O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Birinchidan Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning 
huquqiy asoslari barpo etildi. Mustaqillikning dastabki yillarida qabul qilingan 
“Yer to`g`risida”gi, “Koperatsiya to`g`risida”gi, “Ijara to`grisida”gi, “Dehqon 
xo`jaliklari to`g`risida”gi va boshqa bir qator qonun va xujjatlar, O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari qishloqda yangi 
huququiy munosabatlarni joriy etish, ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish
tadbirkorlikni, fermer va shaxsiy tomarqa xojaliklarini rivojlantirish imkonini 
yaratdi.
Ikkinchidan Qishloqda xo`jalik yuritish mexanizmining mutlaqo yangi 
asoslari: qishloq xo`jaligini moliyaviy ta’minlash va sug`urtalash, ishlab 
chiqarilgan mahsulot va qishloqqa berilgan qishloq xo`jalik texnikasi, yoqilg`I, 
mineral o`g`itlar uchun o`zaro hisob kitoblarning yangi tizimi ishlab chiqildi. 
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy narxlar tizimi keng 
qo`llanila boshlandi.
Uchinchidan Qishloq va suv xo`jaligini boshqarishning tarkibini 
takomillashtirish, ularning o`zaro hamjihatlikda ishlashini ta’minlash maqsadida 
yagona “Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi” tashkil etildi. Qishloq korxonalari agro 
servis xizmati ko`rsatish va ularni moddiy texnika ta’minotini ta’minlash tizimi 
takomillashmoqda. Joylarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilarga xizmat 
ko`rsatadigan bozor infratuzulmasi sub’yektlarining keng tarmog`i yaratildi
qishloq xo`jaligi xom –ashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan 
ziyod agro firma faoliyat ko`rsatmoqda.
Ixtisoslashgan tijorat banklari – “Paxta bank”, “G`alla bank”, “Meva – 
sabzavot bank”, “Tadbirkor bank”, “Turon bank”, “Zamin bank”, “Ipoteka 
bank”lari tuzildi. Ular fermer xo`jaliklari va kichik korxonalarga xizmat qilmoqda. 
Qishloq korxonalarini tabiiy ofatlaridan va ularni o`z sheriklari bilan 
munosabatlarini sug`urta qiluvchi “O`zagro sug`urta” kompaniyasi tuzildi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling