O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

MATERIALLAR VA METODLAR
Sekulyarlashuv jarayonlari turli adabiyotlarda modernizatsiya nomi ostida
jadallik bilan tarqalib borar ekan mazkur holat unga bo'lgan munosabatlarni
shakllantirishi taqazo etdi. Islomiy konservativ qarash tarafdorlari va ba'zi
radikal guruh vakillari doimo shariatni barcha jabhalarni o'z ichiga qamrab


100
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
olgan zamon va makon tanlamaydigan tizim sifatida mutlaqlashtirib,
demokratik tuzumning har qanday shakli va ko'rinishini rad etadilar. Xususan,
Muhammad Rashod Abdulaziz o'z asarida Ibn Xaldun, G'azzoliy va Faxriddin
Roziylarning din va dunyo bir butunligi haqidagi fikrlarini keltirib, quyidagicha
xulosa qiladi: “Shunday ekan, islom din va dunyo hamda davlat va qonunlarni
o'z ichiga olgan mukammal tuzum va keng qamrovli universal falsafadir”
[Muhammad Roshid Abdulaziz. 2010. – 226 s.]. U o'z fikrini Karlo Alfonso
Nallino, Emil Dyurkgeym, Robert Jorj kabi G'arb olimlarining islom va
siyosat haqidagi mulohazalari bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Biroq muallif
tomonidan “mukammal va universal” deb ta'riflangan ta'limot nima uchun
davlat boshqaruvi borasidagi zamonaviy me'yorlarga moslashayotgani
izohlanmagan.
Shuningdek, Yusuf Qarzoviy ham sekulyarizatsiyani Qur'on ko'rsatmalariga
zid ekanligini quyidagicha bayon etdi: “Islom aqida, shariat va mukammal
hayotiy dasturni o'zida mujassam etadi. Shu tufayli sekulyarlikni qabul qilish
Allohning shariatini uloqtirish, uning hukmlaridan yuz burish, uni zamonga
nomuvofiqlikda gumon qilishga olib keladi va insonlar o'z aqliy salohiyatlari
bilan turli qonunlar ishlab chiqaradi. Go'yoki o'z aqllarini Allohning ilmidan,
chegaralangan malakalarini uning hidoyatidan ustun hisoblaydilar: “Sizlar
bilimdonroqmi yoki Allohmi?” [ Qarzoviy Y. 1971. – 18 s.] . Yangi voqea va
jarayonlarni sifat va maqsad ko'rsatkichlaridan qat'iy nazar yod unsur (bid'at)
sifatida baholash odatiy konservativ qarashlarining ifodasi ekanini inobatga
olsak Y. Qarzoviyning bunday qarashi uning an'anaviylik tarafdorlaridan biri
ekanini anglatadi. Biroq sekulyarizatsiya borasida muqobil fikr egalari bo'lgan
musulmon ziyolilari ham mavjud. Xususan Sh. Nobulusiy, Y. Qarzoviy va
boshqa konservativ qarash tarafdorlarining sekulyarizatsiya borasidagi bir
yoqlama munosabatlarini tanqid qildi. U “Biz dunyoviy siyosiy islohotni
tanlar ekanmiz, uni tashqaridan emas, islomning ichidan izlash lozim.
Sekulyarizatsiya – islohotlarga yuz tutish. Birinchi dunyoviy xalifa Muoviya
ibn Abu Sufyon joriy qilgan islomiy sekulyarlikdan boshqa yo'l yo'q” [Noblusiy
Sh. 2006. – 2 s.], deb ta'kidladi. Olim mazkur fikri bilan islomdagi
sekulyarizatsiya jarayonlari Ummaviylar davridan boshlanganiga ishora qildi.
Bizning fikrimizcha, Ummaviylar davrida diniy qoidalarga asoslanmagan
holda amalga oshirilgan islohotlarni sekulyarizatsiya, deb nomlash noo'rin.
Ammo mazkur hodisa islom o'zining muqaddas manbalarida keltirilmagan
barcha yangiliklarga qarshi, degan mulohazani inkor etish uchun dalil bo'ladi.
Pokistonlik islomshunos Taqiy Usmoniy islomning sekulyarizatsiyaga
munosabatini tahlil qilib quyidagi mulohazani bildiradi: “Muxtasar qilib
aytganda, sekulyar ong, tom ma'noda, yaxshi va yomonni ajrata olmaydi.
Shunday ekan, inson xudoning yo'li va u yuborgan vahiyga ergashishi lozim.



Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling