O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi


Download 1.9 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1590513
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2017-2018YIL UCHUN YILLIK ISH REJA (2)

Ekologik tarbiya

1


Tarbiyalanuvchilarda ekologok madaniyat saboqlarini shakillantirish ruhida tarbiyalashda



Xalqimiz boy ekologik jamiyatga ega. Asirlar davomida shakillanib kelgan boy milliy ma’naviy qadriyatlarimiz va merosimiz shundan dalolat beradiki, ota – bobolarimiz, ajdodlarimiz Ona zaminga o’zgacha munosabatda bo’lib, suv, tuproq, havoni qadirlaganlar.
Bolalarga, atrof – muhitni, o’z uyni, mahallani, ko’chani, ariqlar atrofini, saramjon – sarishta tutushni va boshqacha aytganda, ekologik ma’naviyatga, ekologik qoida va mezonlariga to’la amal qilishga o’rgatib borish kerak.
Avvalombor, bolalarimizda ekologok madaniyat saboqlarini shakillantirishda kattalarning tabiatga, atrof – muhitga bo’lgan munosabati katta o’rin tutadi. Mehribonlik uyida tarbiyachining atrof – muhit tozaligini saqlashga bo’lgan doimiy e’tibori, say’ – harakatlarini ko’rgan his qilgan bolalar, ular orqasidan ergashishga harakat qilishadi, ulardan namuna va o’rnak oladilar. Erta bahorda hovli va ko’chada Mehribonlik uyidagi bolalar birgalikda daraxt ekish, unu parvarish qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, hovlini obod qilish har bir bola uchun yaxshi namuna maktabini o’taydi hamda atrof – muhitga bo’lgan ezgu va binyodkorlik munosabatini belgilashga zamin yaratiladi.
Bolalarning atrof – muhitga bo’lgan nojo’ya munosabatiga tarbiyachi munosabat bildirishi va salbiy oqibatini tushuntirib, tabiy muhit tozaligi, havoning musaffoligi avvalom bor bizning salomatligimiz, hayotimiz barqarorligini ta’minlash haqidagi tushunchalarini bolalar ongiga singdirish lozim. Dunyo jamiyati oldida turgan muhum vazifalardan biri hozirgi va kelajak avod uchun toza, sog’lom, xavsiz atrof – muhitni yaratish masalasi hisoblanadi.

Yil davomida

Tarbiyalanuvchilarni atrof – muhitga bo’lgan tushunchalarini boyitish.



2


Tarbiyalanuvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirish va sayohatlar tashkil etish.



Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilarga tabiatga nisbatan mehr - muhabbat g’amxo’lik hislarini uyg’otish, ularni tabiat haqidagi bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirib qolmay, balki ularga tabiatni sevish, hislarini shakillantirib boriladi. Bo’sh vaqtlarida ekologik tarbiyani amalga oshirish uchun ekskursiyalar uyushtiriladi. Tabiat qo’yniga ekskursuya va sayrlar vaqtida o’simlik va hayvonot dunyosi turli tumanligiga bolalar diqqati jalb etiladi. Shu bilan birga tabiat boyliklaridan ko’r - ko’rona, xo’jasizlarcha foydalanish, tevarak - atrofga katta zarar yetkazib, ekologik muhitning buzilishiga olib kelishiga doir tushunchalar bolalar ongiga singdirib boriladi.
Tarbiyalanuvchilarni tabiat haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantirib qolmay, tarbiyachi ularga doimo tabiatni sevish undan zavqlanishni va tabiat qo’ynida mehnat qilish hissini uyg’otishi kerak.
“Bizlarni o’rab turgan olam gullab yashnayversin ” “Quyosh, havo - tanga davo”
“Bizning vazifamiz tabiatni asrash”
“Fasillar nima deydi”
“Qushlar bizning do’stimiz””
“Xona gullarini o’stirish va parvarish qilish”
“Tabiatni sevish va asrash kerak”
“Olamni asrang do’stlar”
“Biz tabiatni sevamiz”

Yil davomida



Tarbiyalanuvchilarni doimo tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga va zavqlanishga odatlantirish




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling