O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti
O’quvchilarga yagona talablar qo’yish
Download 449.54 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish
O’quvchilarga yagona talablar qo’yish. Sinf jamoasining jipslashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talablar o’quvchilarda javobgarlik munosabatini, yuksak o’zaro talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlarni tarkib toptirishga, mustaxkam an’analar yaratishga yordam beradi. 22
Yagona talablarni ishlab chiqishda o’quvchilarning o’zaro, sinf rahbari, o’qituvchilar, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda faqatgina oila maktab mahalla tizimida amalga oshiriladi. Maktabning oila va jamoatchilik bilan aloqalarini qo’yish muhim va shartdir. Shuning uchun ham ota-onalar pedagogik metodik tashviqotlarni olib borish, maktab ota-onalar ishtirokini ta’minlash ayniqsa muhimdir.
Maktabdagi ko’p sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi. Lekin oilaning o’zi komil insonni tarbiyalay oladimi? Maktab tarbiyasi oilaviy tarbiyani to’ldiradi. Ota-onalar bilan aloqalari tuzilishi maktab tarbiya ham, oilaning hayotiy tarzida ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Maktab mahalla qumitalari orqali ayrim oilalarga, ta’sir ko’rsata oladi. Ayniqsa, Vazirlar mahkamasining 2002 yil 16 maydagi 162-sonli qarori bilan mahalla pedagog lavozimining tashkil etilishi, bu aloqalarni yanada va samarali bo’lishiga olib kelmoqda. Mahallaning va ota-onalar bilan hamkorligi yanada kuchaymoqda. Pedagogika xududdagi yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida katta ishlar olib bormoqda.
Maktabning ota-onalar bilan
hamkorligini mustahkamlash xaqida maktablarda ota-onalar qumitalari tashkil etiladi. Unga maktab direktori raxbarlik qiladi. Xar bir sinfda ham ota-onalar qumitasi tashkil etiladi. qumitalar o’quv yili boshida butun o’quv yili uchun tuziladi. 2003 yilda Respublikamizda ota-onalar qumitasi xaqida yangi Nizom qabul qilinib, tarbiviy hamkorlik mazmun-mohiyati boyitildi.
Ota-onalar qumitasi ota-onalar yig’ilishida 3-5 kishidan iborat qilib saylanadi. Sinf ota-onalar qo’mitasi raisi maktab jamoasiga a’zo qilinadi. Maktab ota-onalar qo’mitasi a’zolari soni maktabni katta-kichikligi, o’quvchilar soni, ish sharoitiga qarab ota-onalar umumiy yig’ilish qarori bilan belgilanadi. qo’mita a’zolari maktabning muhim masalalarini ham etishda ko’maklashadi.
Maktabning oila va jamoatchilik bilan hamkorligini tashkil etish borasida sinf rahbarlarining o’rni kattadir. 23
Ota-onalar uchun maslahatlar ham uyushtirish mumkin.
Umummaktab ota-onalar yig’ilishi yiliga 3-4 marta, sinf ota-onalari yig’ilishi sorak davomida 1-2 marta chaqirilib turiladi. Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’inidir. U o’zida a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning o’z hayot turmush tarzlari bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asos ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillar shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko’rsatish jarayoniga oila tarbiya deyiladi.
Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy iqtisoy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy va oilaviy tarbiya o’zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Oila tarbiyasi o’z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan o’zaro farqlanadi. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy faoligi madaniy-ma’naviy saviyasi, oila azolarining tarkibi ham alohida ahamiyatga egadir.
Oilaviy tarbiyaning o’ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalar, qon- qarindoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakillantirishga va hayotga tayyorlaydi.
“Oilaviy tarbiya doimo o’zining murakkab va ko’p qirraligi bilan va serjilovligi bilan ajralib turadi” - deb takitlaydi. Har bir oila o’ziga xos bir olam, olam ichidagi va birga olamga sig’magan olam, u tarbiya ishida o’ziga xos, xususiyatlarini o’zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga maqul tushadigan yo’l – yo’riqlari mavjud emas.
O’zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiy, o’z-o’zini boshqarish, milliy tuyg’u milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurishda o’z aksni topadiki, o’zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo o’rganishda bularni chetlab o’tish mumkin emas. O’zbek tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: qarindoshchilik, bir oilada birgalikda yashaydi.
Estetik tarbiyani singdirishda oilaning asosiy vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat:
24
1.2.3. - chizma Nafosat tarbiyasini shakllantirishda iqtisodning funksiyasi.. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasini tug’ri shakllantirishda kishilik jamiyatida iqtisod ham muhim omillardan birini egallaydi. Boshlang’ich sinf ukituvchisi uz uquvchilarining komil inson bulib yetishlarida barcha tarbiyaviy ishlarni olib borishlariga javobgarbir. Download 449.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling