O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
XALQ TA’LIMI TIZIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI 
OSHIRISH ISTIQBOLLARI 
S. Eshqobilov – A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI tayanch doktoranti 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim muassasalari axborot texnologiyalri 
infrastrukturasi, boshqarishda axborot texnologiyalari, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari yordamida ta’lim sifat va samaradorligini oshirish masalalari haqida 
so‘z boradi.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi 
prezident 
farmonida 
pedagog 
xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida 
o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har 
tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy 
ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni 


- 170 - 
ommalashtirish kabi asosiy yo‘nalishlar belgilangan. Ushbu vazifalarni zamonaviy 
axborot texnologiyalari asosida zamonaviy platformalarni joriy etish orqali 
muvaffaqiyatli bajarish mumkin. XXI asr – axborot texnologiyalari asri bo‘lib, kun 
sayin axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) millionlab odamlarning 
muomalasi uchun kundalik vosita bo‘lib qolmoqda. 2020 yil dekabr holatiga ko‘ra 
yer sharidagi 5,053,911,722 kishi, ya’ni sayyoramizning aholisining 64,2%, shu 
jumladan O‘zbekistonda 17761534 (yoki respublikamiz aholisining 52,3%) Internet 
foydalanuvchilari AKT vositasi orqali ta’limiy, kasbiy va shaxsiy muloqotda ishtirok 
etmoqda (
www.internetworldstats.com/stats.htm
). 
Yangi axborot texnologiyalari inson ongiga yangi xarakter bag‘ishlay oladigan 
vosita bo‘lib qolishi mumkin. Avvalambor shuni aytish kerakki, kompyuterdan 
foydalanib, biron-bir vaziyatni modellashtirish ko‘nikmasi tizimli fikrlashni, 
tafakkurni tarbiyalashga ko‘maklashadiki, bu borada madaniy, axloqiy qadriyatlar 
yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etishda ustuvor ahamiyat kasb etib qoladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasisida xalq ta’limi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy 
yo‘nalishlari sifatida “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The 
Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni 
baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga 
kirishiga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash
shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish; o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi 
sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion 
loyihalarni joriy etish;.” kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shu bilan birga 
konsepsiyada xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar sifatida 
“davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini boshqarish, 
ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi” ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mamlakatimiz reytingini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim 
tizimida, shu jumladan xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari 
malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayonida samarali foydalanishning istiqbolli 
yo‘nalishlari nimalarga bog‘liq? 
Malaka oshirish tizimida AKT vositalaridan samarali foydalangan holda 
umumiy o‘rta ta’lim sohasida menejer kurslarini bugungi kun talablari asosida tashkil 
etish muhim masalalardan hisoblanadi. Ta’lim muassasasining zamonaviy rahbari – 
menejeri axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid zaruriy ko‘nikmalari 
axborotlarni izlash, saqlash va qayta ishlash hamda ulardan mantiqli va tizimli 
ravishda foydalanish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushunish, reallikni 
virtuallikdan farqlay olish, axborot xavfsizligiga oid tahdidlarning oldini olish va 
bartaraf etish bo‘yicha ishlarini amalga oshirish kabilardan iborat bo‘ladi. AKTdan 
foydalanuvchi rahbarlar kompleksli axborotlarni tushunish, yaratish va takdim eta 
olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, Internetga asoslangan xizmatlardan foydalanish 
layoqatiga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Shuning bilan birga, ular AKTdan 


- 171 - 
mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va ratsional yondashuv asosida boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish hamda yangiliklar yaratishda foydalana olishlari kerak. Rahbarlar 
AKTdan foydalanishlarida mavjud axborotga tanqidiy va reflektiv munosabatda 
bo‘lishni va interaktiv davlat xizmatlari ma’lumotlaridan foydalanishda mas’uliyatli 
bo‘lishlari talab etiladi. Ijtimoiy va kasbiy maqsadlarni ko‘zlab turli ijtimoiy 
tarmoqlarda ishtirok etishda xam mazkur layoqat o‘ta muhim hisoblanadi. Shular 
bilan birga rahbarlar
AKTning ta’limdagi ahamiyatini tushunishlari; o‘quv reja 
mazmuni va mohiyatini anglashlari va baholashlari; o‘qitish jarayonida AKTdan 
foydalanish uchun yetarli sharoitlar yaratish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari; o‘quv 
jarayonini tashkillashtirish va boshqarish; o‘kituvchilarning kasbiy izlanishlari uchun 
keng imkoniyatlar yaratib berishlari muhim. 
Rahbarning “AKT savodxonligidan”dan “kasbiy izlanishi”ga o‘tishdagi o‘quv 
malakalarigacha o‘sish jarayoni rahbarlar faoliyatining quyida keltirilgan turli xil 
murakkablikdagi bosqichlarini tavsiflashda ham o‘z aksini topishi lozim: 
“tushunmoq”, “ko‘rib chiqmoq” (AKTni ta’limdagi ahamiyatini tushunish); 
“anglab yetmoq”, “tuzmoq” (o‘quv reja mazmuni mohiyatini anglash va 
baxolash tizimi);
“foydalanmoq”, “muhokama qilmoq, mulohaza yuritmoq va baholamoq” (AKT 
asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish); 
“namoyish qilish”, “taklif qilmoq”, “o‘zgartirishlar kiritadi”, “yaratmoq”, 
“ta’minlamok” (o‘quv jarayonini tashkillashtirish va boshqarish); 
“izlanmok” (rahbarning va o‘qituvchilarning kasbiy izlanishi). 
Bugungi kunda xalq ta’limi tizmida axborot kommunikasiya texnologiyalrini 
keng joriy etish, boshqaruvda va o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim platformalarini 
tadbiq etish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga respublikamiz umumta’lim 
maktablari axborot infrastrukturasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, 
mamlakatimiz turli hududlarida tarmoq axborot texnologiyalariga murojaat qilish 
imkoniyatlari cheklanganligi, Internet tezligi va xizmatlaridan foydalanish 
narxlarining turlichaligi muammolari mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
uchun 
O‘zbekistonning barcha hududlari va tarmoqlarida ustuvor rivojlantirishni 
ta’minlashga qaratilgan maqsadli moliyalashtirishni amalga oshirish va 
investitsiyalarni jalb qilish; 
ilg‘or, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llagan holda yuqori malakali 
rahbarlar va mutaxassislarni litsenziya asosida tayyorlash; 
o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid 
malakalarini doimiy ravishda oshirib borish; 
mamlakatimizda axborot texnologiyalari infrastrukturasini jadal sur’atlar bilan 
rivojlantirish;
keng qatlamdagi foydalanuvchilar, o‘quvchilar uchun AKT savodxonligini 
oshirish, ta’lim berish va o‘qitish orqali inson imkoniyatlarini o‘stirishga 
yo‘naltirilgan masofadan o‘qitish kurslarini tashkil etish;


- 172 - 
axborotlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlashga oid huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarni takomillashtirish; 
Milliy Internet segmentini rivojlantirishda axborot resurslari, shu jumladan UZ 
domeni zonasida faol ta’limga oid saytlar sonini va ularning sifatini oshirish; 
O‘zbekistonda kam ta’minlangan va olis hududlarda joylashgan ta’lim 
muassasalarga AKTni joriy etishga alohidan nazoratga olish. 
Shuni ta’kidlash joizki, xalq ta’limi tizimida axborot kommunikatsion 
texnologiyalarni joriy etish axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish jarayonini 
takomillashtiradi. Kompyuter, internet va multimedia vositalari yordamida 
o‘quvchilarga axborotning katta hajmini o‘zlashtirish, muloqot olib borish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyalarini oshirish, 
bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va natijada esa butun ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling