O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


- 220 - 
V-SHO‘BA 
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA 
MALAKASINI OSHIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI 
TA’MINLASH MASALALARI
 
 
 
BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING KASBIY 
KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI QAYTA 
TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH JARAYONINING SIFAT VA 
SAMARADORLIGIGA ERISHISH 
Dilanov Bekmurza Gulimbetovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi 
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi 
direktori f.f.n. 
Utemuratov Bayrambay Kulmuratovich – Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus 
ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent 
 
Annotatsiya. Maqolada qayta tayyorlash va malaka oishrish jarayonida 
boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish yoʻllari 
koʻrsatilgan. Shuningdek, ona tili darslarida lingvistik kompetentsiyani shakllantirish 
masalalari yoritilgan.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bugungi kunning 
dolzarab masalalaridan biriga aylandi. Oʻqituvchilar malaka oshirish davriyligining 
har besh yilda bir marotaba boʻlishi, ularning yangi metod, texnologiya va usullar 
haqida tuchunchalar olish imkonini bermadi. Shuning uchun Prezidentimiz 
tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi «Xalq ta’limi 
sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzuluksiz kasbiy 
rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4963-sonli qarori 
qabul qilindi. Qarorda umumiy oʻrta ta’limni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy va 
amaliy-texnologik asalarini yaratish, milliy ta’lim standartlari, oʻquv reja va 
dasturlarini ishlab chiqish va tajriba sinovdan oʻtkazish vazifalari berilgan.
Inson oʻz hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga 
kirishishi, jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini 
hal etishi, eng muhimi, oʻz sohasi, kasbi boʻyicha raqobatbardosh boʻlishi uchun zarur 
boʻlgan tayanch kompetentsiyalarga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har 
bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi, 
mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetentsiyalar ham 
shakllantiriladi. Yetuk kasbiy mahoratga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilari 
oʻquvchilarda fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirib boradi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish kerak. 
Ularni kreativ fikrlashga yoʻnaltirish talab etiladi. Qayta tayyorlash va malaka 
oshirish jarayonida egallangan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻz shaxsiy, kasbiy 
va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olishi zarur.


- 221 - 
Oʻzbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni 
tarbiyalashga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy oʻrta ta’limda 
oʻqitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida 
tayanch kompetentsiyalar hamda har bir oʻquv fani mazmunidan kelib chiqqan holda 
xususiy kompetentsiyalar belgilandi. 
Oʻqituvchining koʻp qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, 
axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar 
yotadi [Mavlonova R., Toʻraeva O., Xoliqberdiyev K. “Pedagogika” 27 bet]. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling