O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi
- 5 - YALPI MAJLIS KIRISH SO‘ZI XALQ TA’LIMI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI ISLOH QILISHNING DOLZARB MASALALARI U.U.Sharifxodjayev O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy malaka saviyalarini muntazam yuksaltirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 6 noyabrida imzolangan "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4884-son Qarorida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar va ularni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarini mushtarak holda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjatlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog xodimlarining zamon talablariga javob berolmay qolgan amaldagi tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Haqiqatdan ham, soha xodimlarining amalda bo‘lib turgan 3-5 yillik davriylikka asoslangan malaka oshirish ta’limi ularni ta’limdagi doimiy o‘zgarishlarga tayyorgarligini ta’minlab berolmay qoldi. Shu bois soha xodimlarini davriy ravishda emas, balki doimiy ravishda o‘qitib borish, malaka oshirish ta’limini xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib tashkil qilish - dolzarb masalaga aylanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatni qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 4963-son qarorida mazkur muammoning yechimi ko‘rsatib berildi. Unda xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini o‘rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini tuzish va shunga ko‘ra malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini joriy etish hamda mazkur platforma vositasida har bir xodimning o‘z individual traektoriyasi bo‘yicha malaka oshirishi monitoringini olib borish belgilandi. - 6 - Bu juda mas’uliyatli vazifa, zero davriylikka asoslangan tizimda har yili xalq ta’limi xodimlarining ko‘pi bilan 20% malaka oshirishga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsa, uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xodimlarning barchasini, ya’ni 100%ni qamrab olish ko‘zda tutilmoqda! Yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlar soha xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini tubdan isloh qilishni nazarda tutadi. Jumladan: - xalq ta’limi xodimlarining har yili malaka oshirishini nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini amaliyotga joriy etish; - uzluksiz kasbiy rivojlanishni tashkil qilishda ta’limning turli (ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan, masofaviy, dual, mustaqil ta’lim) shakllaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; - kasbiy ehtiyojlarni tashxis qilish asosida xodimning individual rivojlanish dasturini shakllantirish va mazkur dastur asosida malaka oshirishni tashkil qilish; - malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish; - xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini beruvchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishga tushirish; - nodavlat ta’lim tashkilotlari va pedagogik yo‘nalishdagi OTMlarga xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish huquqini berish; - sohani rivojlantirishning ilmiy va ilmiy-metodik muammolarini tadqiq qilish va tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga joriy etish kabi qator dolzarb masalalarni hal qilish orqali yuqorida qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash mumkin bo‘ladi. Men yuqorida sanab o‘tilganlarning faqat bittasiga e’tiboringizni qarataman, zero vazifalarning har biri mana shunday e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishni taqozo qiladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlari va pedagogik yo‘nalishdagi OTMlarni xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishga jalb qilinishi mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Agar xodim malaka oshirish uchun hududiy markazni emas, balki nodavlat ta’lim tashkiloti yoki OTMni tanlasa, ushbu xodimning malakasini oshirishga ajratilgan mablag‘ xodim tanlagan tashkilotga beriladi. Bu degani, mana shu mablag‘ tegishli hududiy markazga berilmasligini anglatadi. Demak, raqobatda yutish uchun hududiy markazlarimiz o‘z faoliyatlarining barcha yo‘nalishlarida, ayniqsa, kurslardagi ta’lim mazmuni va sifatini oshirish, o‘qitish jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish, tinglovchilarga yangi va qiziqarli kontentni taqdim etish borasida tinmay izlanishlar lozim bo‘ladi. Yurtboshimizning yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlari bajarish bo‘yicha vazirligimiz boshqarma va bo‘limlari, Avloniy nomidagi institut va hududiy - 7 - markazlar tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Lekin hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. Ushbu ishlarning ayrimlari aniq amalga oshirish mexanizmlariga ega bo‘lsa, ayrimlari ilmiy izlanishlarni, tajriba-sinovlarni, ilmiy-metodik bahs va munozaralar orqali maqbul yechimlarni izlashni taqozo qiladi. Shu jihatdan Avloniy nomidagi institutda bugun o‘z ishini boshlayotgan ilmiy- amaliy konferensiya alohida ahamiyat kasb etadi. Konferensiya ma’ruzchilari orasida xorijiy malakali mutaxassislarning ham bisyorligi konferensiya mavzusining dolzarbligi va uning doirasida muhokama qilinadigan masalalarning ahamiyatini yanada oshiradi. Men mazkur konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilab, uning yakunida qabul qilinadigan yechimlar tizim oldida turgan muhim vazifalarni bajarilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi, deb umid bildiraman. E’tiboringiz uchun, rahmat! Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling