O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


XALQ TAʼLIMI XODIMLARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

XALQ TAʼLIMI XODIMLARINI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH 
TIZIMI: ISLOHOTLAR, NATIJALAR VA ISTIQBOLLAR 
A.Radjiyev 
A.Avloniy nomidagi XTMO‘IBITI direktori
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori 
 
Annotatsiya 
Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimida amalga oshirilayotgan 
islohotlar. Tizimdagi monopoliyaning barham topishi. Davriylik o‘rniga uzluksizlik. 
Pedagog xodimning o‘zi istagan vaqtda, istagan hududda o‘qish imkoniyati. 
«Uzluksiz kasbiy ta’lim» elektron platformasi. Elektron platformadan foydalanib 
tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining dastlabki natijalari. Uzluksiz kasbiy 
rivojlanish ta’limini joriy etishning istiqbollari. 
Реформы в системе повышения квалификации работников народного 
образования. Упразднение монополии в системе. Непрерывность вместо 
периодичности. Педагог имеет возможность учиться в любое время, в любом 
регионе. Электронная платформа «Дополнительное профессиональное 
образование». Предварительные результаты курсов повышения квалификации, 
организованных с использованием электронной платформы. Перспективы 
внедрения непрерывного профессионального образования. 
Reforms in the system of professional development of public education 
personnel. Abolition of monopoly in the system. Continuity instead of periodicity. The 
teacher has the opportunity to study at any time, in any region. Electronic platform 
“Additional professional education”. Preliminary results of inservice courses 
organized using the electronic platform. Prospects for the introduction of continuing 
professional education. 


- 8 - 
Ta’lim tizimi bugun amalga oshirilayotgan islohot ertagayoq ko‘zga 
tashlanadigan tizim emas. Unda yutuqlar ham yo‘qotishlar ham bir necha yil o‘tib 
ko‘zga tashlanadi. Ammo uzoqni ko‘zlab qilingan reja, tashlangan qadam albatta o‘z 
ijobiy samarasini beradi. 
Bunda dunyo tajribasi muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda xalq ta’limi 
tizimida xorijiy tajribalar asosida islohotlarni amalga oshirish, yangiliklarni joriy 
qilishga e’tibor qaratilmoqda. 
Bunda ta’lim sifatini oshirish, eng muhimi, pedagoglar, tizimda faoliyat 
yuritadigan boshqa mutaxassislar malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi tezkor zamonda ta’limda ham har kuni qandaydir yangiliklar yuz 
bermoqda. Kecha samarali hisoblangan o‘qitish metodlari bugungi talablarga javob 
berolmay qolishi mumkin. O‘qitishga doir ma’lumotlar oy sayin yangilanib borayapti. 
Bu tabiiy jarayon. O‘zgarish, o‘sish, degani ham aslida shu. Bu jadallik orasida 
o‘qituvchi ham o‘z bilim, ko‘nikma va malakasini mos ravishda rivojlantirib borishi 
shart. Pedagog mutaxassislarning zimmasida katta mas’uliyat bor. 
Malaka oshirish sohasini tubdan yangilash bo‘yicha davlat rahbarining
2021-yil 25-yanvardagi «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarori bilan sohada yangi tartib joriy etilmoqda. Ya’ni, amaldagi tartibga 
muvofiq, xalq ta’limi xodimlari, shu jumladan, o‘qituvchilar har 5 yilda bir marta bir 
oylik malaka oshirish kursiga jalb qilinar edi.
Endi ular 5 yilda bir marta emas, balki yil davomida, uzluksiz o‘z malakasini 
takomillashtirib borishi mumkin. Bu ularning o‘ziga, zimmasidagi mas’uliyatni his 
etishiga bog‘liq. Ilgari 5 yilda bir marta 144 soat malaka oshirgan bo‘lsa, endilikda 
o‘qituvchilar yil davomida, kamida 36 soatlik o‘qishlarga jalb qilinadi. 
Shuning uchun xalq ta’limi xodimlarining muntazam kasbiy rivojlanishini 
nazarda tutuvchi «hayot davomidagi uzluksiz kasbiy rivojlanish ta’limi» joriy 
etilmoqda. Avvalgi tartibga ko‘ra har yili o‘qituvchilarning faqat 20 foizi malaka 
oshirishga jalb qilingan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, o‘qituvchilar yuz foiz tarkibda yil 
davomida malaka oshiradi. 
Xalq ta’limi xodimlari faqat xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish 
muassasalarida emas, balki o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, hududlarda joylashgan istalgan oliy 
ta’lim muassasasi yoki nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishi mumkin. Bu 
malaka oshirishlar mutlaqo bepul va elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Ya’ni 
o‘qituvchi o‘zi istagan vaqtda, istalgan hududda o‘qish imkoniyatiga ega. 
2021-yilning 1-mart sanasidan boshlab, tuman xalq ta’limi bo‘limlari fan 
metodistlari uchun Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining «Uzluksiz 
kasbiy ta’lim» elektron platformasi orqali malaka oshirishi yo‘lga qo‘yildi. Mart va 


- 9 - 
aprel oylarida platforma orqali kredit moduli asosida 1688 ta fan metodisti o‘qitilib, 
tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi. 
2021-yilning iyun oyida institutda umumta’lim maktablari direktorlari uchun 
o‘qitish boshlanadi. Umumta’lim maktablari direktorlari uchun maydonchada 192 ta 
videodarslar joylashtirilgan. 
Mazkur elektron platforma orqali trening tashkil etish qanchalik samarali, degan 
savol tug‘ilishi mumkin. “Qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi“ maxsus elektron 
platformasi imkoniyatlari haqida gapirganda, uning “tas-ix” tarmog‘ida joylashganligi 
juda qulay ekanligini aytish joiz. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, u shaxsiy 
kabinetga kirish huquqiga ega. Malaka oshirish kursidan o‘tmasdan oldin kasbiy 
vakolatlar diagnostikasi o‘tkaziladi. Uning natijalari asosida individual kasbiy 
rivojlanish traektoriyasi shakllantirilmoqda. 
Platformaning yana bir afzalligi shundaki, agar tinglovchilardan biri onlayn 
vebinarda ishtirok eta olmasa, u veb-seminarning arxiviga kirishi mumkin. 
Shuningdek, veb-seminar davomida turli xil onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish mumkin. 
Platformani rivojlantirish davom etmoqda. Yangi tizim orqali oraliq test hamda malaka 
ishi himoyasidan voz kechildi. Yakuniy attestatsiya sinovlari avvalgi tartibda, ya’ni bir 
oylik kurslarda mavjud edi.
Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilishi nazarda 
tutilgani uchun ayrim kurslar bir oy davomiylikda tashkil etilmoqda. Biroq ularda 
mavjud bo‘lgan yakuniy test sinovlarini topshirish borasidagi har qanday cheklovlar 
olib tashlandi. Endi tinglovchi sinovlarni ijobiy natijaga erishgunga qadar qancha kerak 
bo‘lsa, shuncha topshirishi mumkin. Bu esa sohada mavjud korrupsion holatlarga 
barham berish imkoniyatini beradi. 
Mazkur tartibga ko‘ra, malaka oshirish kursida o‘qish qisqa muddatli o‘quv 
modullarini o‘zlashtirishdan iborat. Bunda yakuniy sinovlar bo‘lmaydi. Har bir o‘quv 
moduli uning qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlash imkoniyatini beruvchi nazorat 
savollari, test yoki keyslar bilan yakunlanadi. O‘quv modulini o‘zlashtirish sur’ati va 
uning yakunidagi sinovlarni topshirish muddatlarini belgilash malaka oshirayotgan 
o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. 
Boshlangan har qanday o‘quv moduli muayyan muddat davomida 
o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq. Aynan ana shu muddatda o‘quv modulining sinov 
topshiriqlari ham topshirilishi lozim. Hozirda mazkur muddat cheklanmagan, ya’ni 
o‘quv moduli bir yil davomida o‘zlashtirilishi imkoniyati mavjud. Ya’ni xodim 
yakuniy testda yetarli ballarni to‘plamaguncha shu modulni takror o‘rganadi. 
Muhim bir jihat – agar o‘qituvchi shuncha vaqt ichida ham yetarli natija ko‘rsata 
olmasa qanday chora ko‘riladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. «Ta’lim to‘g‘risida» 
qonunning 46-moddasiga muvofiq, har bir o‘qituvchi o‘z malakasini muntazam 


- 10 - 
ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy 
attestatsiyadan o‘tishi majburiyati belgilangan.
Uzrsiz sabablarga ko‘ra malaka oshirish dasturlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirmagan 
o‘qituvchilar attestatsiya jarayonlariga qo‘yilmaydi, ya’ni attestatsiyadan o‘tmagan 
hisoblanadi. Bu esa ularning o‘qituvchilik lavozimiga qay darajada muvofiqligiga 
nisbatan ertami-kechmi mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan choralar ko‘rilishiga 
sabab bo‘ladi. O‘z kasbiy mahoratini oshirishni istamaydigan yoki bunday salohiyatga 
ega bo‘lmagan o‘qituvchi bolalarimizga dars berishi mumkin emas. 
Malaka oshirish tizimiga nodavlat ta’lim tashkilotlari jalb qilinayapti. Bu xalq 
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi davlat ta’lim 
muassasalari monopoliyasi tugatilayapti, degani. Endi sohada sog‘lom raqobat muhiti 
shakllanadi. Sog‘lom raqobat ta’lim sifati oshishiga olib keladi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish 
bo‘yicha xarajatlari davlat budjetining mazkur sohaga ajratilgan mablag‘lari hisobidan 
qoplanadi. Eng muhim jihatlardan biri bu – ta’lim mazmuni. Malaka oshirish 
kurslarining kontentlarini yaratadigan professor-o‘qituvchilar tinimsiz o‘z ustida 
ishlashi, izlanishlar olib borishi va har oyda o‘quv modullari mazmunini yangilashi 
belgilangan. Professor-o‘qituvchilar yaratilgan yangi yoki tinglovchilar ehtiyojidan 
kelib chiqib takomillashtirilgan mavjud o‘quv moduli, ya’ni yangilangan kontent 
uchun maosh oladi. 
Zamon talabiga javob bera olmay qolgan o‘quv modullari kurs dasturidan 
chiqariladi. Bu eskisining o‘rniga yangisi qo‘yilishi kerak, degani. Shuning uchun 
doimiy yangilanishlarni amalga oshirishga qodir bo‘lmagan professor-o‘qituvchi 
sohada ishlay olmaydi. Yangi-yangi o‘quv modullari yaratiladi va mazkur jarayon 
cheksiz davom etadi. Zero, xalq ta’limi xodimlarining kasbiy rivojlanishi uzluksiz va 
ularning butun kasbiy faoliyati mobaynida davom etadi. 
Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimining natijalari bir-ikki yildayoq ko‘zga 
tashlana boshlaydi. Bu, avvalo, maktab o‘qituvchilari va rahbarlarining dunyoqarashi, 
bilimi va ko‘nikmalarida aks etadi. Har 5 yilda bir marta uning shaxsiy ehtiyojlari 
hisobga olinmagan kurs dasturlarini o‘zlashtirishga majbur bo‘lgan xodim, endi o‘z 
xohishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib kurs mazmunini o‘zi shakllantiradi va 
o‘zlashtiradi. 
Shu tarzda o‘z bilim va ko‘nikmalaridagi mavjud kamchiliklarni tuzatgan va 
yangiliklarni o‘zlashtirgan o‘qituvchi, albatta, sifat jihatidan bir pog‘ona ko‘tariladi. 
Maqsad, pedagogning saviyasini yanada oshirish. Bu yo‘lda qancha yangilikni joriy 
etish kerak bo‘lsa, hammasi amalga oshiriladi 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling