O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

105
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
Qayd etish lozimki, sekulyarlashuv jarayoniga munosabat bildirishda Sharq
musulmon dunyosi ulamolarining qarashlari va G'arb musulmon ziyolilarining
mulohazalari o'rtasida qarma-qarshiliklar kuzatiladi. Zotan G'arb sekulyar
mamlakatlarida ko'p sonli musulmonlar jamoalari mavjudligini inobatga
olmagan holda sekulyar tamoyillarni kufr, deb e'lon qilinishi islomga e'tiqod
qiluvchilarni davlat qonunlariga itoat qilishdan bosh tortishlariga sabab bo'ladi.
Bunday holatda G'arb musulmon ziyolilarining sekulyarizatsiya borasidagi
fatvolari boshqalaridan ajralib turishi kuzatiladi. Xususan Tariq Ramazon
G'arb mamlakatlaridagi musulmonlarning hayotiga e'tibor qaratib, sekulyar
tamoyillar musulmonlarning e'tiqodiga to'sqinlik qilmasligini ta'kidlab o'tadi.
U bir tomondan, islom shariyati jamiyat hayotining barcha sohalarining o'z
ichiga qamrab olishi borasidagi fikr tarafdori bo'lsada, boshqa tomondan
musulmon ummasining G'arb madaniyati bilan integratsiyaga kirishiga targ'ib
qiladi . Shuningdek, u G'arbda istiqomat qilayotgan insonlar din nuqtai
nazaridan musulmon bo'lsalarda madaniyat jihatdan ingliz, olmon, frantsuz
yoki amerikalik hisoblanadi [John L.Esposito. 2013. – 3 p.]. Tabiiyki, olimning
mulohazalari globallashuv jarayonida migratsiya va integratsiya muammolarini
hal qilishga qaratilgan ekani bilan an'anaviy qarash tarafdorlaridan farqlar
kuzatiladi. Shubhasiz, sekulyarizatsiya tushunchasining talqini borasidagi har
qanday yondoshuvlar makon va zamon xususiyatlari bilan alohida ahamiyat
kasb etishini bildiradi.
Tahlilimiz musulmon jamiyatlarining sekulyarizatsiyaga munosabatini uch
yo'nalishdagi qarashlarda namoyon bo'lishini ko'rsatmoqda :
1. Islom dini sekulyarizatsiyani to'liq inkor etishi haqidagi qarashlar;
2.Islom dinining modernizatsiyasi va sekulyar me'yorlarga moslashishiga
doir qarashlar;
3.Sekulyarizatsiya siyosiy va intellektual jihatlarining e'tirof etilishi, islom
va sekulyarlashuv o'rtasida muvozanatli munosabatni o'rnatishga intilishga
doir qarash va yondashuvlar.
XULOSA
Musulmon ulamolarining sekulyarizatsiyaga munosabatiga oid ma'lumotlar
tahlili globallashuv sharoitida barcha dinlar qatori islomda muayyan darajada
transformatsiya jarayonlarining kechayotganini ko'rsatmoqda. Islom olamida
sekulyarizatsiyaning o'ziga xos xususiyatlari borasidagi fikr-mulohazalar
quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi.
Birinchidan, sekulyarizatsiya tushunchasi Sharq musulmon xalqlari
tomonidan ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra turlicha talqin qilindi. Mazkur
talqinlar sekulyarizatsiyaga munosabat, asosan, uch turga bo'linishini anglatadi.
Musulmonlarning konservativ ijtimoiy qarash tarafdorlarining barchasi



Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling