O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

MUHOKAMA VA NATIJALAR
XX asr boshlarida musulmon jamiyatlariga G'arb madaniyati ta'sirida
dunyoviylikka parallel tushuncha sifati kirib kelgan “sekulyarizatsiya” so'nggi
ikki asrda islom olamida turli qarama-qarshi fikrlar shakllanishiga zamin yaratdi.
Ta'kidlash lozimki, mazkur atamaning arab, fors, turk, indonez, urdu,
o'zbek kabi tillarda aynan ma'nosini ifodalovchi so'z mavjud emas. Bu esa uning
mazmunini aniqlashda murakkabliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, Qur'onda
mazkur atamaga ma'no jihatdan yaqin bo'lgan “dahr” so'zi qo'llanilgan
bo'lishiga qaramay keyinroq mazkur so'z semantik evolyutsiya natijasida


102
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
materializm va atezim tushunchalariga aynanlashtirib talqin etilganini ta'kidlash
joiz.
Sekulyarizatsiya so'zi fors tiliga (sekular), indonez tilida
“sekularisasi”(sekularisasi) va urdu tilida (sekularaizeshn) shaklida ingliz
tilidan o'zlashtirilgan bo'lsa, mazkur atamaning sinonimi bo'lgan “laitsizm”
so'zi turkcha “Laiklestirme”(laikleshtirme) shaklida iste'molga kirdi. O'rta
Osiyo va Kavkaz xalqlari tillariga esa mazkur atamaning rus tilidagi shakli
joriy etildi. Faqat arab va hind tillari G'arb tillaridan o'zlashtirma olmadi.
Ba'zilar arab tilshunoslari esa “sekulyarizatsiya” atamasiga ma'nodosh sifatida
“dinsizlik”, “aksildiniy” ma'nolarini ifoda etuvchi la diniya so'zini qo'llashni
ma'qul topdi [Lewis B. 1988. – 17 p.]. Keyingi neologizm mazkur
tushunchani arab tilida ba'zan “ilm” so'zidan nisbiy sifatdosh yasalib “ilmiy”
shaklida, ayrim hollarda “olam” so'zidan kelib chiqib “olamga daxldor”
tarzida umumiste'moldagi so'zlarga aylandi. Ayni paytda, sekulyarizatsiyaning
dinga nisbatan ziddiyatli deb baholanishi keskin muxolif qarashlarga sabab
bo'ldi. Oqibatda sekulyarizatsiya tarafdori bo'lish islomdan voz kechish,
nafaqat e'tiqod, balki axloqiy me'yorlarni ham butunlay rad etish tarzida
talqin etildi [Hashemi N. 2009. – 162 p.]. Ta'kidlash joizki, ko'p hollarda
muayyan atama bir tildan boshqa tilga to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtirilmasdan
mavjud til bazaviy imkoniyatlari doirasida unga yaqin so'z bilan ifodalansa,
u hech qachon aynan birlamchi ma'noni ifoda etmaydi va qator
tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi.
Musulmon jamiyatida sekuyarizatsiyani qabul qilishdagi muammo faqatgina
atamaning etimologiyasi va tarjimasi bilan bog'liq emas. Sekulyarizatsiyaga
nisbatan XX asr boshlarida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar u davrda Sharq
musulmon jamiyatlarining sekulyarizatsiyaning mohiyati, u joriy bo'lgan
hududlarda dinning o'rni va roli borasida yetarli tasavvurga ega emasligi,
dunyoviylik va dahriylik o'rtasidagi farqdan bexabarligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, o'sha davrda G'arb mustamlakachi davlatlarining sekulyarizatsiya
tarafdori ekanligi musulmon jamiyatlarini mazkur fenomenga nisbatan qarshi
chiqishi uchun alohida omil bo'lganini ham ta'kidlash lozim. Umuman
olganda, sekulyarizatsiyaning, asosan, xristianlik dini tarqalgan Yevropa va
Shimoliy Amerika mintaqalarida voqelikka aylanishi va sekulyar jamiyat
elementlarining musulmon jamiyatlari hayotiga kirib kelishi o'ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turishini ham alohida ta'kidlash joiz.
Tahlillar islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'p bo'lgan mamlakatlarda
sekulyarizatsiya jarayoni aholisi boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi jamiyatlarga
nisbatan murakkab kechganini ko'rsatadi. Islomga xos qadriyatlarni
musulmonlar hayotiga chuqur singib ketgani musulmon jamiyatlarining
dunyoviylashish masalasiga ehtiyotkor munosabatda bo'lishini talab etdi. Shu



Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling