1
|
Tarbiyalanuvchlarni huquqiy bilim va ko’nikmalarini shakillantirib tarbiyalash.
|
Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida tarbiyalanuvchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanshiga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o`z huquq erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatini o`rganishi lozim. Huquqiy bilim bilan bog`liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o`zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o`rnatilgan tartib-qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o`rinni huquqiy ta`lim va shunday ta`limni beruvchi shaxs egallaydi. Huquqiy tarbiyani vazifasi ham shundadir
Konstituttsiya davlatning asosiy qonuni ekanligi, unda davlat suverenligi, inson huquq va erkinliklari, burchlari nima ekanligi, shaxsning qanday huquqlari mavjud, ularning qanday kafolatlanganligi, davlat hokimiyati kabi muhim savollar javobini egallash darajasida tarbiyalanuvchi bilim olishi kerak. Shuningdek, nafaqat konstituttsiyaviy huquqlarni o`rganish va huquqiy bilim olgan shaxs o`z bilimini hayotda ishlata bilishi, tadbiq eta olishi kerak.
|
Yil davomida
|
Tarbiyalanuvchlara huquqiy bilimlarini ular ongiga singdirish.
|
2
|
Tarbiyalanuvchilarda huquqiy tushunchalarni shakllantirish va ongli fidokorlik mas’uliyatini rivojlantirish.
|
O’zbekiston Respublikasining Qonunlarini o’rgatish.
Ta’lim to’g’risidagi qonun haqida tshuncha berish.
Tarbiyalanuvchilarning burch va vazifalarni yoritish
Tarbiyalnuvchilar huquq va majburiyatlarini mazmun mohiyatini tushuntirish va o’rgatish.
Yo’l harakati qoidalariga rioya qilishga muntazam o’rgatib borish.
Mehribonlik uyida, maktabda, ko’chada tartibni saqlash.
Konstitutsiya bizning qomusimiz ekanligini chuqurroq o’rgatish va qonunlarimizni doimo hurmat qilishga odatlantirish.
|
Yil davomida
|
Tarbiyalanuvchilarni Konstitusiyaviy huquqlarini va davlat qonunlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga erishish
|