O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


 Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak. 
 
Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi 
94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro 
tutashuvini ta’minlashi kerak. 
95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak: 
kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish; 
ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan 
kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash
bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta 
bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik. 
Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta 
strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi. 
Stansiya blokirovkasi 
96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
postlarning poezdlarni qabul qilish va jo’natish hamda stansiyalar ichidagi 
marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish; 
har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi. 
 
Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari 
97. Saralash tepachalarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, tarkiblarni 
tarqatishning hisob (loyihaviy) tezligi bilan uzluksiz, to’xtalishlarsiz va xavfsiz tarqatilishini 


23 
ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu 
tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak. 
Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab 
tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepachaning elektr yoki tepachaning avtomat 
markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak. 
Tepacha markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
strelkalarni individual boshqarishni; 
tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning, 
shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza 
strelkalarining elektr tutashuvini; 
boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni. 
Tepacha markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi 
kerak. 
Strelkalarning tepacha avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni 
ta’minlashi kerak: 
dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish jarayonida 
saralash tepaligining tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish; 
ostryak va ramali rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan 
vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda 
qaytarish; 
tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati. 
Avtomatlashtirilgan saralash tepacha qurilmalari tepacha avtomat markazlashuviga ega 
bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepachalarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni 
ta’minlashi kerak: 
tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish; 
ajratilgan vagonlarni tepachadan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish
tarkibni tarqatish natijalarining nazorati; 
saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling