O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


 Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

2. Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish 
tiziminining inqirozi. 
Amaldagi tartibga ko‘ra pedagog kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar va 
mutaxassis xodimlar har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari belgilangan.
O‘qituvchining 5 yilda 1 oy, ya’ni 144 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka oshirishi 
va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o‘quvlarga jalb qilinmasligi, boz ustiga 
o‘qituvchilarimizda o‘zining ustida ishlash ko‘nikmalari yaxshi rivojlanmaganligi, 
ularning katta hajmdagi ta’limiy axborotlardan bahramand bo‘lmay qolishlariga va, 
natijada, ular dars berayotgan sinflardagi o‘quvchilar ham yangiliklardan bexabar 
bo‘lib qolishlariga olib kelmoqda. 
Haqiqatdan ham, soha xodimlarining amalda bo‘lib turgan malaka oshirish 
tartibi, bugungi kunga kelib, pedagog kadrlar va ularga ish beruvchilarning muntazam 
o‘zgarib borayotgan kasbiy ehtiyojlarini qondirolmay qoldi. Shu bois soha 
xodimlarini davriy ravishda emas, balki doimiy ravishda o‘qitib borish, malaka 
oshirish ta’limini xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib tashkil qilish - dolzarb 
masalaga aylanib qoldi. 
Bugungi kunda amalda bo‘lgan malaka oshirish shakllariga xos umumiy 
xususiyat – xodim malaka oshirishga 3-5 yilda jalb qilinadi va 144 soatlik dasturni 
ajratilgan (odatda – 4 hafta, ya’ni -1 oy) muddat ichida majburiy tarzda o‘zlashtiradi. 
Bunda kursining o‘quv dasturi mazmuni tegishli malaka oshirish ta’lim muassasasi 
tomonidan shakllantiriladi va tinglovchilarning istak va ehtiyojlari e’tiborga 
olinmaydi. Tabiiyki, bunday dastur hammani ham qanoatlantirmaydi.
3. Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’limi. 


- 17 - 
Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrida imzolagan “O‘zbekistonning yangi 
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son 
Qarori, shuningdek, joriy yil 25 yanvarda qabul qilingan “Xalq ta’limi sohasidagi 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son Qarori bilan xalq 
ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha qator 
vazifalar belgilab berildi. 
Prezidentimizning yuqoridagi farmon va qarorlarida xalq ta’limi xodimlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
islohotlarga ham e’tibor qaratilgan bo‘lib, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va 
pedagog xodimlarining zamon talablariga javob berolmay qolgan amaldagi tizimini 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling