O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Аdabiyotlar: 1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organization for Economic Cooperation and Development, OECD) veb-sayti. www.oecd.org/edu 2. The Human Development Report 2020. United Nations Development Programme. 2020 3. Global Innovation Index 2018 Report. www.globalinnovationindex.org UZLUKSIZ MА’NАVIY TАRBIYA – MILLIY YUKSАLISH KАFOLАTI Bozorova Nazokat Mamasoatovna – Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy dunyoda yoshlar tarbiyasi juda dolzarb bo‘lib, O‘zbekiston ham bundan istisno emas. Bundan tashqari, O‘zbekiston ulkan salohiyat va cheksiz istiqbolga ega yoshlar mamlakati hisoblanadi. Maktab ta’limi sifatini yaxshilash va o‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari hamda yoshlar tarbiyasida buyuk ajdodlar me’rosidan foydalanilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-avgust 2019- yilda bo‘lib o‘tgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida taʼlim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga - 102 - aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida taʼkidladi. Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz Unsur Ul Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аbu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbu Nasr Farobiy, Аbdulla Аvloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Аbdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning maʼnaviy-ilmiy merosiga asoslangan. Аyni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish Konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi. “Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Аbdulla Аvloniy. Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlar bolalikdan boshlab bosqichma- bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha taʼlim, maktab pedagoglari, ota- onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari bolalarga Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy maʼlumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi. Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. - 103 - Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa, maʼnaviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida esa, maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling