O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Аdabiyotlar: 
1. K.Djalilov. 
Baholash 
nazariyasi 
asoslari (testologiya, 
pedagogik 
o‘lchovlar). 
Akademnashr - 2020. 
2. Lorrie A. Shepard. “The Role of Classroom Assessment in Teaching and Learning” 
CRESST/University of Colorado at Boulder – 2000 


- 122 - 
3. Matthew Lynch. “THE REAL PURPOSE OF ASSESSMENTS IN EDUCATION” 
theedadvocate.org - 2016 
4. Smith, M. L., Edelsky, C., Draper, K., Rottenburg, C., & Cherland, M. (1990). The role of 
testing in elementary schools (CSE Tech. Rep. No. 321). 
5. Nataliya Mushkareva “Critical thinking in the Flipped Classroom” skyteach.ru-2020 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINI NUTQDA SО‘ZDAN 
TО‘G‘RI FOYDALANISHGA О‘RGATISH YО‘LLARI 
G.A.Mamatova – Toshkent shahar XTXQTMOHM, p.f.f.d
 
Annotatsiya: Mazkur maqola boshlang‘ich sinf ona tili darslarida 
o‘quvchilarga so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish muammosiga 
bag‘ishlangan. Unda so‘z ma’nolarining o‘ziga xos jihatlari misollar asosida bayon 
qilingan. Maqolada so‘z ustida ishlashda tahliliy ishlarni tashkil etishning о‘ziga xos 
jihatlari yoritib berilgan.
Insonga sо‘z kabi kuchli ta’sir etadigan qudratli vosita yо‘q. Ba’zan kо‘cha-
kuyda ayrim insonlarning sо‘zdan noо‘rin va e’tiborsiz holda, sо‘zlarni qо‘pol 
ravishda buzib foydalanayotganini kо‘rganiningizda dilingiz ranjiydi. Ana shunda
bobomiz Alisher Navoiy о‘zlarining “Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz”, – degan 
hikmati bilan nechog‘lik haq bо‘lganligiga amin bо‘lasiz. О‘z nutqiga, tiliga bee’tibor 
kishi, albatta, xalqiga nisbatan ham bepisand bо‘ladi. Buning sababini topishga 
urinamiz. Bizningcha, buning tub ildizini insonning bolalik davridan izlash kerak. 
Chunki bolalik davrida olingan bilim, tarbiya odamning xotirasida umrining 
oxirigacha muhrlanib qoladi. 
Shuning uchun bola ilk ta’lim-tarbiyani oladigan boshlang‘ich sinflardan 
boshlab ularning nutqiga alohida e’tibor berish talab etiladi. О‘quvchilarning ongiga 
nutq – bu ularning kо‘rki, ziynati ekanligi, qolaversa, madaniyatini belgilab beruvchi 
omil ekanligini singdirish zarur. 
Nutq fikrni bayon etish vositasi bо‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli 
hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni о‘stirish sharti esa 
fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni 
muvaffaqiyatli о‘stirish mumkin. Shuning uchun о‘quvchilar nutqini о‘stirishda 
materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va 
mantiqiy fikrlashga yо‘naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi. 
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy 
bо‘lishini ta’minlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, 
nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini о‘rganishning muhim vositasi 
bо‘lib xizmat qiladi. Nutqdan о‘quvchi fikriy rivojining asosiy о‘lchovlaridan biri 
sifatida foydalaniladi. О‘quvchining barcha о‘quv predmetlaridan materialni 
о‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni 
о‘quvchi о‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga 
bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaraladi. 


- 123 - 
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bо‘lmaydi, nutq tafakkur asosida 
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, 
nutqning о‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. 
Boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilar nutqini rivojlantirishning asosiy omili – bu 
lug‘at ustida ishlashdir. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan о‘zaro 
bog‘langan, mazmunga mos sо‘z va sо‘z birikmalarining ma’lum izchillikda 
joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bо‘lsa, 
uning nutqi ham shunchalik boy bо‘ladi; о‘z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga 
keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi, 
harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli о‘stirishning muhim sharti 
hisoblanadi. 
Maktabda nutq о‘stirishning muhim vazifalaridan biri lug‘at ustida ishlashni 
yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yо‘nalishlarini ajratish va asoslash, 
о‘quvchilarning lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. 
Sо‘zlarning ma’nosini tushuntirish о‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini 
о‘stiradi. Sо‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy
mavzusidan о‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak. Buning uchun о‘qituvchi 
har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bо‘lgan sо‘zlarni, 
uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi о‘rnida tushuntirishni 
belgilab oladi. 
Nutqning chiroyli bо‘lishida sinonimlar juda katta ahamiyatga ega. Sinonimlar 
tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday sо‘zlar bilan ishlash juda 
muhim. Kishi lug‘atida sinonimlar qancha kо‘p bо‘lsa, uning til ifodaliligi shuncha 
ortadi.
Sinonimlar bir-biridan qо‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bо‘yog‘i, 
qо‘llanilishi jihatidan о‘zaro farqlanadi. Katta, ulug‘, buyuk, zо‘r, azim, ulkan, 
bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan sо‘zlardan katta 
sо‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum 
tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug‘, buyuk, zо‘r, azim, ulkan sо‘zlari 
hajmi ancha katta bо‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli sо‘zlari esa о‘lchovi juda 
katta bо‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy 
uslubga xos bо‘lib, asosan, joy, qurilishga nisbatan qо‘llanadi. Yuz, aft, bashara, 
chehra, turq, oraz, ruxsor, jamol sinonimik qatorida yuz neytral sо‘z hisoblanadi. Aft, 
bashara, turq sо‘zlari salbiy bо‘yoqdor hisoblanadi. Chehra, oraz, ruxsor sо‘zlari 
tarixiy shaklga ega bо‘lib ijobiy ma’noda ishlatiladi. 
Bundan tashqari, sovg‘a, hadya, in’om, tuhfa, tortiq sо‘zlarini qо‘llaganda, 
ularning ham ma’nolarini farqlash talab etiladi. Masalan, sovg‘ani hamma uchun 
berish mumkin. Lekin hadya faqatgina yaqin insonlarga nisbatan aytiladi. Tuhfa, 
in’om sо‘zlari kо‘proq badiiy nutqqa xos.
Yuqoridagilarni hisobga olib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflardan 
boshlab о‘quvchilarga har bir sо‘zdan tо‘g‘ri va о‘rinli foydalanish, о‘z nutqiga 
e’tiborli bо‘lishga о‘rgatish zarur. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling