O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI ISLOHOTLAR 
DAVRIDA 
 
A.Baxramov - A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari 
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent 
 
Annotatsiya: Zamonaviy iqtisodiyot – bilimga asoslangan iqtisodiyotda 
uzluksiz kasbiy ta’limning ahamiyati. Soha xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimida 
islohotlarning zarurati. “Hayot davomida o‘qish” tamoyili. Soha xodimlarini 
uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar. Uzluksiz 
kasbiy rivojlanishga innovatsiyalarni joriy etishning afzalliklari va o‘ziga xos 
murakkabliklari. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining 
istiqbollari. 
1. Bilimga asoslangan iqtisodiyot va uzluksiz kasbiy ta’lim. 
Bilimga asoslangan global iqtisodiyotning qaror topishi va rivojlanishi butun 
dunyoda ta’lim olishni alohida dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Hayot davomida 
ta’lim ko‘plab mamlakatlarda zaruriyatga aylandi. 
Hayot davomida ta’lim hayot davomidagi har qanday o‘qish va o‘rganishni o‘z 
ichiga oladi: erta bolalikdan keksalikka qadar va turli xil sharoitlarda: rasmiy (ta’lim 
muassasalarida), norasmiy ravishda ish joyida va ijtimoiy hayotda - norasmiy. Hayot 
davomida o‘qish imkoniyati dunyo bo‘ylab bilimga asoslangan iqtisodiyotda 
raqobatdosh bo‘lishga intilayotgan mamlakatlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Hayot davomida ta’lim bu bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida yashash 
uchun o‘qishdir.
Bilimga asoslangan iqtisodiyotda foydali qazilmalar, energetika resurslari 
emas, balki bilim eng muhim boylikka aylanadi.
Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Jarubiy Koreya, Yaponiya
Singapur kabi mamlakatlar tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan mamlakatlar bo‘lib, 
bugungi kunda bilimga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish va eksport qilish 
hisobiga iqtisodiy baquvvat va rivojlangan mamlakatlarga aylandilar.
1
«Школа будущего. Как вырастить талантливого ребенка / Кен Робинсон и Лу Ароника»: Манн, Иванов и 
Фербер; Москва; 2016. 


- 16 - 
Jahon banki Prezidenti Djeyms Vulfanson 1999 yilda Umumiy rivojlanish 
konsepsiyasini taqdim etganda hayot davomida o‘qish kambag‘allikni bartaraf 
etishning asosiy omillaridan biri, deb ataydi. 
Hayot davomida o‘qish tushunchasi erta bolalikdan keksalikkacha butun hayot 
davomida kechadigan ta’lim jarayonlarini ko‘zda tutadi. 
Unga rasmiy (maktablar, o‘quv muassasalari, universitetlar), norasmiy (ish 
joyidagi uyushgan mashg'ulotlar) va ijtimoiy maishiy (oila va jamiyatda olingan 
ko‘nikmalar) ta’lim shakllari kiradi. 
Hayot davomida ta’lim odamlarga ma’lum bir yoshga etganda emas, balki 
zarurat tug'ilganda ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. 
Rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlar ta’lim 
tizimlarining o‘quvchilarda zarur ko‘nikmalarni rivojlantirmaganligi uchun bilimga 
asoslangan global iqtisodiyotdan chetda qolishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish 
uchun ta’lim siyosatiga tub o‘zgartirishlar kiritish zarur. Ya’ni uzluksiz ta’lim 
tizimini, jumladan, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etish, barcha xodimlarning 
mustaqil ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish lozim. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling