O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon


Mohim: (Yig’i aralash) Mening ham … Mening ham hasratlarim sizni ancha хastalatdi, hazratim.( Boburning oldiga borib tiz cho’kadi). Meni kechiring. Bobur


Download 409.07 Kb.
bet22/24
Sana11.02.2023
Hajmi409.07 Kb.
#1189888
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR

Mohim: (Yig’i aralash) Mening ham … Mening ham hasratlarim sizni ancha хastalatdi, hazratim.( Boburning oldiga borib tiz cho’kadi). Meni kechiring.
Bobur: Mohimning yelkasidan tutib turishiga ishora qiladi. Siz meni kechirsangiz bo’ldi men sizdan rozimen. Faqat endi meni “hazratim” demang.
Mohim o’rnidan turib, Honzodabegimning oldilaiga borib Bir-birlarini asta quchoqlab yig’laydilar
Bobur: Humoyin, men sendan ham hali ota degan so’zni eshitganim yo’q.
Humoyin: (Tiz cho’kib, Boburning qo’llarini silab o’padi. Ko’zida yosh bilan) Padari buzrukvor, Otajonim. (Humoyin qaddini ko’tarib) Hazratim, siz menga saltanani bermoqchi bo’libsiz lekin… Lekin ishoning men toj-u taxtdan ko’ra sizning bir nafaslik umringizni afzal ko’rurmen, Otajon.
Bobur: Humoyin, men sendin rozimen. (Barchaga qarab) Endi mendan ham rozi bo’linglar.
Tohirbek: (Mungli va qat’iy ohangda) Hazratim toliqdilar. Ul kishi orom olmog’i darkor.
Barchalari ta’zim qilib chiqib ketadilar.
Bobur: (Honzodabegimga qarab) Opajon!
Honzodabegim: (Bobur tamon o’girilib) Labbay, inim.
Bobur: Opajon, Andijon osmonini eslaysizmi. (O’rnidan turib) Nafis havosi, purviqor tog’lari, qir-adrlarga to’la lolazorlari, go’zal bog’lari, hushmanzara, so’lim tabiati, bolalaigimiz kechgan go’zal vodiylar manzarasi, hamma hammasi huddi kechagidek ko’z o’ngimda, opajon.
Honzodabegim: Ha… Hammasi yodimda. Siz hali uzoq umr ko’rgaysiz. Barcha orzularingizga yetishgaysiz, Boburjon. Men bunga ishonurmen. Siz, siz o’zingizni ko’p urintirmang.
Bobur: Men …Men Andijonni qancha eslasam. Andijon so’zini qancha tilga olsam tanamga shuncha jon kirib, tomirimda qon shuncha jo’sh urgandek bo’ladi, opajon.
Honzodabegim: Endi orom olmog’ingiz darkor, Boburjon, inim. Sizni saltanat ishlari ham ancha toliqtirib qo’ydi. O’zingizni asrang. Boburjon, men Tohirbekni chorlay.
Ta’zim qilib, ko’z yoshini artib chiqib ketadi. Bobur yolg’izqolgach asta yurib bir qutichani oladi. Qutichani yerga qo’yib, o’zi ham cho’kkalb o’tiradi. Qutichani
asta ochadi. Ichidagi o’ralgan matoni yechib, undagi bir hovuch tuproqni siqimlab ko’zlariga surtadi.
Bobur: (Hazin ohangda) Taqdir bobom Temurbekdek jahongirga ne ne o’lkalarni hadya eti-yu, uning zuriyodi bo’lgan mendek g’aribga vataning bir hovuch tuprog’iga zor etdi. Men ham bobo Temurbekdek sarkarda bo’lmoqni, uning saltanatidek saltanat barpo etmoqni, Sanarqandni poytaxt etib, obod va faravon hayot qurmoani istagan edi. Bu istaklarimdan qay biri amalga oshdi-yu, qay biri ko’nglimda orzuligicha qoldi. Ko’nglimdagi barcha g’ashlik ana shundandir. (Bobur o’rnidan turib osmonga qarab iltijo qiladi) Lekin, lekin, Tangrim, sendan so’raymanki, mening bu orzularimni avlodlarim amalga oshirg’ay, avlodlarim buyuk ajdodlari izidan borg’ay. Ajdodlari ruhlari samodan turib ularni qo’llagay. Mening ruhim ham ularga madadkor bo’lg’ay shunda bu dunyodan armonim qolmas. Bobur asta yurib sahnani tark etib chiqib ketadi.

Download 409.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling