O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021



- 1 - 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
 
ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY- TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
 
«Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy
 
rivojlantirishning dolzarb masalalari» 
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari 
 (2021-yil 28-may
 
Toshkent – 2021 


- 2 - 
«
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy
rivojlantirishning dolzarb 
masalalari
» Toshkent: - 2021-y. 269 bet. 
 
Tahrir hay’ati raisi: A.Radjiyev – Institut direktori.
 
 
 
 
Tahrir hay’ati: A.Baxramov, F.Karimov, B.Pulatov, M.Ergasheva,
M.Abdullayeva, A.Gaffarov, B.Qarshiyev, D.Pulatova, N.Ermetova 
Nashr uchun mas’ul: A.Baxramov. 
Dizayn va sahifalash: G.Bekmuradova, G.Amanova
 
Matnlarda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun mualliflar 
javobgardirlar. 
A.Avloniy nomidagi ITI Ilmiy kengash nashrga tavsiya etgan (2021-yil 10-iyundagi
2 - son bayonnoma). 
© A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini 
belgilash ilmiy-tadqiqot instituti. 
2021 yil.
 


- 3 - 
Kirish 
Mamlakatimizda barkamol avlodni yetishtirish, yoshlarni har tomonlama puxta 
ta’lim olishini ta’minlash, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida 
kamol toptirish, jamiyatimizning mustaqil fikrlay oladigan faol fuqarosi sifatida 
tarbiyalash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida 
e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda qaror topgan uzlyuksiz 
ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichiga, ayniqsa maktab ta’limini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi 
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son 
Qarorida xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjatlar bilan 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad 
mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda 
o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni 
yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim tizimida 
xususiy sektor ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlarning mantiqiy davomi va ijrosi sifatida 
malaka oshirish sohasini tubdan yangilash bo‘yicha davlatimiz rahbarining «Xalq 
ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzlyuksiz 
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4963-son 
qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorning qabul qilinishi xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish ishlarini jadallashtirdi. Qaror 
qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra soha xodimlari 3-5 yilda bir 
marta – 144 soatlik dastur asosida bir oy muddatli malaka oshirish kurslariga jalb 
qilinar edi. Joriy qilinayotgan yangi tartibga ko‘ra xalq ta’limi muassasalarining 
rahbar, pedagog va mutaxassis xodimmlari har yili 30-36 soatlik dastur asosida 
malaka oshirishlari lozim bo‘ladi. Ya’ni, xalq ta’limi xodimlarining har yili malaka 
oshirishlarini nazarda tutuvchi «hayot davomidagi kasbiy uzluksiz kasbiy rivojlanish 
ta’limi» joriy etilmoqda. Avvalgi tartibga ko‘ra har yili soha xodimlarining faqat 20 
foizi malaka oshirishga jalb qilingan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra ularning barchasi, 
ya’ni 100 foizi har yili malaka oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi
78-F Farmoyishi bilan tasdiqlangan “2021-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan 
ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash yuzasidan A.Avloniy 


- 4 - 
nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida 2021-yilning 28-may kuni “Xalq ta’limi 
xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida 
Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada xorijiy 
ekspertlar, institutning xalqaro hamkorlari, mamlakatimiz oliy ta’lim tashkilotlari 
hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim 
muassasalari professor-o‘qituvchilari, ta’limni boshqaruv idoralari mutaxassislari
ilmiy-uslubiy muassasalar xodimlari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar anjuman 
mavzusi doirasidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 
Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi – xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining dolzarb masalalarini, shuningdek, 
soha xodimlarining malakasi oshirish tizimidagi islohotlar va ularning natijalarini soha 
rahbarlari, mutaxassislari, olimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan tahlil qilish
ilg‘or tajribalarni umumlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llarini 
muhokama qilish asosida navbatdagi vazifalarni belgilab olishdir. 
Mazkur to‘plam ilmiy konferensiya ma’ruzalari asosida shakllantirilgan.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning ishi quyidagi 5 ta sho‘ba yo‘nalishi bo‘yicha 
tashkil qilindi: 
1-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning 
ehtiyojlarga asoslangan samarali tizimini joriy etish: muammo va yechimlar; 
2-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish ta’limi 
mazmunini takomillashtirishning dolzarb masalalari; 
3-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda 
masofaviy ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish 
masalalari; 
4-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimini isloh qilishda 
xorij tajribasini o‘rganish va hamkorlikni amalga oshirish masalalari;
5-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda 
sifat va samaradorlikni ta’minlash masalalari.
Yalpi majlis va sho‘balar yig‘ilishida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida 
konferensiyaning yakuni bo‘yicha tavsiyalar, mazkur tavsiyalar asosida qarorlar 
qabul qilindi.
Yalpi majlis va sho‘balar majlislarida tinglangan ma’ruzalar, muzokaralar, 
munozaralar asosida qabul qilingan takliflar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish tizimini zamon talablariga asosan rivojlantirishga,
tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muvafaqqiyati va 
samaradorligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi, deb umid bildiramiz. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling