Oʻzbekiston respublikasi


Cheklovchi omillar qoidasi


Download 370.07 Kb.
bet26/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Cheklovchi omillar qoidasi. Muhit omillari hayvonlar uchun qulay sharoitni yaratish bilan birga, ularning yashashini cheklab ham qo’yish mumkin. Turning ekologik spektridagi birgina omilni kritik chegaradan chiqishi uni nobud qiladi. Cheklovchi omillar turning arealini belgilaydi. Turlarning shimolga tomon siljishiga past harorat ta’sir etsa, qurg’oqchil va cho’l mintaqalarida esa namlik va yuqori haroratning ta’siri cheklovchi hisoblanadi. Sebarganing changlanishi va urug’ berishi paxmoq arilarga bog’liq bo’ladi. Dengiz suvi tarkibidagi fosfatlar miqdori ham cheklovchi 30 ahamiyatga ega. Uni me’yorida bo’lishi planktonlarning mo’lligi va mahsuldorligini belgilaydi.
Abiotik omillar va ularga hayvonlarning moslanish xususiyatlari.
Populyasiyalardagi, demak, tur ichidagi individlarning o‘zaro munosabati xilma-xil, murakkab va ziddiyatli bo‘ladi. Pirovard natijada ular populyasiya va turning saqlanib kolishiga xizmat kiladi. Butun populyasiya uchun foydali bo‘lgan turga xos moslanishlar ayrim individlar uchun zararli va ularning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, baliqchi qushlar bolalari juda ko‘payib ketganida ularning bir qismini yo‘qotadi, ya’ni yeb qo‘yadi yoki boshiga urib, yegan ozig‘ini qaytarib chiqarishga majbur etadi, shunda chiqarib tashlangan oziqni tezda voyaga yetgan qushlar yeb ketadi.
Ba’zan chittaklar 1-2 ta bolasini uyasidagi to‘shamaga bosib o‘ldiradi. Bir populyasiya individlari bir-biri bilan bevosita to‘qnash kelmasligiga yordam beradigan bir qancha moslanishlar bor. Masalan, qo‘ng‘ir ayiq daraxtlarni tirnab o‘ziga oziq topadigan joy chegarasini belgilaydi. Bo‘ri o‘zi oziqlanadigan maydonni siydigi bilan belgilaydi. Chittak, qizilto‘shning erkaklari sayrab, o‘zi oziqlanadigan joynn ma’lum qilib turadi. Hayvonlar boshqalar joyining chegarasini buzishdan ehtiyot bo‘ladi.
Bir turdagi hayvonlar populyasiyasida o‘zaro yordam va hamkorlik mavjudligini kuzatish mumkin: naslni birgalashib boqish, tarbiyalash va asrash shular jumlasidandir (masalan, asalari oilalarida, yilqilar podasida). Shunday kilib, tur ichidagi kurash tur individlari serpushtligining kamayishi va bir qismining nobud bo‘lishi bilan birga davom etib boradi. Biroq, bu - umuman olganda, turning yashash muxitiga, shu kurashni keltirib chiqaradigan faktorlarga ko‘proq moslanish tomonga qarab avlodlar davomida takomillashib borishiga yordam beradi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling