O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Адабиётлар: 
1. Абдуллаев И.Х., Сейтджелилова Э.С. Амалий география фанини ўқитишда 
инновацион технологиялар. –Т.:2015 
2. Образование: сокрытое сокровище. Основные положения Доклада Международной 
комиссии по образованию для XXI века // http://www.ifap.ru/library/book201.pdf.  Тихомирова 
О.Б., Кобелева Е.М. 
3. Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг электрон сайти: 
www.uzedu.uz. 
4. Тошкент шахар халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва уларнинг 
малакасини ошириш ҳудудий маркази: www.giu.uz 
5. Ижтимоий ахборот таълим портали: www. ziyonet. uz. 
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA ARALASH O‘QITISH – BLENDED 
LEARNING USLUBINING AFZAL JIHATLARI
Umarov Sanjar Sunnatovich – Samarqand viloyati XTXQTMOHM o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya. Maqolada aralash o‘qitish tushunchasi bayon etilgan. Aralash 
o‘qitish uning rivojlanishi hamda hozirgi paytdagi ahamiyati va tutgan o‘rni haqida 
tushunchalar yozilgan. Aralash o‘qitish va a’nanaviy ta’lim uslublari taqqoslangan. 
Ilm o‘rgatish – bu faqat boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashgina emas, balki o‘z–
o‘zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o‘z–o‘zini shakllantiruvchi ilmga 


- 204 - 
intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga o‘tishga mahkumdir. Bunday o‘tishning 
yuzaga kelshidagi asosiy shartlar quyidagilardir: innovatsion texnologiyalarni 
uzluksiz egallab borish asosiga qurilgan mo‘tadil ishlaydigan iqtisodiyot; zaruriy 
qo‘llab-quvvatlashlarga ega bo‘lgan jamiyat va samarali ishlaydigan ilmiy ijtimoiy 
institutning mavjudligi, bu institut o‘zining barcha asosiy maqsad va vazifalarini turli 
tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida 
o‘rgatishni amalga oshirishga qaratadi; rivojlangan demokratik institutning 
mavjudligi; huquqiy normalarning haqqoniyligidir.
Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan 
yangilangan malaka talablari o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim texnologiyalari va 
ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati 
va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish bo‘yicha kompetensiyalarini 
muntazam yuksaltirish hozirgi davrning talabidir. Ushbu vaziyatdan chiqish 
usullaridan birini o‘quv jarayonini jadallashtirishda pedagogikadagi yangiliklar 
yordamga keladi. Ta’lim innovatsion texnologiyasi, o‘quv jarayonini tashkil 
etishning belgilangan shakli sifatida, me’yoriy hujjat darajasida bir xil ta’lim 
sharoitida o‘xshash natijalarni, shu jumladan metodik, tashkiliy va texnik 
xususiyatdagi ba’zi yangiliklarni ko‘paytirishni kafolatlashi kerak. Shiddat bilan joriy 
etilayotgan bunday texnologiyalardan biri bu “blended-learning” texnologiyasi. 
Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim olish va malaka oshirishning internet 
texnologiyalariga asoslanganligini inobatga olgan holda, aralash ta’limni qo‘llash 
metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Aralash ta’lim 
zamonaviy ta’limning nisbatan yangi va tobora ommalashib borayotgan shakli 
sanalib, onlayn o‘quv materiallari hamda o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim 
olishga asoslangan o‘qitish shaklidir. Elektron ta’lim qanchalik qulay bo‘lmasin, 
ana’naviy ta’lim natijasida olinadigan nutq va ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalarning 
rivojlanish darajasini bera olmaydi. Shunga qaramay elektron ta’lim an’anaviy 
ta’limga nisbatan samarali natija bermoqda. Buning natijasida an’anaviy ta’limning 
elektron ta’lim bilan birgalikdagi, ya’ni aralashgan holdagi turi samarali natija berishi 
yaqqol ko‘rinmoqda. Aralash ta’lim an’anaviy, masofaviy va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalariiv ta’limning birgalikda olib borilishidir. An’anaviy 
ta’lim insonlarda muloqot qobiliyatini rivojlantirib, ijtimoiylashtirsa, elektron ta’lim 
bilim olish jarayonini tezlashtiradi.[2]
O‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining vazifasi 
ma’ruzalar, videolar, taqdimotlar va hokazolarni uzatish va saqlash hisoblanadi. 
Aralash ta’limda ushbu funksiyalar o‘quv jarayonida o‘qituvchilar va tinglovchi 
o‘rtasida o‘zaro muloqot va shu muloqotni amalga oshirishga qaratilgan. Muloqot 
texnologiya orqali qo‘llab-quvvatlanadi: suhbatlar, bloglar, videokonferensiya, 
vebinar va boshqalar.[1] 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta’lim va aralash ta’lim 
o‘rtasidagi farqning oxirgi mezonlari o‘quv jarayonida o‘qituvchining roli 
hisoblanadi. 
Avvalo, 
ta’lim 
jarayonida 
o‘qituvchining 
o‘rni 
axborot 


- 205 - 
texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan o‘zgarib borayotganini aytish kerak. Bu endi 
klassik o‘qituvchi emas, balki ta’lim muhiti bo‘yicha yo‘naltiruvchi yoki 
maslahatchidir. 
Aralash ta’limda o‘qituvchining o‘rni o‘quv jarayonini tashkil etuvchi bo‘lib, 
o‘qituvchi tinglovchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etadi va qo‘llab-quvvatlaydi. 
Blended learning (Aralash ta’lim) -bu kompyuter grafikasi, audio va video
interfaol elementlar va boshqalar kabi maxsus axborot texnologiyalaridan 
foydalanadigan elektron o‘qitish elementlari bilan sinfda o‘qitishning an’anaviy 
shakllarining kombinatsiyasi. Blended learning-onlayn oʼquv materiallari hamda 
oʼqituvchi rahbarligida guruhda taʼlim olishga asoslangan oʼqitish shakli. Ushbu 
shakldagi oʼqitish jarayonida tinglovchi mustaqil taʼlim oladi, ammo ayni vaqtda 
unga guruh va oʼqituvchi tomonidan yordam koʼrsatiladi. 
Guruhli mashgʼulotlar davomida aralash oʼqitish “blended learning”ning 
qoʼllanilishi tufayli har bir talaba oʼquv materiallarini oʼzlashtirish borasida oʼzida 
roʼy berayotgan ijobiy oʼzgarishlarni namoyon etgan holda muloqot koʼnikmalarini 
oʼzlashtirib boradi, oʼtilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni oʼrganishga 
tayyorlanadi. Aralash ta’lim koʼp holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim 
maʼlumotlar negizida tashkil etiladi, qoʼshimcha materiallar esa talabaga onlayn 
platforma orqali uzatib beriladi. 
Tinglovchilar mustaqil taʼlim olar ekan, guruhning boshqa aʼzolari bilan onlayn 
rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi. 
Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashgʼulotlar vaqt miqdori 
boʼyicha oʼzaro mos kelishi turlicha oʼzgarib turishi mumkin.
Xulosa qilganda, elektron taʼlim jarayonini malaka oshirish tizimida to‘liq 
tashkillashtirish hozirgi zamon talabidir. Shuning uchun blended learning (aralash 
ta’lim) asosida taʼlim tizimi tashkil etishni yoʼlga qoʼyish maqsadga muvofiq. Bu 
borada aralash taʼlim ananaviy va masofali ta’lim tizimida oʼqitish ishlarini 
takomillashtrish, ommalashtirish, aralash taʼlim boʼyicha rivojlangan davlatlar 
tajribasini chuqur oʼrganish aralash taʼlim milliy modelini yaratilishiga imkon 
yaratadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling