- 99 -
TA’LIM SIFATI KOʻRSATKICHI NIMALARGA ASOSLANADI?
Abdullayeva Maxprat Nurmatovna – A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti
Xalqaro baholash va ta’lim sifatini tadqiq qilish ilmiy-tadqiqot boʻlimi ilmiy xodimi
Annotatsiya: Bugungi kun ta’limi sohasida yaratilayotgan sharoitlar, amalga
oshirilayotgan islohatlar mamlakatimizda yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan,
intelektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega boʻlgan barkamol avlodni
voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Mazkur maqolada ta’limning sifat koʻrsatkichi
va darajasini aniqlashda foydalanadigan vositalar haqida so‘z yuritiladi.
Ta’lim insonlarni jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy hayototda faol ishtirok etish
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashida muhim rol o‘ynaydi.
Ta’lim sog‘liqni saqlash,
fuqoroligi, siyosiy qiziqish va farovon turmush kabi
sohalarda aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.
Tez o‘zgaruvchan bilimga asoslangan iqtisodiyotda ta’lim
turmush tarzini
yaxshilash uchun bilim olish, koʻnikma va malakalarni egallashni anglatadi. Sifatli va
yaxshi ta’lim olish, ma’lumotga ega bo‘lish, ish topish va yaxshi hayot kechirish
uchun yetarli pul ishlash ehtimolini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Shuningdek, mehnat bozorida zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar ko‘proq
bilimga asoslanib bormoqda. Ushbu talab o‘zgarishi
Iqtisodiy hamkorlik va
Do'stlaringiz bilan baham: