Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
Download 445.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIBLIOGRAFIYA
106
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021 nazariy jihatdan sekulyarizatsiyani islomga zid jarayon sifatida baholadilar. Ayrim musulmonlar ziyolilari sekulyarizatsiya jarayonining islom bilan qisman murosa qilishi tarafdori bo'lib, u faqat siyosat va ilm-fan doirasida amal qilishi lozim, deb hisoblaydilar. Uchinchi toifa vakillari islom ko'rsatmalarini barcha insonlar bo'ysunishi shart bo'lgan nizom sifatida e'tirof etmaganlari bois, musulmonlarni e'tiqod va diniy amaliyotlariga monelik ko'rsatmaydigan sekulyarizatsiyani davlat va jamiyat ravnaqi yo'lidagi islohot sifatida to'la qo'llab- quvvatlaydilar. Ikkinchidan, musulmonlar tomonidan sekulyarizatsiyani islomga zid jarayon sifatida talqin etilishining bir qancha ob'ektiv sabablari mavjud. XIX XX asrlarda ko'plab Sharq musulmon davlatlarining mustamlakaga aylanishi, sekulyarizatsiya g'oyasi xristian jamiyatiga xos ekani, dastlabki sekulyarlashgan davlatlar (Turkiya, Eron va SSSR tarkibidagi Respublikalar) siyosatini mazkur jarayonning bosh mezoni bo'lgan vijdon erkinligiga mutlaqo rioya etmasligi, G'arb madaniyatida kuzatilgan turli illatlarga sekulyarizatsiyani bosh sabab sifatida ko'rsatilishi, shuningdek, ayrim diniy ulamolarning sub'ektiv qarashlari dunyoviylik to'g'risida salbiy stereotiplar shakllanishini keltirib chiqardi. Uchinchidan, sekulyarizatsiya inson qadr-qimmatining tengligi va vijdon erkinligidan iborat ikki muhim tamoyilga asoslanadi. Uni harakatga keltiruvchi ikki mexanizmdan, birinchisi, davlatni diniy tashkilotdan ajratishni, ikkinchisi, davlatning dinlarga nisbatan betarafligini ta'minlashda namoyon bo'ladi. Shu nuqtai nazardan, sekulyar xarakterdagi davlat fuqarolarning vijdon erkinligini himoya qiladi, inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan jamiyatning birdamligini ta'minlashga ko'maklashadi. Shunday bo'lsada, sekulyarizatsiya jarayoni barcha jamiyatlarga xos emas. Demak, diniylikdan dunyoviy jamiyatga o'tishning yagona evolyutsion harakati ham mavjud emas. Binobarin, din to'liq ommaviy makonni egallashi ehtimoli ustuvor bo'lsada, sekulyarizatsiya zamonaviy jamiyatda dominant fenomen bo'lib qoladi. BIBLIOGRAFIYA Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T: O'zbekiston, 2018. Muhammad Rashod Abdulaziz. Asarul fikril mujtamail islamiy. Qohira: Darul muhandisiyn lil bahsil ilmiy vat tarjumati van nashr, 2010. (Arab tilida). Yusuf Qarzoviy. Al-Xululul mustavrida va kayfa janat ala ummatina. Qohira: maktabatu vahba.1971. (Arab tilida). Bernard Lewis. The Political Language of Islam. Chicago: University of Chicago Press, 1988. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling