Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet23/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Nazohat savollari:

  1. O’zbekistonda ekologik tadqiqotlar qachondan boshlab jadal rivojlana bordi?

  2. O’zbekiston zoologlari “Hayvonot olamini qo’riqlash va ulardan oqilona foydalanish” dasturi bo’yicha nima ishlarni amalga oshirdia?

  3. Markaziy Osiyo olimlarining tabiat va ekologiyaga oid fikrlari.



3-Ma’ruza.
Mavzu: Autoekologiya. Hayvonlarning yashash muhitlari va moslanishlar.
Reja:
1.Yashsash muhitlari to’g’risida tushuncha.
2. Muhit omillarining ta’sir etishini umumiy qonuniyatlari
3. Abiotik omillar va ularga hayvonlarning moslanish xususiyatlari.
4. Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi.

Hayvonlarning yashash muhitlari hilma-xil bo’lib, undagi shartsharoitlar o’ziga xos va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Barcha mavjudotlar kabi hayvonlar ham nafaqat o’zaro, balki muhit omillari bilan doimiy mustahkam aloqada bo’ladi. Hayvonlar hayoti davomida muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashib boradi, va o’zining hayotiy jarayonlarini muvofiqlashtiradi.


Hayvonlar shart-sharoitlari bilan keskin farqlanadigan to’rt xil yashash muhitida tarqalgan. Ular dastlab suvda, keyinchalik quruqlik va havoda yashashga moslashgan, sekin asta tuproqni ham egallagan, ma’lum bir guruhlari esa, organizm tanasida parazitlikka yoki simbiotik hayot kechirishga ixtisoslashgan. Hayvonlarning muhit omillariga moslanishi ularning adaptatsiyasi deb nomlanadi. Adaptatsiya tiriklik uchun xos bo’lgan murakkab xususiyatlardan biri. Uning mahsuli sifatida hayvonlarning yashovchanligi ko’payishi va rivojlanishlari turli darajada yuzalanadi. Adaptatsiya hujayra darajasidan boshlab, hayvonlarning fe’l-atvorida, jamoalar, ekosistemalarning shakllanishi va barqarorligida o’z ifodasini topadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar adaptatsiya xususiyatlari yuzalanibgina qolmay, balki u o’zgarib ham boradi. Organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning bir qismi yoki xususiyati ekologik omillar deb nomlanadi.
Ekologik omillar turlicha bo’lishi va ular organizmlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Ularga, 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillarni kiritish mumkin. Abiotik omillarga yorug’lik, harorat, namlik, iqlim joyining rel’efi, tuproqning mexanik, kimyoviy va fizik xossalari, radioaktiv nurlanish, bosim, suvning sho’rlanganligi, shamol va oqim kiradi. Bularning barchasi hayvonlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ta’sir etadi. Biotik omillar barcha mavjudotlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar va o’zaro aloqalarning majmuidir (mutualizm, parazitizm, kommensalizm va 26 boshq.).
Har bir oranizmga boshqa mavjudotlar bevosita va bilvosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Organizmlar o’rtasidagi biotik munosabatlar biotsenoz va populyatsiyalarning barqarorligini ta’minlovchi eng asosiy omil hisoblanadi. Antropogen omil – inson faoliyatining barcha yo’nalishidagi ko’rinishi. Insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida tabiatga o’zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o’tkazib kelgan. Bu jarayon keyingi yuz yillikda kuchayib borib, tabiatning butunlay o’zgarishiga sabab bo’ldi.
Hozirgi kunda zamin tabiati, o’simlik va hayvonot dunyosining taqdiri kishilik jamiyati – antropik omil faoliyatiga bog’lanib qolgan. Alohida olingan omilning har biri turli hayvonlarga o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kuchli shamol ochiqlikda yashovchi yirik hayvonlarga noqulaylik tug’dirsa-da, lekin uning kuchi uyalarida yashirinib yotgan mayda jonivorlar uchun umuman sezilarsiz bo’lishi mumkin. Qator omillar uzoq davr mobaynida o’zgarmaslik xususiyatiga ega. Jumladan, erning tortishish kuchi, quyosh, dengiz va okeanlarning tuz tarkibi, atmosfera xossasi turlarning uzoq muddatli tarixiy-evolyutsion jarayonida ham nisbatan doimiylik xususiyatini saqlab qolgan. Harorat, namlik, yorug’lik kuchi, yong’inlar, shamol kabi omillar esa vaqt va fazoda o’zgarishda bo’ladi. Har bir omilning o’zgaruvchanlik darajasi hayvonlarning yashash muhitiga bog’liq. Masalan; harorat kuchi quruqlikda o’zgarib tursada, okean va dengizlar tubi, g’orlarda deyarli o’zgarmaydi. Parazitlar uchun xo’jayin organizmi kafolatli ozuqa manba hisoblansa, yirtqichlar hayoti, aksariyat hollarda miqdor zichligiga bog’liq bo’ladi.
Muhit sutkalik, mavsumiy obhavoning o’zgaruvchanligi, shuningdek, tabiiy ofatlar – bo’ron, er silkinishlari va siljishlari, suv toshqinlari natijasida muhit omillari kutilmagan holda tartibsiz o’zgaradi. Muhit omillari ma’lum vaqt davomida, ba’zida uzoq davr mobaynida ma’lum yo’nalishdagi o’zgarishda bo’ladi. Jumladan, keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid ulushi ortib bormoqda, natijada Er yuzasining harorati 100 yil ichida 0,5-10C ga ortdi. Ushbu holat shu zaylda davom etsa, XX asrga kelib, bu ko’rsatkich yana 1,5-4,50S ga ko’tarilishi mumkin. Muhit omillari hayvonlarga qo’zg’atuvchi, chegaralovchi, muvofiqlashtiruvchi va ogohlantiruvchi kuch sifatida o’z ta’sirini o’tkazadi. Muhit natijasida hayvonlar organizmida borayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar sharoitga mos 27 ravishda o’zgarib bir maromda mutanosiblashadi.
Omillarning chegaralovchanlik kuchi ayni sharoitda hayvonlar yashashi uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Hayvonlardagi anatomik va morfologik moslanishlar muhit omillarining muvofiqlashtiruvchi modifikatsiyalovchi ta’sirining mahsulidir. U yoki bu omil signal sifatida boshqa omillarning o’zgarishidan darak beradi, ogohlantiradi.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling