1
|
Tarbiyalanuvchilarda
Axloqiy me’yorlari
shakllantirish.
|
Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini tarbiyalanuvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shaxsni ijtimoiy axloqiy me'yorlardan xabardor etishni tashkil qiladi. Axloq (lotincha. «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar tog’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat'iy nazar odamlarga g’ayrixohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi - kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to’rt xislatni Olloq Taolo senga bergan bo’lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham, zarari yo’qdir», degan edi.
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi o’rin, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Axloqli inson o’zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo’ladi. Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
|
Yil davomida
|
Tarbiyalanuvchilarga
axloq kishining xulq-atvori, e'tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo’lishi haqidagi tushunchalarini hadislar orqaliy boyitish.
|
2
|
Malaka va ko’nikmalarni turli o’yinlar va mustaqil faoliyatda rivojlantirish
|
“Jamoada axloqiy munosabatlar”
“Odob va odobsizlik ”
“Atrofdagilar haqida”
“Kim ozoda bo’lsa – u go’zal”
“Hamma birgalikda”
“Men ovqatlanayotganimda”
“Hamma uchun quvnoq bo’lsin”
“Hadisu sharif odob haqida”
“Yaxshi so’z – jon ozog’i ”
10. “Odobli bola elga manzur ”
11. “Tarbiya kitobi ” dan rivoyatlar o’qib berish.
|
Yil davomida
|
Tarbiyalanuvchilarda axloqiy tarbiyaning ko’nikmalarini chuqur singdirib, komil inson bo’lishga tayyorlash.
|