9-mashg‘ulot. Reproduktiv salomatlik
Maqsad
|
Reproduktiv salomatlikning asosiy tamoyillari haqida o‘smir o‘g‘il bolalarning bilimini oshirish.
|
Vazifalar
|
Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha berish.
Reproduktiv huquq xususida ma’lumot yetqazish.
|
Davomiyligi
|
1 soat.
|
Usullar
|
Ko’rgazmali taqdimot, ochiq munozara va muhokama, interaktiv o’yinlar
|
Materialllar
|
Flipchart, rangli markerlar, rangli qog‘ozlar
|
Viderolik
Reproduktiv – bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir. Aslida reproduktiv salomatlik masalasi ham xotin-qizlar, ham erkaklarning salomatligini o‘z ichiga oladi.
Reproduktiv salomatlik bu nafaqat kasallik va holsizliklarning kuzatilmasligi balki, reproduktiv tizimdagi jismoniy, mental va ijtimoiy farovonlikdir. Reproduktiv (lot. re-tiklanish,takrorlanish ma’nosida, produco – yarataman). Ilk bora reproduktiv salomatlik iborasi 1994 yil Qohirada bo‘lib o‘tgan aholi va rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyada tilga olingan va quyidagicha izoh berilgan: inson huquqlarini himoya qilish, turmush farovonligini oshirish, aholining asosiy ijtimoiy xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash, qashshoqlik bilan kurashishda harakatlarni birlashtirish, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni himoya qilish masalalari o‘z aksini topgan.
Qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh, erta homiladorlik, alkogol, narkotik moddalarni iste’mol qilish, chekish va uning homilaga ta’siri, ekologiya va ijtimoiy holat reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sirasiga kiradi.
Qarindoshlar orasidagi nikohdan tug‘ilgan farzandlarga turli nevrologik xastaliklar, ruhiy buzilishlar jumladan, shizofreniya va epilepsiya, qandli diabet, migren kasalliklari, karlik va gunglik, albinizm moddalar almashinuvining buzilishi, vitiligo kasalliklari uchraydi.
Bundan tashqari Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda nafaqat nasliy xastaliklar, balki bola tashlash, o‘lik bola tug‘ish, tug‘ma nuqsonlar kuzatiladi.
Oila –muqaddas qo‘rg‘on. Bu qo‘rg‘onga qadam qo‘yayotgan qiz-yigit sog‘lom turmush asoslari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Reproduktiv huquqlar hozirgi vaqtda Halqaro huquq tomonidan rasmiy ravishda tan olingan va Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro xujjatlarda ro‘yxatga olingan, shuningdek ushbu masala bo‘yicha yakdillikka erishilganligi to‘g‘risida hujjatlashtirilgan guvohnomalari bo‘lgan qator inson huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |