O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi
kunda ta’lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga qaratilganligida. Oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda, oʻquv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda, lingvistik kompetentsiyaga ega boʻlishi lozimdir. Lingvistik kompetentsiya – til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va tilning ifoda vositalarini (oʻqish texnikasi, oʻzgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) egallashni nazarda tutadi. Oʻquvchilarning dunyoqarashlarini oʻzida mujassam etishi, ularning atrof muhit bilan bogʻliq holda jamiyatda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan oʻz munosabatini bildira olishi va mustaqil qaror qabul qila oladi. Bu kompetentsiya oʻquvchini oʻz oldiga qoʻygan maqsad vazifalariga erishish traektoriyasini belgilab, oʻquv jarayoni va boshqa faoliyatda oʻzini anglash mexanizmini shakllantiradi. Oʻquvchining jamiyatda oʻz oʻrini topa olishi ushbu mexanizm bilan bogʻliq boʻladi. Ona tili darslarida lingvistik kompetentsiyani shakllantiriladi. Oʻqituvchi tomonidan zarur boʻlgan axborotlarni izlab topish, ma’lumotlar bazasini yaratish mustaqil toʻplay olish, ularni tahlil etish, baholash, axborotni qayta ishlash va ularni uzatish, asosiylarini tanlab olish belgilab olinadi. Toʻplangan materiallar oʻquvchilarga yetkazib beriladi. Ona tili nafaqat oʻquv fani yemas, balki oʻqitish tili boʻlib, barcha oʻquv fanlarnini oʻzlashtirishning muvaffaqiyotini belgilaydi. Til kompetentsiyasi – bu boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining lingvistik bilimlar majuasi va kasbiy –pedagogik sohada lingvistik bilimlar bilan ishlash qobiliyatidir. Ona tili faninida oʻquvchi shaxsini fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglashga, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetentsiyani rivojlantiriladi. Oʻquvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, soʻzning tarkibi, soʻz yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda oʻqigan, koʻrgan, eshitganlarini nutqiy toʻgʻri va ravon bayon eta olish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. Oʻrganilayotgan material mazmuni, sinf oʻquvchilarining umumiy tayyorgarligi, oʻqituvchilarning pedagogik mahorati, darsda qoʻllaniladigan metodlardan qat’iy nazar oʻquvchilarda idrok etish, esda saqlash tezligi turlicha boʻladi [Safarova R., - 222 - Musaev U., Musaev P., Yusupova F., Nurjanova R. “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim strategiyasi muammolari va ta’lim mazmunining yangi modellari, ularning tatbiq etish yoʻllari” 199 bet]. Oʻquv jarayonida oʻquvchilarda lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirish uchun oʻquvchilarning oʻquv materiallarni oʻzlashtirish tezligidagi mustaqil ishlash natijasida egallagan bilimlar darajasi, qiziqishlari va boshqa farqlarini inobotga olishi muhim. Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida urgangan zamonaviy metodlardan dars jarayonida muntazam qoʻllanib borishi kerak. Ona tili fanining oʻquv dasturi oʻquvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Oʻquv dasturida oʻquvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetentsiyalarni hamda tayanch kompetentsiyalarning elementlarini shakllantirish koʻzda tutilgan. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari har bir dars jarayonida oʻquvchilarda lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirib boradi. Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etish, Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling