4. Sinfda ijobiy an’analarni qaror toptirish. An’ana-kishilarning muayyan
tarixiy sharoitida vujudga kelgan va avloddan-avlodga o’tib boradigan g’oya,
dunyoqarash, urf-odat, tartib va xulq-atvor me’yoridir. qisqasi, an’ana – bu yazshi
urf – odat, jamoa hayotiga mustahkam o’rnashib qolgan ijobiy tajribalardir. Sinf
jamoasining foydali ish faoliyati, agar u takrorlanib tursa va odat tusiga kirib qolsa,
bu faoliyat an’anaga aylanadi. Masalan, turli bayramlarni nishonlash, maktabni
bitirganlar bilan uchrashuvlar. Sinf an’analarini rivojlantirish qat’iyan davlat
qonunlari va axloqiy qoidalarga asoslanish kerak. Har qanday an’ana sinf
o’quvchilari va ota – onalar nazaridan ham chetda qolmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |