O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


oʻquvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida oʻquv


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

oʻquvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida oʻquv
jarayonlarning sifat va samaradorligini ta’minlashdan iborat boʻladi. 
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zamonaviy yondashuvlarga asoslanadigan
yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, oʻzini-oʻzi va oʻz faoliyatini oʻzi tahlil 
qiladigan va obiektiv baholay oladigan, boy falsafiy va ma’naviy 
dunyoqarashga, psixologik-pedagogik va tashkiliy texnologik salohiyatga ega 
boʻlishi zarur. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida boshlangʻich sinf 
oʻqituvchilarinig pedagogik jarayon samaradorligini oshirishi uchun lingvistik 
kompetensiyalarini rivojlantirishi talab etiladi. 
 
Аdаbiyotlаr: 
1. Mavlonova R., Toʻraeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. Oʻqituvchi, Toshkent 2010 yil, 
495 bet. 
2. Sаfаrоvа R., Musаеv U., Musаеv P., YUsupоvа F., Nurjаnоvа R. Oʻzbеkistоn 
Rеspublikаsidа umumiy oʻrtа tа’lim strаtеgiyasi muаmmоlаri vа tа’lim mаzmunining yangi 
mоdеllаri, ulаrning tаtbiq etish yoʻllаri, Tоshkеnt, Fаn, 2005, 255 bеt.
 
MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH 
KURSI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI  
B.K.Xaydarov – Toshkent shahar XTXQTMOHM professori, fizika-matematika 
fanlari nomzodi,
N.N.Tashtemirova – Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM katta o‘qituvchisi
 
Annotatsiya: Maqolada matematika fani o‘qituvchilarning malakasini 
oshirishning dolzarb muammolari va ularni yechish bo‘yicha tavsiya va takliflar 
keltirilgan. Shuningdek, unda malaka oshirish kursi mazmuni, shakl va vositalarini 
takomillashtirish orqali uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.  
 


- 223 - 
Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirishga ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shundan kelib chiqib, taʼlim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini qoʼllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy 
qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich 
amalga oshirilmoqda. Xususan, matematika fani o‘qituvchilarining malakasini 
oshirishning ilgʼor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish orqali, 
zamonaviy talablar asosida malaka oshirish kurslari mazmunini takomillashtirish 
hamda pedagoglarning kasbiy kompetentligini muntazam uzluksiz ravishda oshirish 
rejalashtirilgan.
Yaqinda, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha toifalar 
bo‘yicha xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
kursining yangi namunaviy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Dastur 36 soatga 
mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad - zamonaviy taʼlim, taʼlim-tarbiya 
jarayoni samaradorligini oshirish uchun pedagog xodimlarining zarur boʼladigan 
kasbiy bilim, koʼnikma va malakalarni har yili muntazam ravishda yangilash, malaka 
talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan 
iborat.
Dastur mazmuni taʼlim sohasidagi davlat siyosati, masʼuliyat va 
moslashuvchanlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, 
kommunikativ koʼnikmalarni rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, 
oʼzini-oʼzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishlarni oʼz ichiga olib, ular 
boʼyicha tegishli yangi bilim, koʼnikma va kompetentsiyalarni shakllantirishga 
yoʼnaltirilgan. Oʼquv modullari mazmuni umumiy oʼrta taʼlim muassasalari pedagog 
kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga 
qoʼyiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan. 
Dasturda asosiy e’tibor mutaxassislik modullariga berilgan. Undan Milliy o‘quv 
dasturi tahlili, fanni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini 
baholashga yangicha yondashuvlar, xalqaro baholash dasturlari modullari o‘rin olgan. 
Shuningdek, dasturda o‘qituvchilarning matematika fanining turli bo‘limlari bo‘yicha 
o‘z bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyati ham berilgan. Xullas, malaka 
oshirish tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dastur 
yuzasidan ba’zi savollar borki, ularga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. 
1. Malaka oshirish trayektoriyalari o‘qituvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, 
maqsadli, kredit-modul tizimi asosida tuziladi, deb aytilsada, o‘quv dasturida 
soatlarning turli modullarga aniq bo‘linishi va modullar mazmunining bitta qolipga 
solib qo‘yilishini qanday tushunish kerak? O‘qituvchi nimani tanlaydi? 
2. Modullar dasturi ham variativ, ya’ni tanlov asosida yaratilishi lozim 
emasmi? 
3. Ayni paytda o‘qituvchilarning online o‘tkaziladigan, kredit-modulli malaka 
oshirish tizimiga ongli munosabatda bo‘lishi nima bilan kafolatlanadi? Ularning turli 
noqonuniy yo‘llar bilan online malaka oshirish kurslaridan osongina, hech narsani 
o‘rganmay o‘tishlariga nima to‘siq bo‘la oladi?
Bu kabi savollarga dasturdan javob olishning imkoni bo‘lmadi.


- 224 - 
Nazarimizda, jamiyatda bilimdon kishilar qadrlanmas ekan, o‘quvchilarning 
bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari sust bo‘lar ekan, yaratilayotgan zamonaviy shart-
sharoitlar va malakali o‘qituvchilarning barcha sa’y-harakatlari zoye ketishi mumkin. 
Shuningdek, joylarda malakali o‘qituvchilarning salohiyati to‘g‘ri, xolisona 
baholanib, ularning mehnati yetarlicha qadrlanmas ekan, ta’lim muassasalarida 
o‘qituvchilar orasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilmas ekan, kiritilayoygan bu 
o‘zgarishlar kutilayotgan natijalarni bermasligi mumkin.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling