O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


 PISA tadqiqotlarida muvaffaqaiyatli ishtirok etish natijasida chet ellik


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

3. PISA tadqiqotlarida muvaffaqaiyatli ishtirok etish natijasida chet ellik 
sarmoyadorlarni inson kapitali yuqori bo‘lgan davlatga qiziqishi ortadi. 
150 dan ziyod mamlakatni qamrab oluvchi bir necha yirik test dasturlari 
natijalarini PISA baholari bilan qiyoslash mumkin. Ma’lumotlar bazasi ta’lim 
sohasida ulkan muammolar borligini ko‘rsatdi: rivojlanayotgan mamlakatlarda 
o‘quvchilarning qariyb 50 foizi “professionallikning eng past darajasi” deb ataladigan 
muammoga duch keladi. 
Singapurda o‘quvchilarning 98 foizi, Janubiy Afrikada 26 foizi o‘rta maktabda 
xalqaro bazaviy darajaga erishadi. Boshqacha aytganda, Singapurda o‘rta maktab 
o‘quvchilarining deyarli barchasi dunyoning istalgan joyida ishlash uchun yetarli 
malakaga ega. Janubiy afrikalik yoshlarning qariyb to‘rtdan uch qismi savodsiz. Bu 
inson salohiyatini yo‘qotish. 
Bolalar maktabni bitirar ekan, qaysi mamlakatda yashashiga qarab sog‘lig‘i 
borasida mutlaqo turli istiqbollarga duch keladi. Dunyoning eng badavlat 
mamlakatlarida 15 yoshli o‘smirlarning qariyb 5 foizi o‘zining 60 yoshligini qarshilay 


- 218 - 
olmaydi. Qashshoq mamlakatlarda 15 yoshli o‘smirlarning 40 foizi 60 yoshgacha 
vafot etadi. 
Ushbu faktlar turli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ulkan 
tafovutlar borligini ko‘rsatadi. Biz inson kapitalining turli jihatlarini birlashtirish 
uchun Jahon banki guruhida ularni yagona indeksga yig‘ish kerakligini ko‘rsatadi. U 
ishchilarning kelgusi avlodi mehnati samaradorligining pasayishi nuqtai nazaridan 
inson kapitaliga investitsiya kiritmaslik oqibatlarini namoyon etadi. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda inson kapitaliga eng kam sarmoya 
kiritiladigan mamlakatlarda kelgusida ishchi kuchining samaradorligi, agar odamlar 
to‘liq sog‘lom bo‘lib, sifatli ta’lim olsa, erishish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkich sezilarli 
pasayib ketadi. 
Shu tarzda inson kapitaliga sarmoyadan olinadigan iqtisodiy foydani o‘lchash 
sog‘liq va ta’lim yaxshilanishining ijtimoiy va ichki qiymatini kamaytirmaydi.
Jahon banki guruhi inson kapitaliga sarmoya qilish ta’sirining ijobiy natijalarini 
targ‘ib etib, siyosatchilarni nafaqat bank hisob raqamlari, balki maktablar va 
kasalxonalardagi holatlar haqida ham qayg‘urishga ruhlantirishi kerak. Shuningdek, 
indeks investitsiyalar darajasi pasayib borayotgan mamlakatlar uchun harakatga 
da’vat bo‘ladi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling