Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
Download 445.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523
103
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021 bois, dastavval, sekulyarizatsiya aksariyat musulmon jamiyatlarida islomlashuvga qarama-qarshi qo'yildi. Dunyoviylik tarafdorlari esa islomga zid siyosiy va ijtimoiy qadriyatlarni joriy qilishga harakat qiluvchi jamoa sifatida baholanadi. Bir tomondan, jamiyatda din ta'sirining saqlanishi tarafdori bo'lgan ba'zi ulamolar sekulyarizatsiyani tanqid qilgan bo'lsalar, boshqa tomondan, ayrim musulmon ziyolilari sekulyarizatsiyani islomga zid jarayon sifatida baholamasliklarini bildirdi. XX asrda ro'y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar natijasida aksariyat mamlakatlar boshqaruv tizimiga sekulyar g'oyalarning joriy etilishi, madaniyatlararo muloqotning intensivlashuvi ta'sirida musulmon dunyosida davlat va jamiyat boshqaruvining etnik va diniy o'ziga xos xususiyatlari kuzatildi. Mazkur g'oyalarga turlicha munosabat va tatbiq etilishdagi ayrim ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra, arab, fors, turk, hind, malay, g'arbiy hamda ekvatorial Afrika, Bolqon, Kavkazning yirik musulmon jamoalarida modernizatsiya jarayoni notekis rivojlandi. Ma'lumki, dunyo mamlakatlari taraqqiyot tajribasida yagona modernizatsiya nazariyasi mavjud emas. Shunday bo'lsa-da, davlat va jamiyat boshqaruv tizimini modernizatsiyalash taraqqiyotning mavjud yagona yo'li bo'lib qolmoqda. Umumiy ma'noda, musulmon jamiyatlarining yangi standartlarni qabul qilishi davlatning islohotlarga bo'lgan ehtiyoji va jamiyatning mazkur yangiliklarni qabul qilishi bilan bevosita bog'liq. Birinchi jahon urushidan so'ng barcha musulmon jamiyatlarida asta-sekin modernizatsiyalashuv jarayonlari kuzatildi. 1924 yil 3 martda rasman Usmoniy xalifaligi bekor qilinishi va Turkiya Respublikasi tashkil etilgandan so'ng K.Otaturk mamlakatda siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy islohotlarni amalga oshirib, musulmon dunyosida diniy qoidalar mutlaqo inobatga olinmagan dastlabki dunyoviy davlatga asos soldi [Yildiz.A. 2007. 39 p.] Shuningdek, modernizatsiya asosidagi sekulyarlashuv Eronda pahlaviylar sulolasi davrida kuzatildi. Shaxinshoh Rizo Pahlaviy bu yo'l bilan K.Otaturkning sekulyar islohotlarini takrorladi [Rafiq Abdussalom 2008. 87 b.] Keyinroq bunday islohotlar arab dunyosi Misrda Nosiriylik, Suriyada Ba's harakatlari misolida namoyon bo'ldi. 1922 yilgi SSSRni tashkil etish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq, mazkur davlat tarkibidagi O'rta Osiyo va Kavkaz musulmonlari istiqomat qilgan hududlarda 1936 yilga qadar yangi respublikalar tashkil etilib, ular dunyoviy tartiblar va ateistik mafkura asosida boshqariladigan bo'ldi. Ikkinchi Jahon urushidan so'ng mazkur mamlakatlarning aksariyatida demokratik va progressiv islohotlar o'tkazildi. Urush nihoyasiga yetgandan so'ng Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Bangladesh kabi musulmonlar zich yashaydigan davlatlar mustaqillikka erishdi va ularda sekulyar tamoyillar asosidagi boshqaruv joriy etildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling