O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi


Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021


Download 445.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana20.12.2022
Hajmi445.73 Kb.
#1039417
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
4619-Текст статьи-9242-1-10-20220523

101
Philosophy and life / ¹ 4 (15) 2021
Bashariyat uchun bundan bo'lak najot mavjud emas” [Muhammad Taqi
Usmaniy. 2012. – 10 p] . Aytish joizki, T.Usmoniyning mulohazalarida islom
shariatini mutlaqlashtirish barobarida inson ongi va tafakkuriga shubha bilan
qarash yaqqol aks etadi. Bu kabi mulohazalar nafaqat sekulyarizatsiyani,
balki inson tafakkuriga to'liq suyangan zamonaviy sivilizatsiyani ham inkor
etishini ta'kidlash lozim.
Islom ta'limotining sekulyarizatsiyaga munosabati bir yoqlama qarashdan
iborat emas. Xususan XX asr boshlarida faoliyat olib borgan islom islohotchiligi
namoyondalarining islom modernizatsiya borasidagi qarashlari qisman
sekulyar jarayonga munosabat sifatida baholandi. Jumladan Al-azhar shayxi
Ali Abdurrazzoq “Muhammad payg'ambarning faoliyati siyosiy yo'nalishga
ega emas”, deb ta'kidlagan [Yovqochev Sh. 2008. – 69 c.] . Shuningdek,
islom tarixidagi sekulyar jarayonlar tahlili bilan shug'ullangan Shayx Xolid
Muhammad Xolid, Shayx Xolil Abdulkarim, Ahmad Subhiy Mansur kabi
olimlar islomga sekulyarizatsiyaga eng yaqin din sifatida tavsiflaganlar
[Kamilov D. 2021. – 85 b.].
Islom olamida kuchli ta'sirga ega bir necha ulamolar sekulyarizatsiyaga
qarshi targ'ibot yuritganiga qaramasdan, mazkur jarayonga bo'lgan intilish
ko'plab musulmon olimlarning diniy me'yorlar asosida boshqarilmaydigan
dunyoviy davlatni e'tirof etishlariga olib keldi. Xususan, Faruq Al-Qoziy
sekulyarizatsiyani quyidagicha ta'riflaydi: “Sekulyarizatsiya dinni davlatdan
ajratish va fuqarolarning e'tiqodlaridan qat'i nazar, kamsitishlarsiz
munosabatda bo'lishni anglatadi. Unda dinni jamiyatdan ajratishni emas,
balki siyosatdan ajratish ifoda etilib, fuqarolik jamiyati (hozirda Misr
kabi) yoki biror sekulyar davlat barpo etish nazarda tutiladi. Sekulyarlik
dahriylik emas, sekulyarizatsiya tarafdori bo'lgan kishi xudoga ishonishi,
turli din va sektalarga mansub bo'lishi mumkin” [Faruq al-qoziy. 2010. –
93 s.] . Darhaqiqat, musulmon jamiyatlaridagi sekulyarizatsiya tarafdorlari
mazkur fenomenning siyosiy jihatiga katta ahamiyat qaratishlari bilan
ajralib turadi.

Download 445.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling