O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

104
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
G'arb mustamlakachiligi va sivilizatsiyasi ta'sirida sekulyarizatsiya jarayoni
asta-sekin Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Mavritaniya kabi aholisining aksariyat
qismini musulmonlar tashkil etuvchi mamlakatlarda ham namoyon bo'ldi.
Xususan, 1956-1957 yillarda Tunis qirolligi bosh vaziri bo'lgan Xabib Burqiba
sekulyar dasturini amalga tatbiq etdi. Unga ko'ra, mamlakatda yagona huquqiy
tizim va dunyoviy ta'lim joriy etildi, poligamiya hamda hijob kabi islomga xos
ba'zi elementlar taqiqlandi [Rumeysa Dursun. 2017. – 133 s.]. Shubhasiz, Xabib
Burqibaning amalga oshirgan islohatlari Sharq musulmon jamiyatlarining jahon
ilg'or tamaddunidan orta qolmaslikka qaratilgan harakat edi.
Sharq musulmon mamalakatlari siyosatida dunyoviylik me`yorlari aksariyat
inqilobiy tarzda kiritilgani ma`lum. Muayyan tadrijiy ijtimoy evrilishga
uchramasdan bosim ostida shakllantirilgan dunyoviy standartlar o`z navbatida
salbiy stereotiplarni keltirib chiqardi. Bu o'rinda ko'p hollarda Mustafo Kamol
Otaturkning Turkiyadagi, Rizo Pahlaviyning Erondagi din va dindorlikka
qarshi qaratilgan keskin inqilobiy shakldagi islohotlarini eslab o'tish yetarli
bo'ladi. Ta'kidlash joizki, sekulyarizatsiya nomi ostidagi aynan mana shu
siyosiy-mafkuraviy ta'qib islom olamida sekulyarizatsiya borasida salbiy
munosabat hamda tanqidiy yondashuvlarni vujudga keltirgan asosiy omillardan
biri bo'ldi. Bu qrama-qarshiliklar musulmon jamiyatlarda sekulyarizatsiya
tarafdorlarining aksariyatiga nafaqat g'oyaviy qarshiliklarga uchrashiga, balki
jismoniy tajovvuzlarga ham olib kelgan. Misol tariqasida, radikal guruhlar
tomonidan 1993 yil 2 iyulda Turkiyaning Sivas shahrida sekulyarizatsiya
tarfdorlari joylashgan mehmonxonaga o't qo'yilgani , 1994 yil 14 oktyabr
kuni Misrda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Najib Mahfuzga
suyuqasd uyushtirilganini eslab o`tish mumkin [Gabriele Marranci. 2010. –
83 p.]. Bundan tashqari, 1992 yil 8 iyulda professor va jurnalist Faraj Faudaning
ikki islom jihodchilar tomonidan o'ldirilishi bilan bog'liq voqea eng ko'p
munozaralarni yuzaga keltirdi. Mazkur jinoyat ishining mahkamasida mo`tadil
musulmon ulamolaridan biri sifatida baholanadigan Shayx Muxammad
G'azzoliy gumondorlarni himoya qilib, sekulyarlik o'lim bilan jazolanishi
kerak bo'lgan katta gunoh ekanligini aytib o'tadi. M.G'azzoliyning fikricha,
sekulyarlik tarafdori bo'lgan odam murtad (islomdan yuz o'girgan shaxs)
hisoblanadi va davlatdan dinni ajratilishi aniq kufr sanaladi [Jehl Douglas.
1996. – 4 p.]. Bizning fikrimizcha, M.G'azzoliyning bildirilgan fikri yagona
qat'iy hukm emas, balki sub'ektiv mulohaza o'rnida qabul qilish maqsadga
muvofiq. Boshqa tomondan, “Sekulyarizatsiya bu aniq kufrmi?”, deb berilgan
savolga shayx Jobir Alvaniy “Ma'lumki, sekulyarizatsiya turli ma'nolarga ega
bo'lib, dinlarni davlatdan ajratish ham shular jumlasidandir. Biz buni kufr
deb baholamaymiz. Qolaversa musulmonlar o'zi yashayotgan davlat
qonunlarini himoya qilishi kerak” [Jobir Alvaniy fatvosi], deb javob berdi.



Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling