O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Mavzu: Maktab personalini boshqarishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash


Download 0.88 Mb.
bet2/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#186144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MALAKA ISHI KARIMQULOV DILMUROD QURBONBOYEVICH

Mavzu: Maktab personalini boshqarishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash

T/r

Mavzu rejasi (mundarija)

Bet

1.

Reja

1

2.

Kirish

3-4

3.

Asosiy qism

Ta’lim muassasasining boshqaruv strukturasi, kadrlar tarkibi va faoliyatini ta'riflovchi kо'rsatkichlar tahlili



5-13

4.

Maktab faoliyatida personaldan foydalanish tahlili

14-27

5.

Maktab personalini boshqarishni takomillashtirishning xorijiy tajribasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

28-33

6.

Xulosa

34-35

7

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

36

Kirish


Har qanday korxona yoki tashkilotning kuch-qudrati unda faoliyat olib orayotgan xodimlar, insonlar bilan, ularning soni va intellektual potensiali bilan o‘lchanadi. Bugungi kunda barcha sohalarda, xususan moliya institutlarida personalni tog‘ri boshqarish orqali samaraga erishish masalasi tashkilotlar oldida turgan eng muhim vazifalar qatoridan joy olishi tabiiy holdir. Chunki har bir jarayonning bevosita va bilvosita ishtirokchisi bo‘lgan inson, uning psixologiyasi juda murakkabdir. Ayniqsa bugungi kunda personal faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish orqali yuqori natijalarga erishish har bir rahbarning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim. Personaldan oqilona foydalanish iqtisodiy taraqqiyotning muhim sharti bo`lib, u mehnatkashlar turmush darajasini oshirishda hal qiluvchi resurs bo`lib xizmat qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishning asosiy vositasi bo`lgan personalning mohiyatini, iqtisodiy, ijtimoiy mazmuni, uning sifat o`zgarishlarini va undan oqilona foydalanish yo`llarini aniqlash katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda iqtisodiy,siyosiy va ma‘naviy hayotda yuz berayotgan o`zgarishlar har bir rahbardan tashkilot maqsadlariga etishishning eng qulay, samarali va oson yo`llarini izlab topishni talab qiladi. Iqtisodiyotni rivojlаni borishi uchun хodimlаrdаn sаmаrаli foydаlаnish kеrаk bo`lаdi. Ishchi kuchigа korхonаning moddiy vа nomoddiy tаrmoqlаri rivojlаnishi bog`liq. Iqtisodiyotni modеrnizаtsiyalаsh, kеskin rаqobаt shаroitlаridа har bir korхonаning muvаffаqiyatli fаoliyat ko`rsаtishi uning jаmoаsi, pеrsonаli mаlаkаsi, bilim vа tаjribаsi, tаshаbbuskorligi, intizomliligi, mаs‘uliyatigа bog`liq bo`lib qolаdi. Bozor munosаbаtlаri аnchа ilgаri shаkllаngаn mаmlаkаtlаrdа korхonа pеrsonаllаridа bu vа boshqа sifаtlаrni qаror toptirish vа rivojlаntirishgа boshqаruvni tаkomillаshtirish hisobigа erishilishi ko`pdаn buyon yaхshi mа‘lum.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotichuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda personalni boshqarish sohasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari: ya’ni, ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlar boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash va baholash; kadrlar potensiali va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat etikasidan iboratdir. «Personalni boshqarish» fanining predmeti korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.Aholining mehnatga to`la bandligini ta‘minlash va tartibga solish, haqiqiy va yashirin ishsizlik miqdorini kamaytirish, ishchi kuchiga bo`lgan talab va taklifni muvozanatga keltirish, ishchi kuchi sifatini oshirishga va unumli mehnat qilishiga erishish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi va o`z yechimini kutib turibdi. Ayniqsa, jamiyatda personaldan samarali foydalanish muammolari bozor munosabatlarini shakllantirish davrida birmuncha murakkablashdi va ularning yechimini topish iqtisodiyot fani oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi.




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling