O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi
Download 6.33 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq va aholi yashash joylarini sanitariya tozalash gigienasi
94 MASALALAR VA MASHQLAR TO”PLAMI Ichimlik suvi va suv ta’minoti gigienasi Vaziyatli masalani echish bo’yicha namuna Marg’ilon shahrining ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tarmog’ini eksplutatsiyaga qabul qilishdan avval tarmoqni mustaxkamligi va jipsligi sinab ko’rildi va uzoq vaqt davomida yuvildi. Shundan so’ng suv tarmog’ini sinovli ishga tushirishga ruxsat berildi. Sinovli ekspluatatsiya qilish jarayonida barcha suv tarmog’i inshootlarining ishlash samaradorligini tekshirish uchun laboratoriya tekshiruvi o’tkazildi. Suv tarmog’idagi ichimlik suvining sifati (qaydnoma №55 01.02.2012 yil) va tarmoqni Davlat qabul qilish xayati tomonidan ishga tushishi mumkinligi to’g’risida xulosa bering. Qaydnoma №55 Suvning sifatini tekshirish I. Suvning organoleptik ko’rsatkichlari 1. xidi 20 °S va 60°S -- ballarda ---- 1 2. ta’mi 20 °S va 60 °S - ballarda ---- 1 3. rangi koboltiy shkala bo’yicha – 25 4. loyqaligi mgG’l -- 1,7 11.Suvning mikrobiologik ko’rsatkichlari 1. Umumiy mikroorganizmlar soni – 175 2. Koli indeks 4 111.Cuvning kimyoviy ko’rsatkichlari 1. Ftor mgG’l -- 1,8 2. Temir mgG’l -- 0,3 3. Sulfatlar mgG’l – 350 MASALANI ECHISH: Marg’ilon shahrining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi suv tarmog’ida suvning sifat ko’rsatkichlari DavST 950-2011 “Ichimlik suvi”da berilgan gigienik talablarga quyidagi ko’rsatkichlar: rangi, loyqaligi, umumiy mikroorganizmlar soni, koli indeks va ftor miqdori bo’yicha javob bermaydi. Taklif: Suvni sifatini gigienik talabga javob berishi uchun suvning koagulyatsiya, samarali zararsizlantirish usuli va ftorsizlantirish o’tkazish kerak. Vaziyatli masala № 1 Qarshi shahrining ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tarmog’ini eksplutatsiyaga qabul qilishdan avval tarmoqni mustaxkamligi va jipsligi sinab ko’rildi va uzoq vaqt davomida yuvildi. Shundan so’ng suv tarmog’ini sinovli ishga tushirishga ruxsat berildi. Sinovli ekspluatatsiya qilish jarayonida barcha suv tarmog’i inshootlarini ishlash samaradorligini tekshirish uchun laboratoriya tekshiruvi o’tkazildi. Suv tarmog’i ichimlik suvining sifati to’g’risida (qaydnoma №20 21.01.2012 yil) va tarmoqni Davlat qabul qilish xay’ati tomonidan ishga tushishi mumkinligi to’g’risida xulosa bering. Qaydnoma №20 Suvning sifatini tekshirish I Suvning organoleptik ko’rsatkichlari 1. xidi 20 °S va 60 °S -- ballarda ---- 2 3. ta’mi 20 °S va 60 °S - ballarda ---- 2 4. rangi koboliviy shkala bo’yicha – 40 5. loyqaligi mgG’l -- 2,0 II. Suvning mikrobiologik ko’rsatkichlari 1. Umumiy mikroorganizmlar soni – 82 2. Koli indeks 7 95 III. Cuvning kimyoviy ko’rsatkichlari 1. Ftor mgG’l -- 0,8 2. Temir mgG’l -- 1,3 3. Sulfatlar mgG’l – 320 Vaziyatli masala: № 2. Angren shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tarmog’ini eksplutatsiyaga qabul qilishdan avval tarmoqning mustaxkamligi va jipsligi sinab ko’rildi va uzoq vaqt davomida yuvildi. Shundan so’ng suv tarmog’ini sinovli ishga tushirishga ruxsat berildi. Sinovli ekspluatatsiya qilish jarayonida barcha suv tarmog’idagi inshootlarini ishlash samaradorligini tekshirish uchun laboratoriya tekshiruvi o’tkazildi. Suv tarmog’i ichimlik suvining sifati to’g’risida (qaydnoma №15 01.02.2012 yil) va tarmoqni Davlat qabul qilish xay’ati tomonidan ishga tushishi mumkinligi to’g’risida xulosa bering. Qaydnoma №15 Suvning sifatini tekshirish I. Suvning organoleptik ko’rsatkichlari 1. xidi 20 °S va 60 °S -- ballarda ---- 2 2. ta’mi 20 °S va 60 °S - ballarda ---- 2 1. rangi koboliviy shkala bo’yicha – 35 2. loykaligi mgG’l -- 3,7 II. Suvning mikrobiologik ko’rsatkichlari 1. Umumiy mikroorganizmlar soni – 115 2. Koli indeks 6 3. Qoldiq xlor - 0 III. Cuvning kimyoviy ko’rsatkichlari 1. Ftor mgG’l -- 1,9 2. Temir mgG’l -- 0,3 3. Sulfatlar mgG’l – 300 Vaziyatli masala № 3 Quyidagi labaratoriya tekshiruvi natijalari asosida ichimlik suvining sifatiga gigienik baho bering. № Ko’rsatkichlar Laboratoriya taxlil natijalari UZDST 950:2011 bo’yicha meyorlar 1. Xidi ,ball 2 2 2. Loyqaligi ,mgG’l 2,0 1,5 3. Xloridlar,mgG’l 300 350 4. Sulfatlar,mgG’l 420 500 5. Ftor,mgG’l 0,7 0,7 6. Temir,mgG’l 0,2 0,3 Vaziyatli masala № 4 Quyidagi labaratoriya tekshiruvi natijalari asosida ichimlik suvining sifatiga gigienik baho bering. № Ko’rsatkichlar Laboratoriya taxlil natijalari UZDST 950:2011 bo’yicha meyorlar 1. Xidi ,ball 3 2 2. Loyqaligi ,mgG’l 3,0 1,5 96 3. Xloridlar,mgG’l 300 350 4. Sulfatlar,mgG’l 520 500 5. Ftor,mgG’l 1,7 0,7 6. Temir,mgG’l 1,2 0,3 Suv havzalarini sanitariya muxofazalash gigienasi Vaziyatli masalani echish bo’yicha namuna «Toshkent» shahrida kimyo zavodi qurilishi rejalashtirildi. Zavod chiqindi suvlari “Salar” daryosiga tushirish mo’ljallangan. Suv havzasini sanitariya nazoratida aniqlanishicha chiqindi suv tushirilishi mo’ljallangan joydan 5 km pastda «Vodil» aholi punkti joylashgan, «Salar» daryosining suvidan madaniy-maishiy maqsadlarda foydalanishadi. 20 km pastda «Yangiyo’l» shahri aholisi suvdan markazlashtirilgan suv ta’minoti uchun foydalanish ko’zda tutilgan. Suv havzasiga chiqindi suvlarni tushirish shart-sharoitlari quyida keltirilgan: Sanitar ekspertiza uchun ma’lumotlar: 1. Chiqindi suvni xosil bo’lish miqdori 0,4 m3 G’ sek 2. Chiqindi suvni sifat ko’rsatkichlari Chiqindi suvni tekshirish qaydnomasi № 21 1. 2009 yil iyul oyining 6- kuni. 2 .Korxonaning nomi - Kimyo korxonasi 3.Sinama- umumiy oqavadan olingan. 4.Sinamaning turi- o’rtacha proporsional 5.Chiqindi suvning xarorati – 18° S 6. Tekshirish- ertalab soat 11:00 da boshlandi. Laboratoriyada tekshirilgan natijalar 1. Chiqindi suvning rangi- qo’ng’ir, 1 ;15 nisbatda, aralashtirilganda 20 sm suv satxida, 1:10 sm suv satxida yo’qoladi. 2. Suzib yuruvchi aralashmalar yo’q. 3. Muallaq moddalar 1050Sda-50mgG’l. 4. Reaksiyasi rN-5.6 5. KBE, to’liq-190mgG’l 6. Qo’rg’oshin 3.5mgG’l 7. Rux-6.0mgG’l 8. Dinitroxlorbenzol-8mgG’l 9. Biologik tekshiruv o’tkazilmagan. Suvning tarkibi va xususiyatlariga asosan suv havzasining sifat ko’rsatkichlari: 1. rN-7.2 2. Erigan kislorod 8.0mgG’l 3. KBE to’liq –1.6mgG’l 4. Muallaq moddalar-1.5mgG’l 5. Rux-0.1mgG’l 6. Qo’rg’oshin-0.01mgG’l Suv havzasining gidrologik tafsiloti. 1. Suv olish joyidan 1km yuqoridan suv havzasini xisobiy suv sarfi: P.V.-60mG’sek I.Ya-80mG’sek 97 2. Aralashishni o’rtacha koeffitsienti 3. 0.14- «Vodil» aholi punktida 4. 0.98- «Yangiyo’l» aholi punktida Masalaning echish: Chiqindi suvni daryoga tushirishdan oldin qanchalik darajada tozalanishi kerakligini aniqlash uchun yaqin oradagi suvdan foydalanish joyida aralashish darajasini aniqlash kerak bo’ladi. Buning uchun aralashishni ta’minlovchi koeffitsientni bilish kerak bo’ladi, bizning holatimiz bu «Vodil» punkti uchun-0.14, shundan kelib chiqib chiqindi suvning aralashishi «Vodil» punktida quyidagicha: Nq 0.14*60Q0.4G’0.4q22 Organoleptik ko’rsatkichlar bo’yicha zararliligini xisoblash 1. Rangini aniqlash uchun chiqindi suvni bizning misolimizda 1:1.5 nisbatida aralashishi kerak edi. Suvdan foydalanish joyida 1:22ga teng. 1. Muallaq moddalarning borligi quyidagi tenglamadan foydalanib aniqlandi: Kchsq(A*QQ1)G’qxKchsQKr Kchs*0.75Q1.5G’0.4q18mgG’l 3.Zararlilikni organoleptik ko’rsatkichlar orqali me’yorlashtirilgan moddalar.Bizning misolimizda bu dinitroxlorbenzol, uning Sr.dq0.5mgG’l Kchsqa*QG’q (K-K1)QKq0.14x60G’0.4*(0.5-0)Q0.5q11mgG’l 2. KBE orqali me’yorlashtirilgan moddalar quyidagi tenglamada aniqlanadi: KBEchsqa*Q (KBEchs-KBEdare) G’ qQKBE Sanitariya toksikologik zararlilik ko’rsatkichlari orqali xisoblash: Chiqindi suv tushirish joyidan pastda «Vodil» aholi punkti borligidan tashqari yana «Yangiyo’l» shaxarchasi joylashgan bo’lib, bu shaxarchani shu daryo suvidan markazlashgan suv ta’minoti uchun suv bilan ta’minlash ko’zda tutilgan. Shuning uchun yana suvni nazorat tekshiruvidan o’tkazib 1toifa talablariga javob berishi aniqlanadi. Chiqindi suvlarni etarli darajada tozalanganligiga ishonch xosil qilish uchun suvdan foydalanish joyidan ya’ni «Yangiyo’l» shaxarchasi oldidan sinama olib suyulish darajasi aniqlanadi. Buning uchun aralashish koeffitsentini bilish kerak, bizning misolimizda «Yangiyo’l» shaxarchasi oldida bu 0.98ga teng. Yuqorida qilingan xisob-kitoblar asosida kimyo korxonasidan ishlab chiqarilgan chiqindi suvni suv havzasiga tushirishni shart-sharoitlarni aniqlab, quyidagi xulosaga kelish mumkin, chiqindi suvni suv havzasiga tushirishdan oldin muallaq moddalarni va organiq moddalardan tozalanishi, so’ngra qo’rg’oshindan tozalab zararsizlantirilishi kerak. Vaziyatli masala № 1 «Boz-su» aerostansiyasini sanitar tekshirish davomida quyidagilar aniqlandi: Toshkent shahrining 5 ta tumanidan xosil bo’ladigan 150000m3xajmdagi xo’jalik-maishiy chiqindi suvlar quyidagi tozalash qurilmalari orqali o’tkazib tozalanadi: panjara, qumtutkich, radial tindirgich, aerotenk va ikkilamchi tindirgich. Chiqindi suvni zararsizlantirish xlor orqali amalga oshiriladi. Xlorning muloqot vaqti 30 minut, chiqindi suvni xlorlashdan so’ng koli indeks 1600-1900, qoldiq xlor 1.2-1.4mgG’l.tozalash sxemasi va zararsizlantirish samaradorligini to’g’ri tanlanganligini gigienik baholang. Vaziyatli masala №2 “Boz-su” aerostansiyasini sanitar tekshiruvdan o’tkazilganda quyidagilar aniqlandi: stansiya Toshkent shahridan xosil bo’ladigan 250000 m3 chiqindi suvni tozalashga mo’ljallangan. 98 Tozalash quyidagi qurilmalar orqali amalga oshiriladi: qumtutkich, radial tindirgich, aerotenk.Chiqindi suvni zararsizlantirish xlor orqali amalga oshiriladi. Xlor bilan suvning muloqot vaqti 30 minut.Suvni xlorlagandan so’nggi koli indeks 700-1000, qoldiq xlor 1,5 mgG’l. Tozalash sxemasini va xlorlash samaradorligini gigienik baholang. Vaziyatli masala №3 “Salar” aerostansiyasiini sanitar tekshiruvdan o’tkazilganda quyidagilar aniqlandi: Stansiyaning kunlik ish kuvvati 750000m3 .Chiqindi suvni tozalash uchun oqava suv quyidagi tozalash qurilmalaridan o’tkaziladi; panjara, qumtutkich, radial tindirgich, aerotenk va ikkilamchi tindirgichlar. Chiqindi suvni zararsizlantirish xlor orqali amalga oshiriladi. Xlor bilan suvning muloqot vaqti 25 daqiqa, koli indeks- 16, qoldiq xlor 1,2- 1,4 mgG’l. Tozalash sxemasini to’g’ri tanlanganligini va zararsizlantirish samaradorligini gigienik baholang. Vaziyatli masala №4 «Sirdaryo» daryosiga «Guliston» shaxar kanalizatsiya oqava va shaxarda joylashgan kimyo sanoat korxonalari oqava suvlari tushiriladi. «Guliston» shahriga kirishdan oldin suv olish joyidan va yaqin orada suvdan foydalanadigan «Paxtaobod» qishlog’ida chiqindi suv tashlanishi joyidan 8 km, joyda suv sinamasi olib tekshirildi, qishloq aholisi suvni ichish maqsadida ishlatmaydi, sinama natijalari quyida keltirilgan: Ifloslanishning asosiy ko’rsatkichlari Mg.l konsentratsiya Kimyoviy moddalarning suvdagi REK Zararli limit ko’rsatkichi «Guliston» shaxri suv olish joyida «Paxtaobod» qishlog’ida Xidi ballarda 2 3 2 KBE 1,5 18 1 toifa 3 2 toifa 6 Anilin 0 0.05 0,1 Sanitar toksikologik Siklogeksan 0 0.2 0.2 Sanitar toksikologik Farmaldegid 0.1 0.4 0.5 Sanitar toksikologik Kaprolaktam 0 0.05 1 Umumsanitar «Sirdaryo» daryosida «Guliston» shaxar suv olish joyida va «Paxtaobod» qishlog’i suvdan foydalanish joyida ifloslanishni toksikologik moddalar bilan va organoleptik xususiyatlari orqali ifloslanganlik darajasini gigienik baholang. Tuproq va aholi yashash joylarini sanitariya tozalash gigienasi Vaziyatli masalani echish bo’yicha namuna 99 Aholisining soni 2500 bo’lgan aholi turar joy mintaqasida xosil bo’layotgan qattiq maishiy chiqindilarni to’planish pavilonlari tashkil etilgan. Bu pavilonlar turar joy binolaridan 200m uzoqlikdagi masofada joylashtirilgan, pavilonlarda vodoprovod va kanalizatsiya tarmog’i mavjud emas. Yig’iladigan qattiq maishiy chiqindilar har 5 kunda “Maxsustrans” korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra olib ketiladi. Shu holat yuzasidan xulosa bering. Masalani echish 1. Sanitar qoida va me’yor 0068-98 bo’yicha aholi turar joy mintaqalaridan xosil bo’ladigan qattiq maishiy chiqindilar yig’iladigan pavilonlar uylardan 50-100 m masofada joylashtirilishi kerak. 2. Qattik maishiy chiqindilarni vaqtincha saqlash pavilonlari pashsha va kemiruvchilar ko’paymasligi uchun sharoit yaratilgan holda, suv tarmog’i va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlangan sharoitda tashkil qilinishi kerak. 3. O’zbekiston Respublikasi to’rtinchi iqlim mintaqasida joylashganligi, bu esa iqlim sharoitining issiqligi tufayli organiq chiqindilarni tezda parchalanishi uchun qulay bo’lganligi uchun qattiq maishiy chiqindilarni xar kuni yoki uzog’i bilan ikki kunda bir marta olib ketilishi kerak. Yuqoridagilarni xisobga olib xulosa qilish mumkinki, qattiq maishiy chiqindilarni yig’ish paviloni sanitariya talablariga javob bermaydi. Vaziyatli masala №1 Aholisining soni 4000 bo’lgan “Bodomzor” mikronoxiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Mikronoxiyadagi serqatnov ko’chalarga qattiq chiqindilarni tashlash uchun tashkil etiladigan o’ralar har 50 metrda 1ta, kam qatnovli ko’chalarda esa har 100 m da 1ta, bozorlarda esa har 250 m.kv. joyga 1ta maxsus idishlar o’rnatish rejalashtirildi. Shu holat yuzasidan xulosa berishingizni so’raymiz. Vaziyatli masala №2 Samarqand shahrining kanalizatsiya qilinmagan qismidan hosil bo’ladigan suyuq chiqindilarni tuproq usulida zararsizlantirish ko’zda tutilgan. Shaharning bu qismida 25000 aholi yashaydi. Zararsizlantirish uchun sanitar texnik talablarga javob beradigan 15 ga er maydoni bor. Bu erga qanday tozalash inshooti qurilishi mumkinligini va SXM ulchamlarini aniqlang. Vaziyatli masala №3 50.000 tomoshabinga mo’ljallangan “Paxtakor” stadionidan hosil bo’ladigan chiqindilarni yig’ish uchun mo’ljallangan urnaning hajmini aniqlang. Vaziyatli masala №4 Turar joy binosi qurish uchun ajratilgan er maydonini sanitariya tekshirishdan o’tkazilganda quyidagilar aniqlanadi: tuproqning yuza 7 sm qismidan olingan sinamada tuproqning g’ovakliligi 90 % ni, kapilyarlik xususiyati esa 70 % ni, Xlebnikov sanitar ko’rsatkichi 0,65 ni tashkil etadi. Tuproqning tarkibi va xususiyatini gigienik baholang. Atmosfera havosi gigienasi Vaziyatli masalani echish bo’yicha namuna O’rta Osiyoda «V» shahri hududida IEM qurilishi mo’ljallandi. Uning havoga chiqaradigan chiqindilarini “”elektrofiltr” yordamida tozalangandan so’ng tarkibi quyidagicha bo’ladi: M chang – 332 gG’sek M O2 – 561 gG’sek M O2 – 1173 gG’sek. 100 Chiqarilayotgan gazning xajmi U1 q980 m3G’sek. Gazning xarorati T2 q1500S: eng issiq kunda tashqi muhit harorati T8 q250S: chiqarish balandligi Nq250 m. Mo’rikondan gazlarni chiqish sharoitini hisobga oladigan o’lcham t q0.6 Belgilangan xududda IEM sini qurilishi mumkinligi va sharoitlari xaqida xulosa bering. IEM sini joylashishi vaziyatli loyixasi ilova qilinadi MqR:100.600 Masalani echish: Ifloslanishning er yuzi maksimal konsentratsiyasini quyidagi tenglama oraqali aniqlaymiz: Sm q A M F 1) Avval “grafikdan «m» topiladi T q0.6 , bo’lganda “ “ “”M “” q 1 2) “”V” ni nomogramma orqali topiladi: T q 380 . 125 q 12 .104 va N q 240 m 3) “”U” ni topish uchun avval “” V”ni nomogramma orqali topamiz. V1 .. Tq1,2 . 104 va N q 240 m “”V” q 2.7 bu xolda “grafik”da “U” q 1 4) «t» - chang uchun q 2 NO2 va SO2 “ “”L” – sibir uchun q 200 Chang Sm q2007 . 32 . 2 . 1 . 7 . 10-7 q 0,0928 m2G’m3 NO2 Cm q200 . 560 . 1 . 1 . 1 . 7 . 10-7 q 0,0785 m2G’m3 SO2 Sm q200 . 1173 . 1.1.1.7.10-7 q 0,164 m2G’m3 II. Bu maksimal konsentratsiyasida ... changa ostidan (fakel) manbadan erga tushish nuqtasining (Xm) masofasida bo’ladi. Xm masofa quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Xm q N . d L ni grafikdan topamiz V q 2,7 va t q 0,6 q 14 Xm q 240 . 14 q 3360 m Bu masofada changni Sm yo’l qo’yiladigan miqdoridan oshmaydi. SO2 va NO2 yig’indi konsentratsiyasi qo’yilish samarasiga ega bo’lib, yo’l qo’yiladigan miqdoridan oshib ketadi: 0,164 Q 0,0785 q1,25 0,5 0,085 Vaziyatli (reja) loyixa asosida qaralganda yaqin oradagi shaharning seliteb mintaqasi 4-5 km da dam olish joyi – 6 kmda «L» «A» qishloqlari esa shundoq manba yonginasida joylashgan. SO2 va NO2ning konsentratsiyasi 5 km uzoqlikda quyidagicha bo’ladi: X Q 5000 q1,48 bunda S1 q 0,3 Xm 3360 ya’ni YQM dan (1) ko’p. 6 km uzoqlikda dam olish joyida: 6000 q 1,78 bunda S1 q 0,85 3360 S6000 q 1,25 0,85 q 1,06 bu xaqida ham YQM dan ko’p, dam olish joyiga 0,8 XULOSA Tanlab olingan er maydoniga IEM qurilishi mumkin emas, chunki amalga oshirilgan xisoblar shuni ko’rsatadiki atmosfera havosini seliteb mintaqasida va dam olish joyida gazlar yig’indisi bilan ifloslanishi, So2 No2 gazlarni REM dan oshib ketishi kuzatiladi. Vaziyatli masala № 1 Turar joy mintaqasidan katta magistral ko’cha o’tgan, uning atrofida yaqin joylashgan ko’p qavatli turar joy imoratlari bor. Bu erda yashovchilar shovqin, chang, gaz ularni bezovta 101 qilishidan shikoyat qildilar. So’rab-surishtirilganda aholining salomatligi yaxshi emasligi aniqlandi, ya’ni ularda bosh aylanishi kuzatilmoqda. Ushbu xududda qanday tekshirishlar o’tkazilishi kerak va bu holatni havoning ifloslanishi bilan bog’liqligini qanday aniqlash mumkin? Vaziyatli masala №2 Aholi turar joyida atmosfera havosini oltingugurt gazi va chang bilan ifloslanish darajasini baholash maqsadida magistral oldi xududdan, 1 chi qator daraxtlar ostidan, imoratlar oldida va mavze ichidan sinama olindi. SO2 ni magistral oldida 5-6 martaba me’yoridan oshganligini, daraxt ostida 3 marotaba, imorat oldida 2 marotaba va mavze ichida 1 marotaba REKdan oshganligi aniqlandi. Vaziyatga baho bering. Vaziyatli masala № 3 Magistral yoqasida qizil chiziqdan qochmagan holda ikkita 12 qavatli imorat joylashgan. Bu imoratlarning biri xarakat intensivligi 2000-2400 avtoG’soat bo’lgan ko’chada, ikkinchisi 500- 800 avtoG’ soat bo’lgan ko’chada joylashgan. Qaysi ko’chada ifloslanish darajasi yuqori bo’lishini tushuntirib bering. Atmosfera havosining ifloslanish darajasi magistralda va 8-12 qavat balandlikda bir-biridan farq qiladimi yoki yo’q. Vaziyatli masala №4 Sanitariya shifokori atmosfera havosini sanitariya muxofazasiga yo’naltirilgan gigienik chora- tadbirlarni baholash jarayonida sanoat korxonasining loyixasini sanitar espertizadan quyidagi ketma-ketlik asosida o’tkazdi. 1. Korxona va uning asosiy hamda qo’shimcha texnologik jarayonlari bilan tanishish. 2. Texnologik chora tadbirlarni kompleks baholash. 3. Atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindi moddalar xisob kitobini to’g’ri amalga oshirilganligi tekshirish. 4. Atmosfera havosida chiqindilarni tarqalish shart sharoitlarini xisoblanganligini tekshirish. 5. Chiqindilarni tozalashni texnologik tizimini baholash. Ishlab chiqarish korxonalari loyixasi sanitar ekspertizasi to’g’ri amalga oshirilganligi yuzasidan xulosa bering. Download 6.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling