O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
 
 


- 111 - 
Адабиётлар:  
1. Авезов Ш. Ўқувчи шахсида экологик маданиятни таркиб топтириш ҳақидаги 
масалага доир / Ўқувчи шахсининг ахлоқий хислатларини шакллантириш: Илмий ишлар 
тўплами. - Тошкент, 1991. -Б. 62-67. 
2. Алиқулова М. Экологик таълим жараёнини такомиллаштиришда ижтимоий 
педагогика 
фанининг 
имкониятлари 
// 
Халқ 
таълими. 
– 
Тошкент. 
-2015. -2-сон. – Б. 69 – 73. 
3. Баранова Т.Б. Психологические особенности ценностного отношения школьников к 
природе /на материале 4-10 классов/: Дисс. канд. псих. наук. - Киев, 1984. - 180 с. 
4. Бектуров Т. Формирование экологической културы учащихся в процессе обучения 
Кыргызской литературы: Доктора философий (PhD) педагогическим наукам. Автореферат. – 
Ташкент, 2017. – 22 с. 
5. Валиханов М.Н. Табиатшунослик асослари. - Т.: Мирзо Улугбек номидаги 
Ўзбекистон Миллий университети, 2004. - 243 б. 
6. Ҳайитов А.Т. Мактаб табиий география курсларида геоэкологик билимлар тизими 
ва таълимнинг методик асослари. Пед. фан. ном .. дисс. автореф. – Тошкент, 1999. – 21 б. 
7. Джураев Р.Х., Турдиқулов Э.О. Экологик таълимнинг долзарб муаммолари ва 
уларни ҳал экологик тарбияиш йўллари //Узлуксиз таълим. -Тошкент. -2004. – 6-сон. –Б. 3-9 
 
UZLUKSIZ MALAKA OHIRISH DAVR TALABI 
Sh.M.Kenjayev – Xorazm viloyati XTXQTMOHM “Amaliy fanlar va 
maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri
Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz malaka oshirish tizimini tashkil 
qilishning afzalliklari, 
“Hayot davomida o‘qish” tamoyilining davr talabi 
ekanligi va masofadan malaka oshirish tizimi yuzasidan xorijiy davlatlar 
tajribasi haqida ma’lumotlar ketirilgan 
O‘ZBEKISTON Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabr “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4884-son qarorida “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka 
oshirishni nazarda tutuvchi tizim yaratish nazarda tutilgan. Ushbu tizim «Uzluksiz 
kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi orqali tashkil qilinishi belgilab berilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar va 
mutaxassis xodimlar esa, har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim. 
O‘qituvchining 5 yilda bir marta bir oy davomida malaka oshirishi va qolgan davrda 
o‘z ustida doimiy ravishda ishlamasligi o‘qituvchilarning bugungi kun talabi asosida 
darslarni samarali tashkil qila olmasligiga olib keladi.
Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar xalq 
ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “Hayot davomida o‘qish” tamoyili 
asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab 
chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini 
amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga 


- 112 - 
asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish 
vazifasi yuklatilgan. 
Bugungi kunda, xalq ta’limi sohasida malaka oshirish tizimi faoliyati samarali 
tashkil etilmoqda. Ammo, ushbu yo‘nalish bo‘yicha xalqaro tajribalarni inobatga olib, 
tahlil qiladigan bo‘lsak ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Bu esa, malaka oshirish 
tizimini innovatsion boshqarish, ayniqsa, o‘qituvchilar malakasini oshirishda 
innovatsion yondashishni talab etadi. Ayni paytda, AQSh, Germaniya, Angliya, 
Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda axborot va yangi innovatsion texnologiyalarga 
asoslangan malaka oshirish, qayta tayyorlash va uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish 
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. O‘zbekiston 
sharoitida bosqichma-bosqich tarzda o‘qituvchilarning malakasini masofadan 
o‘qitishni tashkil etishning ko‘plab ijobiy tomonlari mavjud. Chunki, hozirda nafaqat 
rivojlangan balki, qator rivojlanyotgan davlatlar ham masofadan malaka oshirish 
tizimini joriy etishga intilmoqda. 
Masofaviy ta’lim bu – ta’lim beruvchi (instruktor, trener) va ta’lim oluvchining 
bir-biridan ajralgan holda amalga oshiriladigan rejalashtirilgan bilim olish tajribasi 
yoki usulidir. Masofaviy ta’lim tizimi doirasida axborot almashinuvi va muloqot chop 
qilingan materiallar yoki elektron media vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda masofaviy ta’lim mavjud 
o‘qituvchilarning bilimini, mahoratini va ko‘nikmasini rivojlantirish vazifasini 
amalga oshiruvchi malaka oshirish mexanizmi sifatida qo‘llaniladi. Asosan 
rivojlangan mamlakatlarda masofaviy ta’lim ko‘pincha internet ta’lim shaklida 
davomli ta’lim mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi va o‘qituvchilik malakasiga ega 
bo‘lgan kasb egalariga o‘z kasblari doirasida yanada boyitilgan va kuchaytirilgan 
qo‘shimcha o‘quv dasturlarini taqdim etib boradi. 
Ko‘rinib turganidek, masofadan malaka oshirish tizimi joriy etilishining bir 
qator o‘ziga xos qulayliklari mavjud. Ushbu yo‘nalishdagi xorijiy tajribalarni tahlil 
qilar ekanmiz, ayniqsa aksariyat rivojlangan davlatlarda pedagog xodimlarning 
malakasini oshirish tizimi pullik ekanligi sababli o‘qituvchilarga qo‘shimcha 
moliyaviy xarajat keltirishini hamda bu borada O‘zbekistonda samarali mexanizm 
mavjudligini ta’kilash lozim. Ya’ni, bizning mamlakatimizda pedagog xodimlar 
bepul malaka oshirishadi. Ammo, zamon talablari va ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib 
chiqib aytish mumkinki, hozirda mavjud malaka oshirish tizimiga innovatsiyani joriy 
etish lozim. Ushbu kiritilayotgan innovatsiyalar pedagog kadrlarni viloyat markazida 
joylashgan Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish hududiy markazlariga kelib 
malaka oshirishlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta’lim olish 
natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish rejalashtirilgani holda unga 
ko‘ra, xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar(akademik 
soatlar)ning eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd etilgan 
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv modullarini 
o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar xodimning 
shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini yiqqan xodim shu 
yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi. 


- 113 - 
Xulosa qiib aytganda, bugungi kunda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil 
etishda malaka oshirish tizimining uzluksizligini ta’minlash oldimizda turgan muhim 
masalalardan biridir.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling