Oʻzbekiston respublikasi


Moslashganlikning xilma-xilligi


Download 370.07 Kb.
bet27/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Moslashganlikning xilma-xilligi. Hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, instinktlari, xatti-harakati xayot sharoitiga moslashib borishi bilan xarakterlanadi. Bir muhitning o‘zida har xil hayvonlar turlicha moslashgan bo‘ladi. Krot oyoqlari bilan yerni kovlaydi, ko‘rsichqon esa boshi va kuchli kurak tishlari bilan yer tagidan yo‘l ochadi. Tyulen kurak oyoqlari, delfin esa dum suzgich kanotlari yordamida suzadi. Har xil moslamalari borligi uchun o‘simliklar chetdan ham changlanadi. Hujayra shirasida konsentrlangan qand eritmasi borligi tufayli qarg‘atuyoq bilan ko‘k pereleskaning bahorgi nozik nihollari noldan past temperaturaga ham chidaydi. Daraxt va butalarning past bo‘yli va mayda bargli bo‘lishi, ildizlarining yuza joylashishi, bahor bilan yozda o‘simliklarning juda tez rivojlanishi, bularning hammasida tundrada hayot kechirishga moslashishning ta’siri bor. Ko‘payish intensivligining har xil bo‘lishi tur, uning populyasiyalari sakllanishiga xizmat qiladigan muhim moslanishdir.
Nasli ko‘plab nobud bo‘ladigan turlar (parazit chuvalchanglar, baliqlarning ko‘p turlari) eng ko‘p sonli nasl bersa, nasl uchun qayg‘urish instinkti rivojlangan turlar kam sonli nasl beradigan bo‘ladi. Kolyushka degan mayda baliq erkagi quradigan uyasiga atigi 120-150 dona uvildiriq tashlaydi, urug‘langan uvildiriq va undan chiqqan chavaq baliqlarni erkagi qo‘riqlaydi. Treska degan baliq esa 4 mln ga yakin uvildiriq tashlaydi, lekin naslini qo‘riqlamaydi.
Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi. Atrof-muhitning konkret sharoitiga murakkab va xilma-xil moslanishlar paydo bo‘lishini Darvin nazariyasi materialistik nuqtai nazardan tushuntirib beradi.
Yashil barglarda yashaydigan biror populyasiyaga mansub qurtlar tanasining himoya rangi qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Ularning ajdodlari boshqa rangda va barglar bilan oziqlanmagan bo‘lishi mumkin. Qandaydir biror hodisa tufayli ular yashil barglar bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan, deb faraz qilaylik. Doim ro‘y berib turadigan mutasiyalar tufayli bu hasharotlar populyasiyalarining rangi bir xil bo‘lmagan, shuning uchun juda ko‘p kurtlar ichida barglar orasida kamrok ko‘zga tashlanadigan och yashil tusli individlar ham bo‘lgan. Yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida asosan och 32 yashil tusli individlar yashab qolgan va nasl qoldirgan. Keyingi avlodlarda bu prosess davom etgan, qurtlar tanasining rangi atrof-muhitning asosiy rangiga tobora ko‘proq moslashib borgan. Mimikriya hosil bo‘lishini ham xuddi shunday tushuntirish mumkin. Tanasining shakli, rangida, xatti-harakatida himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlikni kuchaytiradigan kichik bir irsiy o‘zgarishlari bo‘lgan individlar yashab ketish va nasl qoldirish uchun foydali o‘zgarishlari bo‘lmagan individlarga karaganda ko‘prok imkoniyatga ega bo‘lgan. Foydali o‘zgarishlar yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida avloddan-avlodga kuchayib borib, takomillashgan va himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlik belgilarining to‘planishiga olib kelgan. Har bir moslanish va ularning butun kompleksi bir kancha avlodlardagi yashash uchun kurash va tanlanish prosessida irsiy o‘zgaruvchanlik asosida yuzaga keladi.
Organizmlarning moslashganligi evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlarning mazkur yashash sharoitidagi ta’siri natijasidir. Moslanishlar paydo bo‘lishini tushuntirish uchun Darvin bergan izoh shu masala xususidagi Lamark tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hayvonlar tanasining rangi yoki shaklini o‘zgartirishni «mashq qilgan» va shuning natijasida moslashib olgan, deb taxmin kilib bo‘lmaydi. Organizmlarning bir-biriga o‘zaro moslashganligini, masalan, ishchi asalarilar xartumining ular changlaydigan gul tuzilishiga mos bo‘lishini ham bu bilan tushuntirib bo‘lmaydi: ishchi asalarilar ko‘paymaydi, ona asalarilar esa garchi nasl bersa ham xartumini «mashq qildira olmaydi», chunki ular guldan chang yig‘maydi.
Organizm ularda faqat foydali irsiy o‘zgarishlar paydo bo‘lishi yo‘li bilan bevosita moslashib oladi, degan nazariya pirovard natijada azaldan maqsadga muvofiqlik to‘g‘risidagi tushunchalarga borib taqaladi. Bu nazariyaning idealistik xarakterini Darvinning evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar to‘g‘risidagi ta’limoti asosida ochib berish mumkin.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling