O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va 
boshqa mukobil shakllarini joriy etish; 
xalq ta’limi xodimlariniing individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish 
natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning 
elektron portfoliosiga kiritish qayd etilgan. 
Bugungi kunda qo‘yilgan vazifalar ijrosi bosqichma-bosqich ta’minlab 
kelinmoqda, jumladan 2021-yilning 1-mart kunidan boshlab xalq ta’limi 
xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi joriy etildi.
Mazkur tizimga ko‘ra soha xodimlarining 3-5 yilda bir marta 144 soatlik 
dastur asosida davriy raivishdagi malaka oshirishlari o‘rniga har yili kamida 30-36 
soatlik dasturlar asosida doimiy malaka oshirib borishi tartibi joriy qilindi. 
Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi jarayonlarini tashkil 
qilish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” 
maxsus elektron platformasi ishlab chiqildi va ishga tushirildi. 
Soha xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini bosqichma-bosqich 
joriy etish vazifasini bajarish yuzasidan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan fan 
metodistlarining 1670 nafari o‘z malakalarini yangi tizimda oshirdilar. 
4. Uzluksiz kasbiy rivojlanishga innovatsiyalar: afzalliklari va o‘ziga xos 
murakkabliklari. 
Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimining joriy qilinishi davriylikni nazarda 
tutuvchi avvalgi tartiibga xos bo‘lgan qator ziddiyatlar va muammolarni bartaraf 
etadi. 
- xodimlarning yashash va ishlash joyidan bir oyga ajralishiga hojat qolmaydi; 
- 30-36 soatlik dastur bo‘yicha o‘qishni ishlab chiqarishdan ajralgan va 
ajralmagan holda amalga oshirish xodim va uning ish beruvchisi uchun ortiqcha 
murakkabliklarni keltirib chiqarmaydi; 
- 30-36 soatlik dastur bo‘yicha o‘qishni o‘qituvchilarning metodika kunlarida, 
o‘quvchilarning ta’tili vaqtida, shuningdek, masofadan o‘qish va mustaqil ta’lim 
shaklida amalga oshirish ham mumkin; 
- mustaqil ta’lim shaklida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron 
platformasidan foydalangan holda malaka oshirishda o‘qish muddatlarini va 
sur’atlarini xodimning o‘zi belgilaydi; 
- mazkur yangi tizimda reja bajarilgani yoki guruh to‘lgani uchun o‘qishga 
qabul qilmaslik muammolari mavjud emas; 
- “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi muhitida malaka 
oshirishda ta’lim olish jarayoni xodimning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini 
aniqlash asosida shakllantirilgan individual kasbiy rivojlanish traektoriyasiga binoan 
tashkil qilinadi; 


- 19 - 
- avvalgi tizimda har yili 90-100 ming xodimning malakasini oshirishga 
erishilgan bo‘lsa, yangi tizimda har yili barcha 500 минг nafar xodimning malakasini 
oshirish imkoniyati mavjud. 
Har qanday yangilikni joriy etishdagi kabi uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini 
joriy etishda ham quyidagi o‘ziga xos murakkabliklar mavjud: 
- katta yoshdagi ayrim xodimlarga xos bo‘lgan yangi tizimga o‘tishdagi 
hadiksirash tufayli, o‘rganib qolgan o‘qish tarzini ma’qul ko‘rish; 
- xodimlarda mustaqil ta’lim olish, o‘quv materiallarini tahliliy va tanqidiy 
o‘rganish ko‘nikma va malakalarining yetishmasligi; 
- uzluksiz kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quv modullarini yangi bilimlarni 
o‘zlashtirish uchun emas, balki nazorat savollariga bir ammalab javob topish orqali 
o‘zlashtirishga harakat qilish; 
- har bir malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv modullari kontentini 
yaratishga doir ishlar ko‘lamining kattaligi. 
Mazkur muammolar vaqtinchalik tavsifga ega bo‘lib, asta-sekin o‘zining 
yechimini topadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling