O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

(79 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son 
ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
 


20 
Avtomatik va yarim avtomatik yo’l blokirovkasi 
 
80. Peregonlar, odatda, yo’l blokirovkasi bilan, ayrim uchastkalarda esa aloqa va 
signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi 
bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Bunda poezdlarning peregon bo’ylab ikki yo’nalishda 
harakatlanishi lokomotiv svetoforlarining signallari bo’yicha amalga oshiriladi. 
81. Avtomatik va yarim avomatik blokirovka qurilmalari ular ajratayotgan blok-uchastka 
(stansiyalararo yoki postlararo peregon) ning harakat tarkibidan bo’shamaguniga qadar chiqish 
va o’tish svetoforining ochilishiga, shuningdek, asosiy elektr ta’minotdan zahiraviysiga yoki 
aksincha o’zgarishlar natijasida svetoforning o’z-o’zidan yopilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 
82. Avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan bir yo’lli peregonlarda
stansiyada chiqish svetofori ochilgandan keyin, ushbu peregonga qarama-qarshi tarafdan poezd 
jo’natish uchun qo’shni stansiyaning chiqish va o’tish svetoforlarini ochish imkoniyati istisno 
qilinishi kerak. 
Xuddi shunday signallarning o’zaro bog’liqligi har bir yo’lda ikki taraflama harakatlanish 
uchun avtomat va yarim avtomat blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli va ko’p yo’lli 
peregonlarda ham bo’lishi kerak. 
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli qo’ymali bir yo’lli uchastkalarda, 
shuningdek, avtoblokirovka ko’rsatkichiga binoan harakat bir yo’nalishda amalga oshiriladigan 
yuk hajmi katta liniyalarning ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonlarida (noto’g’ri yo’l bo’ylab) 
qarama-qarshi yo’nalishda lokomotiv svetofor signallari bo’yicha harakatlanishni ta’minlovchi 
qurilmalar ko’zda tutilishi mumkin. Bu qurilmalar qo’llaniladigan texnik qarorlarga ko’ra doimo 
ishlaydi yoki ta’mirlash, qurilish va tiklash ishlari davrida yoqiladi. 
83. Avtomat blokirovkada barcha svetoforlar ular ajratgan blok-uchastkaga poezdning 
kirib kelganida, shuningdek, ushbu uchastkalarning rels zanjirlari butligi buzilganda avtomat 
ravishda man etish ko’rsatkichini ko’rsatishlari kerak. 
84. Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan uchatskalarda joylashgan stansiyalarda bu 
qurilmalar xo’jalik poezdlari uchun kalit-jezllarga, poezdlarni surish yana orqasiga qaytib 
keluvchi suruvchi lokomotivlar bilan amalga oshiriladigan yarim avtomat blokirovkali 
uchastkalarning stansiyalarida esa – ular uchun ham kalit-jezllarga ega bo’lishi kerak. 
Avtomat blokirovkali bir yo’lli liniyalarda, shuningdek, har bir yo’lda ikki taraflama 
avtoblokirovkali ikki yo’lli peregonlarda, manyovr tarkibning stansiya chegaralaridan tashqariga 
chiqishi mumkin bo’lgan manyovr ishlari amalga oshiriladigan stansiyalarda avtomatik 
blokirovka qurilmalari ularga bog’liq manyovr svetoforlari bilan to’ldiriladi. 
85. Avtomatik va yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan liniyalarda joylashgan 
stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi kerak: 
band yo’l uchun belgilangan marshrutda kirish svetoforining ochilishiga yo’l 
qo’ymaydigan qurilma; 
boshqarish apparatida yo’l va strelkalarning bandligini nazoratini ta’minlovchi 
qurilmalar. 
Yarim avtomatik blokirovkada, stansiyalarda quyidagi qurilmalar bo’lishi mumkin: 
jo’natish marshrutidagi ajratilgan strelka uchastkalarining bo’shlik nazoratini, ularning 
nosozligi tufayli o’chirishga imkon beruvchi
yopilib qolgan svetoforning qayta ochilishini ta’minlovchi, agar poezd amalda undan 
o’tib ketmagan bo’lsa; 
poezdning to’liq tarkibda kelishini avtomat tarzdagi nazoratini ta’minlovchi. 
86. Avtomatik blokirovka avtomatik lokomotiv signalizatsiya va dispetcherlik nazorati 
qurilmalari bilan, yarim avtomatik blokirovka esa yaqinlashish uchastkalarida avtomatik 
lokomotiv signalizatsiya bilan to’ldirilishi kerak. 
87. Poezdlar harakatining dispetcherlik nazorati qurilmalari avtoblokirovka bilan 
jihozlangan uchastkalarda (bir yo’lli peregonlarda) belgilangan harakat yo’nalishi, blok-


21 
uchastkalarning, oraliq stansiyalarda asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarining bandligi, kirish 
va chiqish svetoforlari ko’rsatkichlarining nazoratini ta’minlashi kerak. 
Ushbu bandda sanab o’tilgan talablardan tashqari, yangidan tatbiq etilayotgan 
dispetcherlik nazorati tizimlari SSB qurilmalari texnik holatini nazoratini ta’minlashi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling