O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi termiz davlat instituti kimyo fakulteti kimyo kafedrasi


Bufer eritmalarning biologik ahamiyati


Download 0.73 Mb.
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1536672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sanjarbek analitik kimyo fanidan kurs ishisi

Bufer eritmalarning biologik ahamiyati.
Kationlar birikmalarining biologik ahamiyati. Birinchi analitik guruh kationlarining birikmalari muxim biologik ahamiyatga ega. Ularning xlorid, nitrat, sulfat va qarbonat tuzlari tuprokdan suvga tez o’tadi. Shurlangan tuprok tarkibida xususan NaCI , Na2SO4 va NaHCO3 tuzlari kup miqdorda uchraydi.
O’simliklar uchun eng xavflisi NaHCO3 tuzidir. К+ hamda NH+4 kationlari mineral o’g’itlar tarkibiga kiradi. O’simlik kaliysiz o’sa olmaydi. Bu kationlar NH4H2PO4 , (NH4)2HPO4, (NH4)3PO4, NH4NO3, (NH4)2SO4, KNO3, KCI va K2SO4 tuzlari holida o’g’it sifatida ishlatiladi.
Magniy kationi o’simliklardagi yashil pigment xlorofill zarrachalar tarkibida uchraydi.
Tirik organizmda ovkat xazm qilish, nafas olish nerv impulslarini o’zatish Na+ va К+ ionlari ishtirokida boradi. Mollarning ozuqlariga NaCI qo’shib beriladi. Uning 0,9% li eritmasi meditsinada fiziologik eritma sifatida ishlatiladi.
NaHCO3 va МgO oshqozon shirasidagi ortiqcha Kislotalikni neytrallash uchun ishlatiladi.
Natriy sulardalfat Na2SO4 10H2O surgi dori sifatida ishlatiladi.
Ammiakning suvdagi 10 % li eritmasi «novshadil spirt» nomi bilan ma‘lum. Ammoniy tuzlari va ammiak tabiatda oksil moddalarining chirishidan hosil bo’ladi. Ularning ferma binolarida, suv xavzalarida paydo bo’lishiga va miqdoriga qarab ifloslanish darajasi aniklanadi.
Kuchli kislota va ishqorlaning ma’lum pH li suyuq eritmalarini tayyorlash, nazariy jixatdan olganda, qiyin emas lekin, bunday eritmalarda pH juda tz o’zgarib turadi. Masalan, kislotaning pH=6 bo’lgan eritmasi tayyorlangan bo’lsa, bu eritma idish shishasidan ishqor erib chiqishi sababli, ertmada pH tezda 6 dan 8 ga o’tadi. Toza suvda ham pH ba’zi sabablarga ko’ra o’zgaraveradi( masalan, suv havodagi CO2ni yutadi ).
Eritmaning o’z tarkibidagi vodorod ionlari konsentratsiyasini o’zgartmay turish xususiyati eritmaning buferligi deyiladi. Bufer eritmalarni tadqiq qilish 1900 yildan boshlanib, bu soxada mukammal tekshirishlar olib borildi. Kuchsiz kislotaning yoki kuchsiz asosning eritmasi bilan uning tuzi aralashmasi (masalan, limon kislota eritmasi bilan uning natriyli tuzi aralashmasi ) juda yaxshi buferlik xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Bunday eritmalarni hosil qilish uchun kuchsiz kislotaga (yoli kuchsiz asosga ) shu moddaning tuzlaridan qo’shib aralashma tayyorlanadi. Masalan, sirka kislotaga natriyli atsetat CH3COONa ×3H2O, borat kislotag bura Na2B4O7 10H2O qo’shib atsetatli va burali buffer eritmalar tayyorlanadi. Bufer eritmani tashkil qiluvchi komponentlarning kuchsizi hamma vaqt yuqori konsentratsiyada olinadi. Amalda CH3COOH + CH3COONa (atsetat buffer aralashma ) , NaH2PO4+ Na2HPO4 (fosfatli bufer aralashma ), NH4OH+NH4CI (ammiakli bufer aralashma ), H2CO3+NaHCO3 (bikarbonatli buffer aralashma ) lar ko’p ishlatiladi. Buferlik hususiyatining moxiyatini tushunish uchun kuchsiz kislota eritmasi bilan uning tuzi aralshmasini ko’rib chiqamiz. Kislotaning dissotsilanishi HA=H++A- tenglama bilan ifodalanadi. Agar eritmaga o’sha kislotaning tuzi qo’shilsa, eritmada anionlarning konsentratsiyasi ortadi, chunki tuz yaxshi dissotsilanadi. Natijada, kislotaning dissotsilanmagan molekulalari soni ortib ketadi. Bu bilan eritmaning ishqorga qarshilik ko’rsatishi kuchayadi.
HA + OH-=A-+H2O
Anionlar konsentratsiyasining ortishi bilan eritma vodorod ionlarining ko’payishiga tobora kuchli qarshilik ko’rsatadi. H++A-=HA
Ihtiyorimizda sirka kislota bilan natriy atsetatdan iborat bufer eritma bor deb faraz qilaylik. Agar bu aralashmaga boshqa kislota yoki ishqor qo’shilsa, buffer eritma dastlabki pH ini kam o’zgartiradi. Endi, bufer eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasini xisoblab chiqaylik. Sirka kislotaning dissotsilanish konstantasi:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling