Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet21/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Nazorat savollari

  1. Ekologiya fanining tayanch manbaini nima tashkil etadi?

  2. Hayvonlar ekologiyasini o’rganishda nimalar muhim o’rin tutadi?

  3. Populyatsiya miqdor zichligining ortishi qanday holat deb qaraladi?



2-Ma’ruza.
Mavzu: Hayvonlar ekologiyasining qisqacha tarixi.
Reja:
1. Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar paydo bo’lishi.
2. Uyg’onish davrlarigacha hayvonlar ekologiyasining rivollanishi.
3. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning ilmiy tadqiqotlari va ularning ahamiyati.

Insoniyat tarixining ilk davridanoq kishilar hayvonlar hayoti bilan qiziqib ularning xilma xilligiga e’tibor qaratgan Yashash sharoitlari haqidagi tasavvurlarga ega bo’lganlaridan so’ng, domestikatsiya ishlari bilan shug’ullanganlar. Qadimgi odamlarning ov qurollarini topilishi va g’orlardagi sur’atlarini o’rganish yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.


Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi VI-II asrlarga oid Misr, Xitoy, Hindiston va Yunon qo’lyozmalarida uchraydi. Hind epik poemasi “Ramayana” va “Mahabxorat” rivoyatlarida 50 ga yaqin hayvonlarning yashash tarzi, fe’l-atvorlari va miqdori haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. “Bxagvata Parana” kitobida xavfli kasalliklar tarqalishida yovvoyi hayvonlarning ahamiyati yoritilgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning ilk ilmiy asarlarida hayvonlarning turli tumanligi, xulq-atvori baliqlar, qushlarning ko’chib yurishlariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Zoologiya fanining asoschisi eramizdan avvalgi 384-322 yillarda yashagan yunon olimi Aristotel hisoblanadi. U o’z asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi to’g’risidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan. “Hayvonlarning paydo bo’lishi” asarida oldin zoofitlar, keyin hayvonlar rivojlangan, o’z tuzilishiga ega bo’lgandan so’ng, shaxsiy xossa namoyon bo’ladi deb ta’kidlagan. Qadimgi rim tabiatshunosi Gay Pliniy (miloddan so’ng 23-79 yillar) “Tabiat tarixi” asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha hayvonlarni ta’riflab, ularning ekologiyasiga oid kuzatish natijalarini ham bayon etgan.
Uyg’onish davrlarigacha, jumladan, o’rta asrlarda ham zoologiya va ekologiyaning rivojlanishida aytarli siljish bo’lmadi. Faqatgina uyg’onish davridan so’ng, XV-XVI asrlarga kelib tabiiy fanlarni rivojlanishi zoologiyaga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyuk geografik kashfiyotlar (Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqalar) tufayli dunyoning turli mamlakatlarida hayvonlarga oid boy materiallar to’plandi. Shu davrda Shveytsariyalik vrach va naturalist K.Gesnerning (1516-1565) “Hayvonlar tarixi” asari paydo bo’ldi. XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar mavjudotlarning ayrim guruhlarini o’rganishga yo’naltirilgan edi. Karl Linney (1707-1778) tomonidan o’simliklar dunyosining zamonaviy sistematikasiga asos solindi.
J.Byuffon (1702- 1788)ning ishlarida esa, hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi talqin qilindi. O’simlik va hayvonlarning evolyutsion o’zgarishida eng muhim omil tashqi muhit ta’siri ekanligi bilan birga J.B.Lamark (1774- 1829)ning “Zoologiya falsafasi” asarida deistik ma’lumotlarni ham ilgari surdi. K.F.Rule (1814-1858) hayvonlarning yashash tarzi, tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlari va moslanish hisoblarini o’rganish zarurligini keng ’sis etildi. 1930-40 yillarga kelib K.Frideriks, F.Bodengiylar va boshqalarning ekologiyaning umumiy qonuniyatlari tahliliga bag’ishlangan ishlari e’lon qilindi.
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. Uning “Muhit va jamoa” mavzusida Markaziy Osiyo universitetida o’qigan ma’ruzalarida, keyinchalik “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan dastlabki darslik sifatida bosmadan chiqdi va “ekologiya maktabi” shakllandi. 1930-yillarda ekologiyaning yangi bir tarmog’i sifatida populyatsiyalar ekologiyasi yuzaga keldi. Ingliz ekologi Ch. Elton “Hayvonlar ekologiyasi” kitobida populyatsiya ekologiyasining asosiy yo’nalishlari, maqsad va vazifalarini ta’riflab berdi. Populyatsiya ekologiyasiga oid tadqiqotlar ko’lamining kengayishida S.A. Severtsov, S.S. Shvarts, N.P. Naumov, G.A. Viktorov xizmatlari alohida o’rin tutadi. Populyatsiyalarni batafsil o’rganish har bir turning biotsenozdagi o’rni va ahamiyatini talqin etishga imkon berdi. Ushbu yo’nalishda olib borilgan izlanishlarning samarasi sifatida “ekologik tokchalar” kontseptsiyasi yaratildi (J.Grinnel, Ch.T. Elton, R. Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauze). Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlanishida M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslarning qo’shgan hissasi katta bo’ldi. 40-yillarda tabiiy ekotizmlarni o’rganishda yangi, o’ziga xos yo’nalish shakllandi. Ingliz ekologi A.Tensli (1935) ekotizim tushunchasini fanga kiritdi, V.N.Sukachev (1942) esa biogeotsenoz haqidagi ta’limotni asosladi. 50-yillarning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R.Uitekker, R.Margalef va boshqa olimlar biologik mahsuldorligining nazariy asoslarini yaratdilar. Ekotizmlar va biogeotsenozlarni o’rganish borasidagi tadqiqotlarning kengayishi XX asrda biosfera haqidagi ta’limotni vujudga kelishi uchun asos bo’ldi. Bu o’rinda rus olimi V.I.Vernadskiyning xizmatlari beqiyosligi bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda ekologiya eng jadal rivojlanayotgan fanlardan biri, zero, u tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning nazariy asosi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling