O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. PISA Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarda o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlar bilan qiyoslay olish imkoniyati tug‘iladi.
1. PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi
uchun imkon beradigan bilimga egalik darajasini baholashlari mumkin bo‘ladi. Tadqiqotda hayotda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishiga hamda o‘quvchilarni fanlarning o‘zaro bog‘liqligidan xabardorligini baholashga e'tibor qaratiladi (oldiga qo‘yilgan masalani yechishda turli fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e'tibor beriladi). Dastlabki qadamlarda 1999-yili PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli o‘quvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash masalasini qo‘yganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yo‘nalishlaridan biri sifatida – 15 yoshli o‘quvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yo‘nalishini belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat bo‘lib, bunda har 9 yilda boshqa yo‘nalishlarga nisbatan matematika yo‘nalishiga kattaroq e'tibor qaratiladi. 2. PISA Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarda o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlar bilan qiyoslay olish imkoniyati tug‘iladi. 2022 yildagi asosiy yo‘nalish - matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot natijalari har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan birga e'lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi bo‘yicha siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish imkoni, mamlakatga ko‘plab investorlarni qiziqishini ortishiga olib keladi. Natijada xalq farovonligi oshadi, ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari vujudga keladi. Bu esa, o‘z o‘rnida aholining moddiy daromadini oshirishiga, yashash sharoiti va ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini ortishiga olib keladi. Gruziyada 2018-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarining natijaviy xulosasiga ko‘ra 2015-2018 yillar oralig‘idagi o‘tgan davrda ta’lim oluvchilarning bilim sifati ancha - 216 - pasaygan. Misol tariqasida o‘quvchilar 2015-yilda o‘qish savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha 401 balni qo‘lga kiritgan. 2018-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 280 balga pastga tushgan. Matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha 2015-yilda 404 bal to‘plagan, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 398 balga tushgan. Tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida 2015-yilda 411 ball bo‘lgan, 2018-yilda esa 383 balga pastga tushib ketgan. Bu haqda Gruziya o‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish Milliy markazi rahbari Sopio Gorgodze o‘z hisobotida aytib o‘tgan. Gruziya 2012 yilda PISA tadqiqotlarida ishtirok etishni rad etgan, lekin 2015-yildan boshlab yana PISA xalqaro tadqiqptlarida ishtirok etish uchun rozilik bildirgan. PISA tadqiqotlari o‘quvchilarning o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim sifatinigina emas, balki shu bilimlarini hayotda qay darajada qo‘llay olish ko‘nikmasini aniqlaydi. Gruziyada o‘quvchilarning matematik, tabiiy va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlari ko‘rsatkichin pastga tushib ketgan bo‘lsada, o‘tgan 10 yillik davr oralig‘ida o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashi va siyosiy qarashlarida ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish mumkin. Demak tadqiqot faqatgina o‘quvchilar bilim savodxonligini o‘rganib qolmasdan, balki ularning fikrlash darajasini o‘zgarishi va o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu munosabat bilan innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga mo‘ljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash tizimlari sifatida obro‘li xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qo‘llanilmoqda. Shulardan eng mashhur reyting tizimi sifatida INSEAD biznes-maktabi, Kornel universiteti va intellektual mulk Jahon tashkiloti tomonidan qo‘llanilayotgan Global innovatsion indeks xizmat qiladi. Global innovatsion indeks innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi sifatida dunyo miqyosida e’tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qo‘llanilishi hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e'tiborga loyiq. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili doirasida OECD o‘quvchilarni baholash dasturi PISA baholash tadqiqotida olingan ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: -Yoshlar kelajakda o‘zlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay darajada tayyor? - O‘quvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda o‘z g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi? -O‘quvchilar qay darajada o‘z bilim va ko‘nikmalarini real hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega? - 217 - Ayni shu holat bizni ta’lim tizimimizda ham kuzatilmoqda. Ya’ni o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq va chuqur bilim berish, ular olishi mumkin bo‘lgan bilim ko‘lamini kengroq olish asosiy maqsadga aylanib qolgan. Yagona va zerikarli standartlar asosida yozilgan va qayta nashrda asosan faqatgina nashr qilingan yili va kam miqdordagi sezilar sezilmas o‘zgarishlar bilan chop etiladigan darsliklar. Shu darsliklar asosida ta’lim berish, eng muhimi bu olingan bilimlarni hech qayerda qo‘llay olinmasligi va qo‘llanilishi bo‘yicha biron aniq tavsiya, yo‘nalish berilmasligi. Natijada esa tizim Xalqaro darajadagi tadqiqotlar o‘tkazilishiga mutlaqo tayyor emas. Biz ishtirok etayotgan yo‘nalish ya’ni: matematik savodxonlik, tabiiy fanlar savodxonligi, o‘qish savodxonligi birinchi marta tahlil qilinganida yaxshi natija bermasligi mumkin. Dunyodagi boshqa davlatlarning, ayniqsa qo‘shni davlatlarning bu bo‘yicha tajribalarini tahlil qilish va to‘g‘ri yo‘nalishda ketishga qaror qilish eng muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etishi hozircha aniq biron xulosa chiqazishga to‘sqinlik qiladi. Lekin bu bo‘yicha olib borgan 5 yillik izlanish va ilmiy faoliyatim davomida aniqlagan ma’lumotlarga asoslanib, ba’zi taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi. Bunga sabab, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin. Lekin matematika va tabiiy fanlardan mamlakatimiz dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi deb o‘ylayman. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling