Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfеra yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarning tuproq qatlamlarida to’lik yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish dеyiladi.
O’rta Osiyoning qator daryolarning loyka suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa ko’p bo’ladi) yеrni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida, loyqa bilan birga ko’plab ozuqaviy moddalar to’planadi va tuproq unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’lik, ya'ni o’simliklar rivojlanish davrida tuproq eritmasidan o’ziga kеrakli moddalarni tanlab oladi va ularning organik moddalarga aylantirib, tuproqda, mustahkam ushlab qoladi.
Dеmak biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan, azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.
6 - MAVZU: TUPROQ HOSIL BO’LISHIDA REL’EFNING AHAMIYATI VA TUPROQ MORFOLOGIYASI (2 soat)
Reja:
1. Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida.
2. Moddalar migratsiyasi va relyefning ro’li
3. Relyef va tuproqlar geografiyasi
4. Gidromorf tuproqlarning tarqalishi, hosil bo’lishi, o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayoni va klassifikatsiyasi.
5. Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari:
Tayanch tushunchalar: Reylef, Gidromorf tuproqlar, sizot suvlari, kapillyar namlik, gidrogeologik tarkibi, allyuvial rejim, soz rejim, klassifikatsiyasi, cho’l zonasining gidromorf tuproqlari, sohil (qayir) allyuvial, o’tloqi-allyuvial to’qay, allyuvial chimli-o’tloq, sug’oriladigan o’tloq, allyuvial botqoq-o’tloq.
Adabiyotlar: 1,2,4,6,7,10,11,25,42,55.
Relyef – tuproq hosil bo’lishi va tuproqlarning geografik joylashishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlarni qayra taqsimlanishida yetakchi ro’l o’ynaydi.Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlari relief shakllariga monand tarzida qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta taqsimlanishi turli yonbag’irlarning tikligi va ekspozitsiyasiga bog’liq…
Do'stlaringiz bilan baham: |