi.  Vibratsiya  manbalari  va  ularga  tavsif.  Vibratsiyani  inson  organizimiga  ta’siri  va 
uni  me’yorlashtirish  ko’rsatkichlari.  Vibratsiyaga  qarshi  karatilgshan  chora  tadbirlar. 
Elektromagnit  nurlanishning  fizik  tavsifnomasi.    Elektromagnit  nurlanish  manbalari  va  ularga 
tavsif.  Elektromagnit  nurlanishni  inson  organizmiga  ta’siri  va  uni  me’yorlashtirish. 
Elektromagnit nurlanishga qarshi qaratilgan chora tadbirlar majmuasi. 
 
Turar joy binolar gigienasi 
Turar  joy  masalasini  ijtimoiy  ahamiyati,  turar  joylarni  qurilishida  aholi  extiyojini 
qondirish,  uy  joy  gigienasini  asosiy  vazifasi,  uy  joyga  bo’lgan  aholi  talabini  o’rganish,  uy 
joylarni insonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, sog’liqni izdan chiqarmaydigan, yashash sharoitni 
yaxshilaydigan  talabalar,  xar  bir  aholi  punktning  asosiy,  sotsial  gigienik  elementi  bu  turar  joy 
xonadoni ximob lanadi. Xonadonning asosiy vazifasi inson salomatligini muxofazalash va ularni 
noqulay  mikro-  va  makroiqlim  omillaridan  ximoyalash  xisoblanadi.  (sovuk,  issiq,  shamol, 
atmosfera  yog’inlari)  Turar  joy  xonadonining  gigienik  ahamiyati  juda  katta  bo’lib  u  insonlarni 
dam  olish,  uxlash,  kuchni  qayta  to’plash  joyi  bo’lib  xisob  lanadi.  Adabiet  larda  va  statistik 
materiallarda  turar  joy  xonadonining  noqulay  sharoitlari  tufayli  aholi  o’rtasida  turli  xil 
kasallanishlarni  ko’payishi  va  ba’zi  xollarda  xatto  ulim  ham  kuzatilishi  ko’p  bora  yoritilgan. 
Bo’lardan shu ma’lum bo’ladiki turar joy binolari va xonadonlarining ham gigienik ham ijtimoyi 
ahamiyati  juda  katta,  shuning  uchun    turar  joy  xonadonlarini  sharoitini  yaxshilash  uchun  bir 
qator sanitariya gigienik chora tadbirlar me’yorlashtirilgan.  
Jamoat binolar gigienasi 
Respublikamizda  turar  joy  muamollari.  Xonadon,  yashash  seksiyasi,  mexmonxona  eki 
koridor  tipidagi  uy,  etokxona,  mexmonxona,  vaqtinchalik  yashash  joylari  eki  qishloq  yashash 
joylari.  Yashash  joylarini  kurish  uchun  va  joylashtirish  uchun  er  maydonni  tanlashga 
qo’yiladigan  talablar.  Yashash  imoratlarini  ichgi  rejalalashtirishga  qo’yiladigan  talablar.  Turar 
joy  va  jamoat  binolarini  shamollanish  tizimlari.  Yashash  xonalarini  insolyatsiyasini  gigienik 
ahamiyati.  
Yoritilganlikni  gigienik  ahamiyati.  Nur  va  yoritilganldik,  ularni  gigienik  ahamiyati. 
Asosiy  svetotexnik  tushuncha  va  ulchov  birliklari.  Yoritilganlikni  asosiy  fiziologo  –  gigienik 
ahamiyati. Tabiiy va suniy yoritilganlik. 
 

 
17 
Qurilish materiallari va ularga qo’yiladigan 
gigienik talab 
Qurilish  materiallari  va  konstruksiyalariga  qo’yiladigan  talablar  va  ularning  asosiy 
gigienik xususiyatlari. qurilish materiallarini turlari, gigienik talabalarga javob beradigan qurilish 
materiallarini  tanlash  qoidalari,  uy  joylarni  isitish,  shamollatish,  gigienik  meyorlarini  ishlab 
chiqish va loyixalash, qurilish meyorlarini qurilish jarayoniga joriy etish  va uy joy imoratlarini 
loyixa  asosida  qurishga  asoslanish,  qurilish  materiallarini  ijobiy  va  salbiy  ta’siri.  Epik  xanalar 
sharoitlariga  qo’yiladigan  me’yoriy  talaboarni  bajarili  shini  ta’minlash  yo’llari.  Nurlanuvchi  va 
havo orqali isitishni tizimlari va ularning o’ziga xos tamonlari. 
Jamoat  binolarni,  nogiron  va  xarakati  cheklangan  aholi  guruxlari  uchun  muljallangan 
yashash  majmualarini  loyixalashtirishga  qo’yiladigan  gigienik  talablar.  Imoratlarni  kurish  va 
joylashtirish uchun ajratiladigan er maydonlarini tanlashga va ularni o’lchamlariga qo’yiladigan 
talablar.  Ichki  muhitning  yo’l  qo’yiladigan  o’lchamlari.  Imoratlarni  konstuktiv  echimlariga 
qo’yiladigan  talablar.  Kabristonlar,  eyooqxonalar,  mexmonxonalar,  vaqtinchalik  yashash 
binolari. 
 
Davolash profilaktika muassasalari 
Davolash  profilaktika  muassasalarini  oldiga  qo’yilgan  asosiy  vazifasi  davolash  va 
profilaktika  sohasidagi  chora  tadbirlar  tizimini  yaxshilashga  qaratilgan  va  amaliyotda  keng  
foydalaniladigan  kompleks  rejalar  tizimidir.  Kasalxona  gigienasida  joriy  etiladigan  me’yorlar 
patologik jarayonlarga o’zining ijobiy ta’sir etishiga asoslangandir.  Kasalxonada tashkil etilgan 
dori terapiyasi  agarda kasalxonada sog’lom muhit tashkil etilmasa befoydadir.  
Davolash   profilaktika muassasalar gigienasi shu erdagi mexnat sharoitini tibbiy xizmat 
xodimlarini  sog’ligiga  ta’sirini  shu  muassasalarini  qurilish  loyixalarini  o’rganib  ularni  gigienik 
normalarini ishlab chiqadi. 
Davolash  profilaktika  muassasalarining  rejalashtirishni,  obodonlashtirilishini  va 
qurilishini  o’ziga  xos  tomonlari.  Funksional  mintaqalashtirilishi.  Palata  seksiyasi.  Xonalarni 
rejalashtirilishi  va  ichki  jixozlanishi  va  ishlov  berishiga  qo’yiladigan  talablar.  Davolash 
profilaktika  muassasalarining  qabul  bo’limi,  palatalari,  jarroxlik  va  assistentlik  bloklanrining 
gigienik  va  epidemiologik  rejimi.  Sterilizatsiya  xonasiga  qo’yiladigan  talab.  Kir  yuvish  xonasi. 
Davolash  profilaktika  muassasalari  chiqindilarini  tavsifi.  Chiqindilarni  zararsizlantirish  va 
utilizatsiya  usullari.  Chiqindilarni  dezinfeksiya  qilish  tartibi.  Bakteriologik  nazorat  o’tkazishda 
tekshirish  ob’ektlari.  Infeksion  nazorat  o’tkazish  ishlarini  tashkil  qilish.  Dorixonalarni  qurilishi 
uchun  er  tanlash,  rejalashtirish,  hajmini  aniqlash,  aseptik  va  antiseptik  xonalari,  jixozlarga 
qo’yiladigan  talablar,  Dorixonani  joylashtirishga  qo’yiladigan  talablar.  Xonalarning  taklif 
etilaegan tarkibi va maydoni. Dorixona  sharoitida dorilarni tayyorlashga  qo’yiladigan sanitariya 
talablari. Tayyor dorilar bilan savdo kiluvchi dorixonalarning to’zilishiga qo’yiladigan  gigienik 
talablar. Davolash profilaktika muassasalarida ventilyatsiya, havoni kondensionerlash tartibi. 
 
Maishiy xizmat ko’rsatish muassasalar gigienasi 
Kommunal  ob’ektlarni  gigienik  va  epidemiologik  jihatdan  ahamiyati,  Kommunal 
ob’ektlarga kiradigan muassasalari, sartaroshxonalar, kiyimm kechak va uy-ro’zg’or buyumlarini 
kimmyoviy  vositalar  bilan  tozalash  korxonalari  va  boshqalar,  ob’ektlarni  aholi  salomatligini 
himoya  qilishdagi  ahamiyati,  ob’ektlardan  hosil  bo’ladigan  chiqindilar,  ularni  tashqi  muhitga 
ta’siri, ularni aholi turar joylarida qurilishi sanitariya meyorlari, madaniy–oqartuv muassasalar, 
sport  muassasalari.  Kommunal  xizmat  ko’rsatuvchi  muassasalarni  jixozlash,  obodonlashtirish, 
loyixalashtirishga  qo’yiladigan  sanitariya  talablar.  Aholiga    maishiy  xizmat  ko’rsatuvchi 
kompluks  va  maxsus  korxonalar:  maishiy  xizmat  ko’rsatish  uylari,  atelelar,  ustaxonalar, 
fotostudiyalar,  sartaroshxona,  hammom,  kirxona,  kiyimlarni  kimyoviy  qayta  ishlash  punktlari, 
kiyimlarni  buyash  muassasalari.  Xommomning  gigienik  va  epidemiyaga  qarshi  ahamiyati. 
Hammomni  rejalashtirish.  Cho’milish  baseyinlari  va  plyajlar  suvi  sifatiga  qo’yiladigan  talab. 
Kirxona  loyxalashtirishni  o’ziga  xos  xususiyatlari.  Madaniy  okartuv  muassasalarni  jixozlash, 

 
18 
obodonlashtirish  va  loyixalashtirishni  o’ziga  xos  xususiyatlari.  Teatrlar,  kinoteatrlar,  sirk, 
konsert  zallari,  klublar,  ko’rgazma  zali,  kutubxonalar,  oyli  va  o’rta  ta’lim  muassasalari.  Sport 
muassasalarini  jixozlash,    to’zilishi  va  loyxalashtirishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  hamda 
jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shugunlashish  uchun  tashkil  etilgan  joylarning  o’ziga  xos 
tomonlari. 
 
Aholi turar joylarini loyixalashtirish gigienasi 
Shahar  hosil  qiluvchi  omillar.  Aholi  turar  joy  punktlari  uchun  ajratilgan  er  maydonini 
gigienik  asoslash.  Tabiiy  –  iqlimiy    sharoitlarni  gigienik  baholash.  Rayonni  loyxalashtirishni 
gigienik  ahamiyati.  Mikrorayonnning    texnik  iktisodiy  ko’rsatkichlari  (zichligi,  qurilish 
sistemasi,  ko’kalamzorlashtirilishi)  atrof  muhitni  yaxshilash  va  ximoya  qilish  chora  tadbirlari. 
Kurort  rayonlarini rejalashtirish. Aholi turar joylarini rejalashtirish uz oldiga bir qancha muhim 
gigienik  masalalarni qo’yadi bo’lar: aholi turar joylari uchun sog’lom muhitli xududni tanlash, 
to’g’ri  funksional  mintaqalashtirish,  uni  to’g’ri  taqsimlash,  muhim  qurilish  elementlarini 
joylashtirish.  Shaxar  rejasida  ko’chalar  va  ularning  gigiepnik  ahamiyati.  Ko’cha  tarmog’ini 
rejalashtirish  tizimi.  Shaxar  ko’chalari  tavsifi.  Ko’chalarni  ko’kalamzorlashtirish.  Shaxar 
ko’chalari koplamalarining konstruksiyasi.  
 
Aholi turar joylarini mintaqalarga bo’linishi 
Turar  joy  mintaqalarini  funksional  zonalari:  ishlab  chiqarish  zonasi,  turar  joy  zonasi, 
tashqi transport, shaxar oldi xududi, kommunal omborxona. 
Bundan  tashqari  ajratilgan  xududni  obodonlashtirish,  ko’kalamzorlashtirish  va 
sog’lomlashtirishga  qaratilgan  injenerlik  chora  tadbirlarning  belgilash.  Optimal  gigienik 
sharoitlar shu xudutda yashovchi aholi salomatligiga va uning maishiy sharoitlariga o’zini ijobiy 
ta’sirini ko’rsatadi.  Aholi turar joylarini rejalashtirish kommunal gigienaning mustaqil bo’limi. 
Shaxarsozlik  amaliyoti  va  nazariyasini  rivojlanishi  va  loyixalashtirish  gigienasi.  Seliteb 
mintaqasini loyixalashtirishga urbanizatsiyani roli. Shaxarsozlikni rivojlanish tarixining gigienik 
masalalari.  Shaxar  xududining  mintaqalashtirish.  Seliteb  mintaqa.  Turar  kvartallari.  Bolalalar 
muassasalarini joylashtirilishi. Kvartal ichi  xo’jalik maydonlari.  Yashash zichligi va kvartalning 
qurilish foizi. Madaniy maishiy muassasalarining joylashtirilishi.  
 
Shahar hududini ko’kalamzorlashtirishni gigienik ahamiyati 
Turar  joy  kvartallarining  ko’kalamzorlashtirishi.  Yashil  o’simliklarni  xarorat  radiatsion 
rejimga ta’siri. Yashil o’simliklar va havo namligi. Yashil o’simliklarni shamol rejimiga ta’siri. 
Yashil  o’simliklarni  changdan  va  gazdan  ximoya  qilish  xususiyatlari.  Yashil  o’simliklarni 
shovqindan  ximoya  qilish  xususiyati.  Yashil  o’simliklarni  insonning  fiziologik  funksiyalariga 
ta’siri.  Yashil  o’simliklarning  tavsifi.  Yashil  o’simliklarni  shaxar  rejasidagi    joylashishi  va 
me’yorlari.  
 
Qishloq aholi turar joylarini o’ziga xos tomonlari gigienik 
Qishloq  aholi  turar  joy  punktlarni  qayta  tamirlash  ahamiyati.  Qishloq  poselkalarini 
tiplari.  Ishlab  chiqarish  mintaqasini  obodonlashtirish,  rejalashtirish  va  joy  tanlab  olishga 
qo’yiladigan  gigiengik  talablar.  Qishloq  aholi  turar  joy  punktlarida  yashash    uchun  ajratilgan 
xududni  tashkillashtirish  prinsiplari.  Ko’cha  tarmog’i  turlarini  tashkil  qilish.  Magistral 
ko’chalarining  asosiy  toifalari  va  shaxar  rejasida  ko’chalar  holati.  Er  osti  qurilmalari.  Yashil 
o’simliklarning gigienik ahamiyati. Qishloq aholi turar joy punktlarni rejalashtirishning gigienik 
ahamiyati. Qishloq  aholi turar joy punktalarini funksional mintaqalashtirish. Qishloq aholi turar 
joy  punktlarini  obodonlashtirish.  Aholini  transport  shovqinidan,  mikrorayon  ichki  shovqinidan, 
avtotransportning zaharli gazlaridan ximoya qilish chora tadbirlari. Shaxarda shovqining asosiy 
manbalari.  Shaxar  shovqinlarini  oldini  olishga  qaratilgan  chora  tadbirlar  tizimi.  Elektromagnit 
maydonining  fizik  tavsifi.  Elektromagnit  maydonlari  va  ularning  tavsifi.  Ularni  inson 
organizimiga  ta’siri  va  ularni  me’yorlashtirish.  Ximoya  qilish  chora  tadbirlari.  O’simliklarni 

 
19 
ximoya  qilish  moddalarini  ko’llash  va  ishlab  chiqarishga  qo’yiladigan  gigienik  talablar. 
Atmosfera havosini, suvni, tuproqni,  pestitsidlar bilan ifloslanishdan sanitariya muxofaza qilish. 
O’simliklarni  kimyoviy  va  biologik  ximoya  qiluvchi  moddalar,    ularni  qishloq  xo’jaligida 
ishlatilishi, tasnifi, gigienik ahamiyati.   
 
Amaliy  mashg’ulotlarning tashkil etish bo’yicha  
ko’rsatmalar va tavsiyalar 
Amaliy  mashg’ulotlarda  talabalar  atrof  muhit  ob’ektlari  (suv,  tuproq,  havo,  fizik  omillarni  va 
x.o.)  sanitariya  holatini  sanitariya  topografik,  sanitariya  texnik  va  sanitariya  epidemiologik 
tekshirishni  va laboratoriya  tekshiruv  natijalarini interpretatsiya  qilish  yo’li  bilan  gigienik  baho 
berishni o’rganadilar. 
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 
 
1.
 
Talabalar amaliy mashg’ulotlarda nazorat ostidagi ob’ektlarni turini xisobga olgan xolda 
davlat  sanitariya  nazorati  o’tkazishni  reglamentlovchi    va  qonuniy,  direktiv  xujjatlarni 
o’rganadilar.  
2.
 
Gigienik  baholash  uchun  markaziy  suv  ta’minotida  suv  ta’minoti  tarmog’ini  sanitariya 
holati  ustidan  muntazam  nazorat  qilish  usullarini;  suv  manbalarini  tanlash  va  qiyosiy  baholash 
usullari;  sanitariya  ximoya  mintaqasida  sanitariya  tartibini  saqlash  ustidan  nazorat  o’tkazish 
usulini;  ichimlik  suvini  sifatini  laboratoriya  taxlilini;  suvni  sifatini  organoleptik  ko’rsatkichlar 
orqali gigienik baholash; ichimlik suvini sanitariya bakteriologik taxlili (azot uchligini aniqlash, 
xloridlar, sulfatlar, oksidlanishi); sanitariya tekshiruvlari va laboratoriya taxlil (suv sinamalarini 
«o’qish») natijalari orqali gigienik baholash.  
3.
 
Chiqindi  suvlardan  sinama  olish  usullari;  tekshirishni  o’tkazish  tartibi  va  natijalarini 
xisobga olish; chiqindi suv sinimalarini natijalarini «o’qish» usulini; aholi punktlarini sanitariya 
tozalash chizmasini tashkil qilishning gigienik asoslari va baholash usuli.  
4.
 
Sanitariya  ximoya  mintaqasini  chegaralarini  PDVni  xisobga  olgan  xolda  aniqlash usuli; 
atmosfera havosini  asoslanganlik darajasini aniqlash usuli.  
5.
 
Statsiotnar  nazorat  punkti  ma’lumotlar  asosida  gigienik  baholashni  o’rganadilar,  va 
«chang guli» va «gaz guli» chizmalarini tuzishni o’rganadilar.  
6.
 
Ichimlik suvini sifatini nazorat qilish usulini; sanitariya ximoya mintaqasini chegaralarini 
aniqlaydilar:  suv  manbalarini  va  suv  ta’minoti  qurilmalarini  sanitariya  nazorat  usulini:  suv 
manbalari  va  suv  ta’minoti  qurilmalarini  sanitariya  –  texnik,  sanitariya-  topografik,  sanitariya-
bakteriologik  tekshiruvlarini;  ichimlik  suvini  sifatini  aniqlashni,  organoleptik  xususiyatlarini 
ko’rsatkichlarini,  kimyoviy  tarafdan  tarkibini,  zarasizligini,  epidemiologik,  parazitologik  va 
radiatsion xavfsizligini baholash, suvning sifatini yaxshilash usullari,  
7.
 
Sanoat  chiqindi  suvlarini  tavsilotini,  sanoat  chiqindi  suvlarini  va  ularni  chetlatish 
sharoitlarini aniqlaydilar.  
8.
 
Suv  havzalarini  suvini  va  chiqindi  suvlarini  laboratoriya  tekshiruvlarini;  Ochiq  suv 
manbalarini ifloslantiruvchilarni aniqlash va sanitariya tekshiruvlari o’tkazish. 
9.
 
Loyixalar  ekspertizasini,  turar  joy  imoratlarini  na’munali  loyixalarini  ko’rib  chiqish  va 
baholash, loyixalarni turlari, loyxalarni snitariya ekspertizasini o’ziga xos  tamonlari, uy joylarni 
umumjamoat binolarni, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini loyxalarini reglamentlashtirish;  
10.
 
Xlorning  optimal  dozasini  aniqlash,  xlor  oxagida  faol  xlorning  foizlardagi  miqdorini 
aniqlash: sanoat chiqindi suvlarini baholash va chetlatish sharoitlarini aniqlash.  
11.
 
Dare  suvining  organoleptik  xususiyatlari  (xidi,  muallaq  moddalar,  xarorat,  sulfatlar, 
xloridlar, quruq qoldiq va zaharli moddalar miqdori va umumsanitariya  zararlilik ko’rsatkichlari 
(BPK,  erigan  kislorod,  RN)    bo’yicha  chiqindi  suvlarini  suv  havzalariga  tushirishni  xisob  yo’li 
bilan aniqlash. 
12.
 
Tuproqni    tozalik  darajasini  aniqlash.  Sanitariya  ximoya  mintaqasini  tashkil  etishni 
baholash.  

 
20 
13.
 
Ma’muriy  xududdagi  aholini  kasallanishni  xisobga  olish  va  taxlil  qilish,  ularning  kelib 
chiqish  sabablarini  aniqlash  va  manbalarini  yo’qotish  maqsadida  profilaktik  tadbirlar  ishlab 
chiqish. 
14.
 
Ishlab  chiqarish  korxonalarini  sanitariya  holatini  o’rganilinadi,  atmosfera  havosini 
ifloslantiruvchi manbalarini aniqlanadi, korxona atrofida atmosfera havosidan sinamalar olinadi, 
turar joy massivlari havosidan ham sinamalar olinib laboratoriya tekshiruvlari o’tkazilib maxsus 
tarkibi o’rganilinadi.  
15.
 
Madaniy  ommaviy,  sport  tashkilotlari  ob’ektlari  gigien  baholanadi,  rejalashtirilganligi, 
obodonlashtirilganligi va jixozlanganligini o’ziga xos tomonlari o’rganilinadi. 
16.
 
Davolash  profilaktika  muassasalarini  bosh  loyixasini  gigienik  baholash,  somatik 
kasalxonalar  rejalashtirilganligi,  obodonlash-tirilganligi  va  jixozlanganligini  o’ziga  xos 
tamonlari,  bir  urin  uchun  palatalardagi  maydonlarni  me’yorlari,  xar  xil  turdagi  davolash 
profilaktika mutsassasalar loyixalari. 
17.
 
Yuqumlik  kassaliklar  kasalxonasini  tug’ruqxona,  ruxiy  va  sil  kasalliklar  kasalxonasini 
rejalashtirilganligini,  obodonlash-tirilganligini  va  jixozlanganligini  o’ziga  xos  tomonlari,  boks, 
yarimboks va izolyator;  
18.
 
Aholi  yashash  joylarini  funksional  mintaqalariga  bo’linishini  loyixasi,  xududni 
funksional  mintaqalarga  bo’linganligini  bog’lanishi,  maydonini  aloxida  xar  xil  maqsaddagi 
mintaqalarga bo’linganligi; mintaqalarni o’zaro joylashishini gigienik baholash,  
19.
 
Mikronoxiyalarni  va  mavzelarni  loyxalarini 
sanitariya 
bahosi,  insolyatsiyani 
ta’minlanganligi, xududni etarliligini aniqlash, aholi punktlarini rejalashtirishda suv ta’minoti va 
kanalizatsiya  tizimi,  suv  ta’minoti  manbalarini  tanlash,  suvni  texnologik  tayyorlash  yo’lini 
tanlash,  kanalizatsiya  tarmog’i  tizimi,  chiqindi  suvlarni  xosil  bo’lishini  xisoblash  usullari, 
tozalash  texnologiyasini  tanlash,  aholi  yashash  joylarini  rejalashtirishda  tozalash  tizimini  bosh 
loyixasini gigienik ekspertizasi.  
20.
 
Gaz  energiya  ta’minoti,  issiqlik  ta’minoti,  aholi  punktida  laboratoriya  ulchov  asboblari 
yordamida fizik omillarini aniqlanadi.  
21.
 
Aholi  punkti  tuprog’ida  zaharlik  kimyoviy  moddalar  qoldiqlarini  laborator  tekshiruv 
asboblari yordamida aniqlanadi.  
22.
 
DSENM  Kommunal  gigiena  bo’limining  ishini  tashkil  qilishi,  rejalashtirishi,  va  xisob 
kitob xisobotlarini o’ziga xos tamonlari o’rganiladi. DSENM Kommunal gigiena bo’limining ish 
yuritish  xujjatlari.  Kommunal  gigiena  sohasidagi  qonuniy  xujjatlar.  Ish  rejalari,  xisob  kitob 
xujjatlari.  
23.
 
Nazorat  ob’ektlari  qurilishi  uchun  er  maydoni  ajratilganligida  katnashish.  Nazorat 
ob’ektlarini qurilishi, rekonstruksiyasi va kengayishi loyixalarini sanitariya ekspertizasi.  
24.
 
Loyixa  materiallari  ustidan  sanitariya  xulosasini  berish.  Kurish,  qayta  kurish,  va 
kengaytirish davrlarida nazorat o’tkazish.  
25.
 
Qurish rejasini asosan loyixa meteriallariga mos kelishini kurish ishlarini olib borilaetgan 
davrda  nazorat  qilish.  Joriy  sanitariya  nazorati  olib  borishda  vrachning  xukuk  va  burchlari 
o’rganiladi. 
26.
 
Ma’muriy  xududdagi  nazorat  ob’ektlarni  dislokatsiyasi.  Suv  ta’minoti  manbalarini,  suv 
olish  qurilmalarini,  sanitariya  ximoyasi  mintaqasi  ni,  gidrotexnik  qurilmalarni,  suv  tarmog’ini 
sanitariya  tekshiruvdan  o’tkazish  o’rganiladi.  Shu  ma’muriy  xududdagi  suv  havzalarini 
ifloslantiruvchi manbalarni mavzuli sanitariya tekshiruvlari.  
27.
 
Ifloslantiruvchi  manbalarni  aniqlash,  ularni  suv  havzalariga,  suv  istemoliga  va  insonlar 
salomatligiga  ta’sir  o’rganilinadi.  Tuproqni  ifloslantiruvchi  manbalarni  mavzuli  sanitariya 
tekshiruvlarini  urgatish,  laboratoriya  instrumental  tekshirishlarni  ko’llash  bilan  aholi  yashash 
joylarini sanitariya tozalash tizimini baholash. 
28.
 
Atmosfera  havosini  ifloslantiruvchi  manba  bo’lgan  ob’ektlarni  sanitariya  tekshiruvlari. 
Sanoat    sanitariya  korxonalari  chiqndilari  bilan  atmosfera  havosini  ifloslanish  darajasini  va 
xarakterini o’rganadilar.  

 
21 
29.
 
Davolash profilaktika va sog’lomlashtirish tashkilotlari kompleks sanitariya tekshiruvlari; 
somatik kasalxonalar, poliklinikalar, dorixonalar. 
30.
 
Maslaxatxonalar,  dispanserlar,  dam  olish  uylari,  panseonatlarni  sanitariya  tekshiruvlari. 
Etokxonalarni,  mexmonxona,  JEU,  maxalla  kumitalarini  mavzuli  sanitariya  tekshiruvlari, 
sanitariya yashash sharoitlarini o’rganish.  
31.
 
Tabiiy va sun’iy yoritilganlik darajasini, shovqinni, ulchash yo’li bilan gigienik baholash, 
xizmat  ko’rsatish  tashkilotlari;  hammom,  kirxonalar,  sartaroshxonalar,  saunalar,  kosmetika 
xonalar,  tomoshagox  va  okartuv  ob’ektlari,  kinoteatrlbar  sanat  saroylari,  konsert  zallari, 
kurgazmalar, sport fizkultura ob’ektlarini tekshirish.  
32.
 
Stadionlar, sport zallar, so’zish havzalari, bilard klublari; aloxida umumjamoa kommunal 
ob’ektlarini  sanitariya  tekshiruvlari:  avtovokzallar,  shaxar  avtokorxona  shox  bekatlari, 
kabirstonlar,  machitlar,  sanoat  va  maishiy  chiqi  ndilarini  zararsizlantirish  va  utilizatsiya  qilish 
joylarini axlatxonalarini sanitariya okartuv ishlarini usullarini o’rganadilar.  
33.
 
Gigienik tarbiya, sog’lom turmush tarzini urgatish va targib qilish, sanitariya byulletenlar 
chiqarish  uchun  ma’lumotlar  to’plash  ma’ruza  matinlari  va  aholi  o’rtasida,  xizmat  kiluvchilar 
orasida suxbat o’tkazish, sanitariya teshiruv dalolatnomasini tuzish. Sanitariya pasportini tuzish 
va sog’lomlashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish. 
34.
 
Talabalar  ilmiy  izlanish  ishi  uchun  mavzu  tanlash.  Ish  rejasini  tuzish.  Adabietlarni 
qisqacha  sharxi.  Nazorat  mintaqasini  tanlash.  Laboratoriya  o’lchov  asboblari  yordamiyada 
tekshirish usullarini ko’llash bilan atrof muhit ifloslantiruvchi etakchi omillarni asoslab berish. 
 
Amaliy  mashg’ulotlarni  tashkil  etish  bo’yicha  kafedra  professor-o’qituvchilari  tomonidan 
ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan 
bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar echish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik 
va  o’quv  qo’llanmalar  asosida  talabalar  bilimlarini  mustahkamlashga  erishish,  tarqatma 
materiallardan  foydalanish,  ilmiy  maqolalar  va  tezislarni  chop  etish  orqali  talabalar  bilimini 
oshirish,  masalalar  echish,  mavzular  bo’yicha  ko’rgazmali  qurollar  tayyorlash  va  boshqalar 
tavsiya etiladi. 
 
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 
Kommunal gigiena fani bo’yicha laboratoriya ishlari ko’zda tutilmagan. 
 
Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni 
 
Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi 
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 
darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; 

 
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish; 

 
avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 

 
maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari  yoki mavzulari ustida ishlash; 

 
yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish; 

 
talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va 
mavzularni chuqur o’rganish; 

 
faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari; 

 
masofaviy (distansion) ta’lim. 
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 
1. Kommunal gigiena fanini rivojlanishidagi vatandosh olimlarning xissalarini o’rganish;  
2. Atrof muhitni ximoyalash tizimi bo’yicha ilmiy va amaliy xissalar va sifatli markazlashtirilgan 
ichimlik suv bilan ta’minlash;  
3. Suv ta’minotining asosiy manbalari;  

 
22 
4. Suv manbalarini qiyosiy tavsifnomasi;  
5. Sinama koagulyatsiya sxemasini tuzish;  
6.  Chora  tadbirlar    ishlab  chiqish;  ma’muriy  mintaqani  tozalash  chizmasini  mustakil  ravishda 
tuzish:  
7. Qattiq maishitsy chiqindidan sanitariya tozalashning rejasini tuzish;  
8.  Ma’muriy  mintaqada  rejalashtirish  tadbirlarini  gigienik  ahamiyati  va  asoslanishi,  qurilish 
tizimini gigienik baholash;  
9. Ma’muriy mintaqa mavzelarini qurilish tizimini gigienik baholash.  
10. DSENM Kommunal gigiena bo’limi ish rejasini tuzish 
11. OSN bo’yicha DSENM Kommunal gigiena bo’limining ish rejasini tuzish, nazorat  ostidagi 
ob’ektlarni sanitariya tekshiruv dalolatnomasini to’ldirish:  
12. Atrof muhitni ifloslantiruvchi ma’nbalarni mustaqil ravishda sanitariya tavsilotlarini tuzish 
13.  Mustaqil  ravishda  adabiyotlar  asosida  profilaktikaning  yangi  samarali  usullari  va  yo’llari 
bilan tanishish;  
14. Internet tarmog’idan adabiyotlarni yig’ish va xulosa, takliflar tuzishda ulardan foydalanish; 
 
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti 
Mazkur  fanni  o’qitish  jarayonida  ta’limning  zamonaviy  usullari,  pedagogik  va  axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan. 
-  barcha  mavzular  bo’yicha  ma’ruza  mashg’ulotlarida  zamonaviy  kompyuter 
texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalarni; 
-  fanning  barcha  bo’limlariga  tegishli  mavzularida  o’tkaziladigan  amaliy  mashg’ulotlarda aqliy 
hujum, qora quti, o’rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda 
tutiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
23 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 
KOMMUNAL VA MEXNAT GIGIENA KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 6.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling