Oʻzbekiston respublikasi


Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari


Download 370.07 Kb.
bet24/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil va ularning organizmlariga ta’sir etish yo’nalishlari turlicha bo’lishiga qaramay muhit omillarining mavjudotlarga ta’sir etish nuqtai nazaridan ushbu jarayonlarning umumiy qonuniyatlari farqlanadi.
Optimum qonuni. Har qanday omilning mavjudotlarga bo’lgan ijobiy yoki salbiy ta’siri, uning kuchiga bog’liq bo’ladi. Omilning mavjudot yashashi va rivojlanishi uchun eng qulay miqdor-kuchi optimum chegarasi yoki normal hayot zonasi deb nomlanadi. Optimumdan qanchalik chetga chiqila boshlansa, tur uchun xos bo’lgan yuqori va quyi kritik nuqtalari ta’sir ko’rsata boshlaydi. Omil jadallashuvini ushbu nuqtalardan chetga chiqishi natijasida mavjudot nobud bo’ladi (2-rasm). Kritik nuqtalar chegarasi turning yashovchanlik va moslanuvchanlik darajasini belgilab, uning ekologik valentligini ifodalaydi. Turlar optimum talab darajasi va ekologik valentligi bilan bir-biridan farqlanadi. Masalan, tundradagi oq tulkilar havo haroratining 80oC ga (Q30oC dan – 55OC gacha) qadar bo’lgan o’zgarishlariga moslashgan. Issiq buloqlarda yashovchi Copilia mirabilis qisqichbaqasi suv haroratining 6oC (23oC dan 29oC ga qadar) chegarasidagi o’zgarishlarga chidaydi xolos. Keng ekologik valentlikka ega bo’lgan hayvonlar nomlanishiga “evri” old qo’shimchasi qo’yib aytiladi. Masalan, evriterm, evribiont, evrigidrid, evrigal, evribatlar va boshqalar. Aksincha past ekologik valentlikka ega bo’lganlariga “steno” old qo’shimchasi qo’llaniladi, jumladan: stenobiontlar, stenoterm, stenobat, stenogidrid, stenogallar. Ekologik omilning jadalashuviga bog’liq holda turning chidamlilik chegarasini ifodalovchi sxema quyida ifodalandi.
Turning valentligi ekologik sharoitlari o’zgaruvchan yashash muhitlarini ishg’ol eta olish darajasini ham belgilaydi. Past ekologik valentlikka ega bo’lgan turlar omillarning o’ta chegaralangan darajadagi o’zgarishlariga moslashgan bo’ladi va ularni stenotoplar deb nomlanadi. Agar tur xilma-xil va o’zgaruvchan ekologik sharoitda yashashga moslashgan bo’lsa, ulardagi ekologik valentlik chegarasi bir muncha kengligini bildiradi va bunday hayvonlar evritoplar guruhini tashkil etadi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling