O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

99
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
âàíèå, ïðàâà ÷åëîâåêà, òðàäèöèîííûå âçãëÿäû, íåãàòèâíûå ñòåðåî-
òèïû, ïàí÷à øèëà.
KIRISH
Islom dini insoniyat tarixidagi nisbatan yosh din bo’lsa-da, u o’zining
qamrovi, g’oyalarining kengligi bilan boshqa konfessiyalardan farq qiladi.
Xususan, mazkur ta’limotda dunyoviylik va diniylikka oid masalalar doimo
ijtimoiy hayotning muhim markaziy masalalardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Islomning asosiy manbalarida keltirilgan dunyoviylik va diniylik borasidagi
qarashlar o’ziga xos tarzda XX asrga qadar yaxlit yondashuv sifatida
shakllangani bilan alohida e’tiborga molik. Biroq XX asrning dastlabki choragida
sodir bo’lgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy yangilik va islohotlar
an’anaviy qarashlarga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Bunday o’zgarishlar islom
ta’limotidagi diniylik va dunyoviylik muvozanati va mutanosibligi borasida
turli fikr va qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Natijada, yangi me’yorlar
va an’anaviy qarash tarafdorlari o’rtasida Sharq musulmon jamiyatlarining
kelajagiga bevosita daxldor masalalar yuzasidan bahs-munozaralar kuchaydi.
Bunday vaziyatda din va sekulyarlashuv jaryonining turli talqinlari musulmon
jamiyatlari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari dunyoviylik va diniylik mutanosibligi borasida: “Àlbatta,
biz o’z diniy qadriyatlarimizni ulug’lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi
yuksak texnologiyalar asrida mustahkam, iymon-e’tiqod bilan birga zamonaviy
ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar
sohasidagi yutuqlarni chuqur o’zlashtirish, yoshlarimizni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning
eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz” [Mirziyoyev Sh. 2018. – 483
b.], deb ta`kidlagan. Darhaqiqat, bugungi kunda umuminsoniy qadriyatlar
va zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali va o’rinli foydalanish ijtimoiy-
madaniy taraqqiyotning bosh mezoni bo’lib qolmoqda.
Shunday bo`lsada, qadriyatlar va ilm-fan yutuqlarining mutanosibligi
musulmon jamiyatlari hayotida bir xil talqinga ega emas. Shu nuqtai nazardan
musulmon jamiyatlari hayotida modernizatsiya jarayonini an`anaviy
dunyoqarashni o`zgartirishga yo`naltirilgan sekulyar jarayonni tadqiq etish
alohida qimmatga ega.

Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling