O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi 
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-
6108-son farmoni. \\QHMMB: 06/20/6108/1483-son/. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini 
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4884-son qarori. 
\\QHMMB: 07/20/4884/1484-son. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy 
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son qarori. \\ QHMMB: 07/21/4963/0064-son. 
4. Обучение на протяжении жизни в условиях новой экономики. (Серия “Актуальные 
вопросы развития образования”) - М.: “Алекс”, 2006. - 264 с. 
 
 
PEDAGOGIK JARAYONLARDA PAYDO BO‘LGAN
NIZOLARNI YECHA BILISH 
L.R. Gaynutdinova – O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik - 
psixologik respublika tashxis markazi direktori
Annotatsiya: Ta’lim-tarbiya paytida shuningdek, oila turmushida har qanaqa 
kelishmovchiliklar, qaramaqarshiliklar, tushunmasliklar yuz beradi, ularni echish 
har qanday nizoli situatsiyalarning oldini olish muammolari bilan pedagogik nizo 
(konflikt) ilmi shug‘ullanadi. 
Pedagogik jarayonlarda paydo bo‘lgan nizolarni yecha bilishimiz, shunday 
nizoli vaziyatlarning oldini ola bilishimiz zarur. Bu esa, ayniqsa, pedagoglar uchun 


- 20 - 
zarur hisoblanadi. Pedagogik jarayonlarda har xil vaziyatlar uchrashishi mumkin. 
Ular o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolar bo‘lib 
hisoblanadi. Maktablardagi har qanday pedagogik nizolar tinch yo‘l bilan 
pedagogning boshchiligida echilishi va u nizolarni bo‘ldirmaslikning oldi olinishi 
zarur bo‘ladi. Maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida yuz beradigan nizolar mazmuni 
bo‘yicha har xil bo‘lishi tabiiy. Maktablarda o‘quvchilar o‘quvchilar bilan bo‘lgan 
munosabatlarda muloqat tartibini buzib muloqatlar yasashi mumkin. Natijada esa 
kelishmovchilik, bir-birini tushinmaslik vaziyatlaridan nizolar kelib chiqadi. 
Maktablarda o‘quvchilar doim pedagoglar nazoratida bo‘ladi va paydo bo‘lgan 
nizolar pedagoglar boshchiligida o‘z echimini topadi. Ba’zan nizolar o‘qituvchilar 
o‘rtasida ham bo‘ladi, bu esa bir-birini tushunmaslik, biri-ikkinchisining psixik 
holatini hisobga olmasdan muloqat qilishidan kelib chiqishi bo‘lib topiladi. 
Pedagogik nizoni echishdan uning oldini olish bir qancha oson bo‘ladi. Pedagogik 
nizoning oldini olishning birdan-bir yo‘li pedagoglar bilan pedagoglar, pedagoglar 
bilan tarbiyachilar o‘rtasidagi munosabatni yaxshilashdan, bir-birini tushinib 
ishlashdan iborat. So‘ngi vaqtlari tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi 
munosabatlarga bog‘lik har turli fikrlar bo‘lmoqda. Pedagog o‘quvchilar bilan, har 
turli munosabatlarda bo‘lib, ular haqida har qanday ma’lumotlar oladi. Pedagogning 
o‘quvchilar bilan muloqatning qanday darajada amalga oshirilishi uning pedagogik 
maxoratiga bog‘lig bo‘ladi. Uning mahorati pedagogic qobilyatlardan va pedagogik 
texnikalardan iborat bo‘lib xisoblanadi.
Pedagogik qobilyatlar faqat o‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqatlarda kerak bo‘lib 
qolmasdan pedagogning butun pedagogik vazifalarida ham katta rol o‘ynaydi. 
O‘quvchilar bilan ishlashishda pedagogik sharoitlar tez-tez o‘zgarib turishlari 
mumkin, bunday sharoitda pedagogning asosiy vazifasi shu sharoitga tez o‘zgarishi, 
har qanday pedagogik sharoitga to‘g‘ri baho bera bilish, zarur bo‘lgan qarorni to‘g‘ri 
qabullashdan iborat. Agar tarbiyachi o‘quvchilarning ish xarakatini to‘g‘ri qabul etib, 
to‘g‘ri baho bera bilsa, u hodisalarning yuzaga kelgan sabablarini aniq ko‘ra olsa va 
unga qo‘shimcha bunday har turli chigallangan pedagogik hodisalarda o‘zini ushlab 
tuta bilish, sabirlilik, chidamlilik, tashkillashtirishi v.b. xususiyatlar pedagogik 
muloqatlarning samarali amalga oshirilishida katta axamiyatga ega bo‘ladi. 
O‘quvchilar bilan muloqot qilishda ularning yosh o‘zgachaliklarini hisobga olishning 
tarbiyaviy ahamiyati juda katta. O‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatlar 
tarbiyachining mahoratini ko‘rsatadi. Bu mahoratga ega bo‘lishi uchun tarbiyachi, 
nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. Nutq eng asosiy munosabat vositasi bo‘lib 
hisoblanadi. O‘quvchilar bilan fikrlashish, suhbat, ularga hikoyalar aytib berish, 
tushuntirish, maslahat berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish har turli munosabatlar faqat nutq 
orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar bilan qanday ishlarni olib bormaylik so‘zsiz 
munosabatda bo‘lish mumkin emas. O‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lishda 
ularning diqqatlarini shu suhbatga, yoki tushuntirishga harakat etishimiz kerak. Uning 
uchun dastlab tovushni ko‘tarib, kerak joyida pasaytib, yoki to‘xtab tovush 
intonatsiyalarini o‘zgartirib borish kerak. Har qanday aytiladigan fikrlar 
o‘quvchilarga ta’sirli, qiziqli, tushunarli bo‘lishi kerak. O‘quvchilar bilan bo‘lgan 
munosabatlarning maqsadi hamma vaqt nazarda bo‘lishi kerak (bilim berish, tarbiya 


- 21 - 
berish yoki shu olib borilayotgan tarbiyaviy maqsaddagi ishning asosiy ma’nosi 
amalga oshadigan bo‘lishi kerak). diqqatini og‘zaki aytilayotgan fikrlarga 
yo‘naltirish maqsadida shug‘ullanib, u ishning asosiy maqsadini esidan chiqarib 
qo‘yishlari mumkin. Har qanday suxbatlarni olib borishda suxbatlashuv faqat 
o‘quvchilargagina qiziqarli bo‘lib qolmasdan tarbiyachigada qiziqarli bo‘lishi lozim, 
tarbiyachining o‘zida chin ixlos bilan berilib, qiziqib olib borishlari kerak. 
O‘quvchilar bilan suxbatlashuv barosida hamma vaqt o‘quvchilarning his-tuyg‘u 
hisobga olib borishi kerak. Masalan:` Bola bilan yakka suxbatlashuvda bola xafa 
bo‘lib o‘tirgan bo‘lishi mumkin, bunday vaziyatda bolani normal holatga olib borib 
keyin tegishli bo‘lgan suxbatlashishni olib borish mumkin. U guruh bilan 
suhbatlashishni ayrim vaqtlari o‘quvchilar charchab o‘tirgan, yoki harakatli, sho‘x 
o‘yinlar bilan shug‘ilanishni maqul ko‘rib o‘tirgan bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonidagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy 
ta’sir qiladi va ularning bilim olish qobiliyatini pasaytiradi, guruhdagi ruhiy iqlimni 
yomonlashtiradi, o‘quvchilar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. Shuning uchun bu 
masalalarga doimo e’tibor berish, ta’lim olayotgan guruhlarni boshqarish, o‘quvchilar 
turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ta’lim jarayonida nizoli vaziyatlar 
olidini olishning barcha imkoniyatlardan foydalanish lozim. Pedagogik nizo qanday 
xarakterga ega bo‘lmasin va u qay darajada katta bo‘lmasin, barcha hollarda bu 
nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi 
lozim. O‘qituvchi har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan yetishi, 
tegishli xulosalar chiqarishi kerak. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling