O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- RIVOJLANTIRISH ZARURATI Muradov Ikrom Turdiboyevich
Адабиётлар: 1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 й. 29 декабрь. 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ-5712- сон Фармони. 3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги “Халқ таълими тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини татбиқ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–3931-сон қарори 4.Джураев Р.Х. Непрерывное образование профессиональное развитие педагога. // Узлуксиз таълим. Тошкент.2014. №-1. 3-10б. 5. Зарипов К.З. Ўқитувчи фаолияти ва шахсини педагогик ташхис асосида ўрганиш. // Халқ таълими 2002. 3- сон, 83-87б - 47 - ZAMONAVIY SINF RAHBARI KOMPETENTLIK DARAJASINI RIVOJLANTIRISH ZARURATI Muradov Ikrom Turdiboyevich - A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Annotatsiya: Ushbu mavzuni yoritish asosida sinf rahbarlarining kompetentlik darajasini rivojlantirishning umumiy qoidalari, omillari va vositalari aniqlangan. Shuningdek, masalaning mohiyatini yoritilishiga doir ilmiy – amaliy tavsiyalar berilgan. Sinf rahbari – maktabdagi o‘quv va tarbiya ishlarining bevosita va asosiy tashkilotchisidir. U bolaga o‘qituvchilar jamoasi a’zolaridan ko‘ra yaqinroqdir, shuning uchun u bolalarning shaxsiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sinf rahbari – sinf o‘quvchilari jamoasining tashkilotchisi bo‘lishi, o‘quvchilarni, ularning yashash sharoitlarini, fe’l-atvor xususiyatlarini, qiziqishlari va moyilligini yaxshi bilishi va shularni hisobga olgan holda maktab oldida turgan o‘quv vazifalarni hal qilishda sinf bilan ko‘p qirrali ishlarni olib borishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug‘i ilovasiga muvofiq (sinf rahbari nizomi) tashkil etildi. Unga muvofiq sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berildi. Davlat rahbari sinf rahbarlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib rag‘batlantirish chorasi ko‘rilayotganini, xususan, 2020-yil 1-oktabrdan boshlab 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshirilishini aytib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqsadlar uchun yillik 400 milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma’lum qildi: – Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi[1], - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida. Albatta, hammamiz maktab davrini eslaganimizda, ko‘z oldimizga avvalo, talabchan va mehribon sinf rahbarimiz keladi. Nima uchun? Chunki, maktabdagi har bir qadamimiz mana shu aziz va olijanob insonlarning doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligida bo‘lgan. Hayotga ilk yo‘llanmani ham bizga mana shu ustozlarimiz bergan. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi maqsadidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. - 48 - Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi - ularning o‘qishdagi mo‘ljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak. Buning eng ishonchli usuli - o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida kuzatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar, masalan, anketa tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish va boshqalardan ham foydalanish mumkin. Lekin, bu usullar guruhini juda ehtiyotkorlik bilan, katta pedagoglik odob bilan qo‘llash lozim. O‘quvchilarni o‘rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o‘qituvchilar uchun qonun bo‘lishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashda maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilar yomon xulq-atvorining, past o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Sinf rahbari maktabdagi eng universal pedagogik hisoblanib, u bajaradigan mehnatning o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis va ta’masiz shaxs bo‘lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Shunday qilib, ustoz qanchalik obro‘ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi va aksincha, tarbiyachining shaxsi qanchalik past bo‘lsa, uning ta’siri shuncha bo‘sh va o‘quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi. Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kasb- hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o‘quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, o‘z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy g‘oyaga mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pligiga asosiy sabab o‘quvchilarning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir. Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o‘sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o‘quvchiga nisbatan - 49 - xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o‘quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. Sinf rahbari o‘zining g‘oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona idealogiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi xam bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o‘quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish, ularni o‘zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo‘lidan keladi. Auditoriya, o‘quvchilar jamoasiga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o‘tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo‘lishligini talab qiladi. Sinf rahbarlarning doimiy tarzda bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning kompetentligini yanada oshirish maqsadida sinf rahbarlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini ko‘proq tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Zero, bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha’ni va g‘ururi tiklanayotgani barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda bu o‘ta muhim masala eng dolzarb vazifamiz ekanini alohida ta’kidlab, uni amalga oshirish butun jamiyatimizning burchiga aylanishini istardim. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling